Qochqinlar muammosi Yevropada tanglikni kuchaytirmoqda

432
0

Qochqinlar muammosi Yevropada tanglikni kuchaytirmoqda

Kapitalizm mabdasining natijasi oʻlaroq yuzaga kelgan qochqinlar muammosi Yevropada tanglikni vujudga keltirishda davom etmoqda. Yevropa Ittifoqi qochqinlarni ittifoqqa aʼzo davlatlarga joylashtirish nazarda tutilgan rejani 2015 yilda ratifikatsiya qilgan edi. Biroq soʻngi raqamlarga koʻra, ittifoqqa aʼzo davlatlar 160 ming qochqinlardan atigi 8%ini qabul qilgan xolos.

Hozirgacha faqat Finlyandiya va Malta davlatlari qochqinlarga oid oʻz vazifalarini bajarmoqda. Panoh izlab Italiya va Gretsiyaga kelgan oʻn minglagan qochqinlar qiyin ahvolda lagerlarda qolib ketmoqda. Yevropa Ittifoqi qochqinlarni joylashtirish rejasiga rioya qilishni rad qilgan davlatlarga jarima kabi ayrim jazo choralarini qoʻllash uchun tayyorgarlik koʻrmoqda. Bryussel Yevropa Ittifoqi aʼzolarini “boshqa bahona” qabul qilmasligi borasida ogohlantirdi.

“Bizning ittifoqimiz ikki tamoyilga asoslanadi: birdamlik va masʼuliyat. Bu faqat maʼnaviy qadriyatlar emas, balki birlik tushunchalari va qonuniy bogʻlovchi tamoyillardir”, deydi Yevrokomissiyaning qochqinlar masalasi boʻyicha komissari Dimitris Avramopolos.

Arosatda qolgan Yevropa Ittifoqi qochqinlar oqimini toʻxtatish uchun saʼy-harakatlarini davom ettirmoqda. Germaniya jinoyat sodir etgan qochqinlarni deportatsiya qilish jarayonini tezlashtirdi. Vengriya hukumati muhojirlar oqimini oldini olish uchun Serbiya chegarasini sim toʻsiqlar bilan yopib oldi. Inson huquqlari tashkilotlari Vengriyani huquqiy qochqinlarga haqorotomuz muomala qilish va jismoniy ekspulatatsiya qilishda ayblashmoqda.

“Migratsiya muammosi hozirda Yevropada eng muhim masala hisoblanadi. Hatto yevro muammosidan ham muhimdir. Migratsiya muammosi Yevropaning butunligiga toʻsiq boʻlishidan tashqari, uning ichki xavfsizligiga ham tahdid tugʻdirmoqda”, deydi siyosiy mutaxassis professor Verner Patzelt.

Kapitalizmning kasofati tufayli iqtisodiy inqirozni boshdan kechirayotgan Yevropa Ittifoqi bir tarafdan qochqinlar muammosi bilan ovvora boʻlar ekan, ikkinchi tarafdan Brexit natijasida paydo boʻladigan boʻshliqni muvozanatga solish strategiyasi bilan shugʻullanmoqda. Mutaxassislarning fikricha, Yevropa Ittifoqini ogʻir ahvolga solayotgan bir qancha bunday dolzarb masalalar kelajakda uning birligini savol ostiga qoʻyadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.