Bu kabi ishlar Oʻzbek-Qirgʻiz millatlari oʻrtalaridagi muomalalarni mustahkamlash maksadida uyushtirilayapti. Bu haqda 4 may kuni “Sputnik” sayti Bishkekdan xabar tarqatdi.
Xabarga koʻra Oʻsh shahrida 630 oʻrinli yangi maktab quriladi. Uni boshdan oyoq Oʻbekiston tomoni mablagʻ bilan taʼminlaydigan boʻldi. Bu haqda Oʻsh shahar meriyasi ham bayonot berdi.
Turkiston:
Qirgʻizistonda haqiqatdan ham Qirgʻiz-Oʻzbek millatlari oʻrtasini isloh qilish kerak. Lekin yuqoridagi uslub muammoga yechim boʻla olmaydi. Chunki Oʻzbekiston qurib berayotgan va SSSRdan qolib ketgan maktablarda Oʻzbeklar haligacha kirill alifbosi orqali oʻzbek tilida eski oʻquv programmasi asosida oʻqib kelishyapti.
Qirgʻizistonda oʻzbek tilida kiril alifbosi bilan taʼlim olayotgan Oʻzbeklar saqofiy jihatdan tashlandiq holatida qolishdi. Oʻzbekiston chegarani yopib olganini hisobga olmaganimizda ham, Qirgʻiziston Oʻzbeklari Oʻzbekistondan oliy maʼlumot olish imkoniga ega emas. Chunki Oʻzbekiston lotin alifbosiga oʻtgan. Qirgʻiziston esa taʼlim sistemasi kiril alifbosida, lekin Qirgʻiz tilida. Shunga koʻra Oʻzbek maktabi bitiruvchilari Qirgʻizistondagi oliy oʻquv muassasalarida ilm olish imkonidan ham mahrumdirlar.
Oʻzbekiston Qirgʻiz-Oʻzbek millatlarining birdamligini xohlasa, Qirgʻiz millatchiligini yopinib olgan yetakchi guruhga va Oʻzbeklarni mamlakatdagi barcha taʼlim sistemasini bir xil Qirgʻiz tiliga olib oʻtishi uchun asosiy toʻsiq boʻlib turgan xalqaro tashkilotlarga bosim oʻtkazib, Oʻzbek maktablarini Qirgʻiz tiliga va Qirgʻiz taʼlim programmasi ostiga olib oʻtilishiga harakat qilishi kerak!
Qirgʻiziston Oʻzbeklari savodsiz boʻlib boryapti. Ularning bu savodsiz holatiga tushirib qoʻygan Qirgʻiz millatchi elitasi vaqtincha xursand boʻlgani bilan, bu holat mamlakat uchun oʻta xavflidir. Chunki savodsiz va Qirgʻiz millati ichiga integratsiyalashib kirib keta olmagan Oʻzbek millati siyosiy, saqofiy zaif va millatchilik tuygʻulari tartibsiz va tuturuqsiz holatida boʻladi. Bu esa, tashqi milliy va boshqa nosogʻlom fikrlardan tez taʼsirlanuvchi zaif shaxsiyalar yetib chiqishiga zamin yaratib boraveradi. Bu holat Oʻzbekiston yoki Rossiya singari mamlakatimizga taʼsir quvvati bor davlatlar uchun, buzuq maqsadlarini amalga oshirishilariga qulay vaziyat paydo qilib beryapti.
Shuning uchun Qirgʻiz davlati mamlakatdagi barcha millatlar uchun, jumladan Oʻzbek millati bolalari uchun ham, bir xil taʼlim programmasini qonun bilan joriy qilishi mamlakat uchun xavfsizlik masalasi hisoblanadi. Chunki millatlar integratsiyasi amalda boʻlishi uchun ularni bir-birlariga yaqinlashtiradigan bir xil saqofiy sharoit yaratib, tarbiyalab, bir xil eʼtibor bilan boshqarib borish zarur.
Qirgʻiziston davlati “tenirchi” “millatchi” unsurlar qoʻl ostida, har tomondan zaiflashib, tashqi kuchlar uchun oʻta qulay siyosiy, saqofiy oʻljaga aylanib boryapti. 2010 yilida bunga guvoh boʻldik.
Hali ham kech emas! Qirgʻiziston xalqi birdamligini saqlab qolaylik! Bir toʻp millatchilarning fikrlarini chetga surib, saqofiy uygʻunlik paydo qilish maqsadida birlashaylik! Negaki, har qancha harakat qilsak ham, Qirgʻiz-Oʻzbek millatlari bir mamlakatda yashashga majburmiz. Shuning uchun kufrga xizmat qilayotgan millatchi toʻdalarning fikrlarini uloqtirib tashlab, u yetakchi guruhning yetakchiligini inkor qilib, kufrning iflos maqsadlariga toʻsiq qoʻyaylik!!!