Mirziyoyev Saudiyada Imomali Rahmon bilan uchrashib, Tramp bilan tushlikda ishtirok etadi

380
0

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashadi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi. Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz ol-Saudning taklifiga binoan Arab-musulmon mamlakatlari va Amerika Qoʻshma Shtatlari sammitida ishtirok etadi.

Sammitda AQSh, Afgʻoniston, Pokiston va qator arab davlatlari rahbarlari ishtirok etadi. Unda dunyoning jami 50dan ortiq mamlakati vakillari qatnashadi. Sammit davomida AQSh prezidenti Donalьd Tramp sammit ishtirokchilari bilan birga tushlik qilishi rejalashtirilgan.

Tramp oʻzining xorijga ilk safari davomida musulmon mamlakatlari rahbarlaridan ekstremizmga qarshi kurashishni soʻrashini bildirgan edi.

“Men musulmon mamlakatlari rahbarlari bilan Islom terrorizmi va ekstremizmiga qarshi kurashish borasida suhbatlashaman”, – degandi u ilgariroq.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yuqori darajadagi ushbu forumda nutq soʻzlashi kutilmoqda. Oʻzbekiston hozirgi paytda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashiga raislik qilmoqda.

Turkiston:
AQSh Afgʻonistonda sharmandalarcha magʻlubiyatga uchraganidan soʻng, Islomga qarshi olamiy strotegiyasini oʻzgartirdi. Oʻsha vaqtdagi prezident Barak Obama senat oldidagi nutqida, “biz endi islomiy yurtlarga askar olib kirish orqali urush qilmaymiz. Endi islomiy mamlakat yetakchilari oʻzlari oʻzlarini himoya qilishsin. Biz ularga (terrorizm va ekstremizmga) bu kurashlarida har tomonlama yordam berib boramiz” degan edi.

Tram kelishi bilan ham bu strotegiya oʻzgarmay davom etib boraveradi. AQSh Islomiy mamlakatlar rahbarlarini, oʻz fuqorolari boʻlmish musulmonlar va islomiy qadriyatlarga qarshi kurashga undab boraveradi. Chunki Islom olamiy, siyosiy, Mabdaʼiy tus olib boryapti. Olamiy kufr mabdaiy tizimi esa aksincha, vaqt oʻtishi bilan birga zaiflashib, mafkuraviy inqirozga uchrab, kulab boryapti. Kufr olamiy sistemasi bundan sarosimaga tushib borayotganini yashirishga harakat qilishyapti. Shuning uchun ular islomiy yurt yetakchilariga suyanib, ularni ochiq xoinlikka chaqirishyapti.

Hozirda, olamiy mafkuraviy ikki lager paydo boʻldi. Biri, kufr (demokratiyaga asoslangan kapitalistik tuzum), ikkinchisi Islom (islomiy mabdaʼiy tuzum).

Kufr olami islomiy mabdaiy harakatni har xil atamalar bilan atab, uni Islom va musulmonlarga aloqasi yoʻq, u haddidan oshgan harakatlar mafkurasi deb, oʻzimizning yetakchi va ulamolarimiz vositasida musulmonlarga uqtirishmoqchi boʻlishyapti. Lekin – Alhamdulillah – ularga ergashish bilan Ollohga osiy boʻlib, Islom dinini kufrga moillashtirib daʼvat qilishga rozi boʻlgan siyosatchi va ulamolar qatlami ozayib boryapti! Buni, yashirin va maxfiy buyruqlar bilan bajarishning iloji boʻlmay qolganligi sababli Islomiy markaz boʻlgan Saudiyaga, kufrning eng katta vakili Trampning oʻzi kelib, Islomiy mamlakat yetakchilariga bevosita oʻzi tushuntirayotganidan anglab olsak boʻladi.

Demak, Islom olami kufr olami ustidan mafkuraviy gʻalabaga erishdi. Endi, musulmonlar uning siyosiy mustamlakasidan qutilish uchun kufrning quruq jasadidan qoʻrqmaydigan jasoratni oʻzlarida paydo qilishlari kerak. Yaʼni, kufr sistemasidan bosh tortishimiz va xalqaro olamiy sistema bahonasida ichki ishlarimizga toʻliq aralashib kelayotgan muhitni yoʻqqa chiqarishimiz kerak. Ular “ekstremizm, terrorizm….” kabi har xil atamalarni oʻylab topib, bu atamalarga qandaydir olamiy huquqiy tus berishmoqda. Soʻng shu “ekstremizm, terrorizm…” bahonasida ichki iqtisodiy, siyosiy va saqofiy qadriyatlarimizni oʻz taʼsirlari va nazoratlari ostiga olib, barcha islomiy yurtlarni xor va zor holatda ushlab turishibdi. Biroq Kufr olami islomiy yurtlarda uzoq turishiga koʻzi yetmay qoldi. Chunki kufrning har qanday moddiy bosqinchiligiga musulmonlar islomiy, sharʼiy munosabat bildirib, mudofaa jihodi mafkuraviy tus olib boryapti. Endi uning maʼnaviy, mafkuraviy, siyosiy, saqofiy va eʼtiqodiy bosqinchiliklariga qarshi sharʼiy kurashishimizni kuchaytirishimiz vojib! Yuqoridagi xoin yetakchilarimizni muhosaba qilib, kufr manfaati uchun musulmonlar va oʻz yurti manfaatlarini qurbon qilib yuborishdan ularni qaytarishimiz vojib. Chunki ular hammalari bir boʻlib, Islomni “terrorizm, ekstremizm” degan atamalar bilan atab olib, aslida saqol, hijob, diniy taʼlim olish huquqimiz, nikohning sharʼiy tartiblari…. va hokazo barcha islomiy haq huquqlarimizni oyogʻosti qilib borishyapti.
Siyosatchilarimiz esa, musulmonlarga qarshi kufrning quroliga aylanib qolishdi! Ular qoʻllaridagi quvvatlaridan foydalanib, islomiy shaxsiyalarga, ulamolarimizga, hizb va jamoalarga bosim oʻtkazib, ularni Trampga va uning ortida turgan butun kufr sistemasi manfaatlariga xizmat qilishga majburlamoqchi boʻlishyapti.

Ummatning vazifasi bu kabi iflos nayranglarni inkor qilib, oʻzaro aloqalarni islomiylashtirish va Olloh bizga amonat qilib bergan saltanatni xoinlardan tortib olib, uni oʻz egasiga, yaʼni Islom bilan hukm yurituvchi quvvatga topshirishdir!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.