Yasin Aktay: AQSh avval boshdan Asadni qoʻllab-quvvatlab keldi

646
0

Yasin Aktay: AQSh avval boshdan Asadni qoʻllab-quvvatlab keldi

Turkiyada hukmron “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi rahbarining oʻrinbosari Yasin Aktay AQSh avval boshdan Asadning qulashi tarafdori boʻlmaganligini qayd etdi. Uning bu bayonoti AQShning yangi maʼmuriyati shu vaqtgacha jar solib kelayotgan “Suriya prezidenti Bashar Asadni qulatish” qaroridan voz kechganligini eʼlon qilishi ortidan yangradi.

Bashar Asad bilvosita Amerikaning, bevosta Rossiya va Eronning qoʻllab-quvvatlashi ostida saqlanib kelganligini bildirgan Aktay “Garchi AQSh Asadni mansabidan ketkazish haqida jar solib kelgan boʻlsa ham, ammo amaliy tarafdan Asadni qoʻllab-quvvatlab keldi”, deya taʼkidladi.

“Insoniyatga qarshi jinoyat sodir etgan kishining mansabida qolish-qolmasligi muhokama qilinmoqda. Bundan tashqari Asad maʼmuriyatini xalqaro yordamlar ushlab turibdi. Uning oʻz kuchi bilan tura oladigan holi yoʻq, biroq unga voz kechib boʻlmaydigan shaxs sifatida qaralmoqda. Asad Amerika, Rossiya va Eronning qoʻllab-quvvatlashi boʻlmagan holda oʻz mansabida qola olsa, marhamat, qolsin. Lekin buning iloji yoʻq”, dedi Aktay.

Turkiston:

Yasin Aktay AQShning Suriya prezidenti Bashar Asadni qoʻllab-quvvatlashini tanqid qilar ekan, Turkiyaning Suriya siyosatida AQSh rejasi boʻyicha harakat olib borayotganligidan koʻz yumdi. Vaholangki Turkiya hukumati Suriyada inqilob harakati boshlangan kundan boshlab AQSh tuzgan loyihalar boʻyicha qadam tashlab kelmoqda. Hatto Turkiya AQShning Suriyada olib borayotgan siyosatida muhim rol oʻynab berayotgan uchta davlatdan biri ekanligi kundek ravshan. Masalan, 2012 yildan boshlab Amerika Qoʻshma Shtatlari rahnamoligida tashkil etilgan Suriya Milliy Kengashi va Suriya inqilobiy kuchlar koalitsiyasini dastaklab kelmoqda. Jeneva konferensiyasi orqali Asadning umrini uzaytirish maqsadida siyosiy yechim topish uchun Rossiya ortidan halloslab yugurgan ham Turkiyadir. AQSh Asadni saqlab qolish uchun Rossiyani ishga soldi, Turkiya esa uni qoʻllab quvvatladi. Halabni mujohidlardan boʻshatish yoʻlida AQShga katta yordam berdi. Shuningdek, IShID bahonasida musulmon aholi ustidan bombalar yogʻdirayotgan hamda masjidlar va shifoxonalarni odamlari bilan qoʻshib vayron qilayotgan AQSh samalyotlari Pentagondan uchib kelayotgani yoʻq, Turkiyaning izni ila Injirlik bazasidan havoga koʻtarilmoqda. Shunday ekan, Turkiya hukumatini Suriya halqining tarafdori deb aytish mumkinmi?

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.