Putin: AQSh aralashmasa masala hal boʻlmaydi

603
0

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sochi shahrida Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashgandan soʻng mushtarak matbuot anjumani oʻtkazdi. Anjumanda Suriya masalasiga toʻxtalgan Putin Xon-Sayxundagi kimyoviy hujumni uyushtirganlar jazolanishi kerakligini bildirdi. Bir qancha ekspertlar bu qurolni Asad rejimi amalga oshirganligini dallillar bilan isbotlagan boʻlsa ham, Putin tekshiruv xolis ekspertlar tarafidan davom ettirilishi lozimligini taʼkidladi.

“Biz kimyoviy qurol ishga solinganligini qattiq qoralaymiz. Idlibda kimyoviy qurol ishatganlar qoʻlga olinishi va jazolanishi kerak. Lekin bu puxta va xolis tergov bilan amalga oshirilishi lozim”, dedi Rossiya rahbari.

Rossiya prezidenti Suriya muammosini hal qilish uchun oʻt ochishni toʻxtatish va Suriyadagi siyosiy kuchlar bilan aloqa oʻrnatish kabi bir qancha urinishlar amalga oshirilayotganligini bildirar ekan, biroq bu borada (parda ortida turgan) AQSh aralashmasa, masala hal boʻlmasligiga urgʻu berdi.

“Avvalambor oʻt ochishni toʻxtatish bitimini amalga oshirish kerak. Ostona muzokaralarining bir qismi sifatida, Eron va Turk hamkorlarimiz bilan mintaqada otashkesimni taʼminlash uchun harakat olib boryapmiz. Bu ish Jeneva jarayoni doirasida amalga oshadi.”, “Albatta, Amerika boʻlmasa bu muammoni samarali tarzda hal qilish mumkin emas. Shuning uchun biz amerikalik hamkorlarimiz bilan muloqotni davom ettirmoqdamiz. Bu nozik sohada bosqichma-bosqich ish olib borish kerak”, dedi Putin.

Shuningdek, Rossiyaning boshqa mamlakatlar siyosatiga aralashmasligini bildirgan Putin boshqalarni Rossiya siyosatiga aralashayotganlikda aybladi.

“Biz hech qachon boshqa mamlakatlarning siyosiy hayotiga ham, siyosiy jarayoniga aralashmaymiz. Biz Rossiyaning siyosiy hayotiga ham hech kimning aralashmasligini istardik. Afsuski, bunga zid vaziyatga guvoh boʻlmoqdamiz. Koʻp yillar davomida Rossiyaning ichki siyosiy jarayoniga aralashishga urinib kelishdi”, dedi u.

Putin Rossiyaning boshqa mamlakatlar siyosatiga aralashmasligini daʼvo qilar ekan, Asad rejimini qoʻllab-quvvatlash uchun rus armiyasining Suriyaga kirganligi va Islomni talab qilayotgan Suriya xalqining boshidan tonnalab bombalar yogʻdirganligi va bu holat hozir ham davom etayoganligi haqida ogʻiz ochmadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.