Bishkekda MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlari uchrashishadi

402
0

“Sputnik” sayti xabariga koʻra, 24-may kuni Bishkekda MDH davlatlari xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtadi

Uchrashuv kun tartibi loyihasi 13 banddan iborat. Ishtirokchilar Suriya va Iroqdagi janglarda ishtirok etish uchun ketgan MDH fuqarolari, ularning oʻz yurtlariga qaytishi, Hamdoʻstlik davlatlari maxsus xizmatlari hamkorligidagi aksilchoralar haqidagi masalalarni koʻrib chiqadilar.

MDH Ijroiya qoʻmitasi matbuot xizmatining maʼlumotiga koʻra, kun tartibidan terrorizmga qarshi kurash sohasidagi hamkorlik masalalari ham oʻrin olgan.

Ishtirokchilar MDH mamlakatlari uchun mavjud terroristik tahdidlar baholangan qoʻshma hujjatni muhokama qilishadi, terrorizm va ekstremizmning turli koʻrinishlariga qarshi kurash boʻyicha 2014-2016 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturining bajarilishi hamda Hamdoʻstlik antiterror markazining 2016 yildagi faoliyati yakunlarini koʻrib chiqishadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.