Oʻlim bor, ammo tiz choʻkish yoʻq

790
0

Shom togʻutiga qarshi “Oʻlim bor, ammo tiz choʻkish yoʻq” kurashi temirchining bosqoniga oʻxshaydi, u kurashuvchini qoʻllab-quvvatlovchi davlatlarning nopok molidan tozalab, sadoqatli xolis kishiga aylantiradi

Shom qoʻzgʻolonini “qoʻllab-quvvatlovchi” davlatlar moli Havrondagi jang olovini oʻchirib, janubdagi rejimga qarshi jang frontlarini muzlatgan edi. Jang shu darajada uzoq vaqt muzlab turdiki, hatto Shomdagi dindoshlarimiz qoʻzgʻolon beshigi boʻlgan Havron qoʻzgʻolondan butunlay voz kechdi, degan hayolga ham borgandilar, endi u birodarlariga nusrat-yordam bermaydi, AQShning siyosiy yechimi boʻyicha rejim bilan olib borilayotgan muzokaralar va yarashuvlar amalga oshdi, deb oʻylashgandi…

Mana shunday bir umidsizlik vaziyatida “Oʻlim bor, ammo tiz choʻkish yoʻq” nomli jang eʼlon qilindi… 2017 yil 12 fevralda Daradagi Bunyonul Marsus jamoasi eʼlon qilgan bu jang nopok mol beruvchi davlatlar rejasini ostin-ustin qilib yubordi va Daraga chor atrofdan xolis jangchilar yogʻilib keldi. Ular ancha vaqt mushtoq boʻlingan jangda bir-birlari bilan bas boylashgan holda kurash olib bordilar… Oʻz qarori va rejalarini oʻzi chiqaradigan va anavi qoʻllab-quvvatlovchi davlatlarga boqmaydigan maʼrakalarga Shom ahli anchadan beri mushtoq edi.

Koʻpchilik odamlar bir manzaraga, jangchilar oʻzlarining sotilgan yetakchilaridan voz kechgan va qoʻllovchi davlatlar amrlariga qarshi chiqqan manzaraga guvoh boʻldilar. Bu shuni isbotladiki, qaror sohibi davlatlar, ularning qurollari va mollari emas, balki yurt ahlidir.

Bu qoʻllab-quvvatlovchi davlatlar pozitsiyasiga kelsak, ular ayni jangdan nafratlanib, unga adovat koʻzi bilan qarashdi, uni toʻxtatishga urinishdi. Masalan, jangdan sal oldin bir necha guruhlar ajralib-chiqib olishdi, soʻng taʼminotini toʻsish orqali muvafaqiyatsizlikka uchratishga urinishdi… toʻxtatish uchun qattiq bosimlar oʻtkazishdi. Koʻpchilik shunga guvoh boʻlmoqdaki, Iordaniya rejimi chegaralarini berkitib olib, ayni jangda yaralangan musulmonlarga tibbiy yordam koʻrsatishdan bosh tortmoqda, qonlari oqib yotishiga tashlab qoʻymoqda… Ammo bir vaqtning oʻzida, qonxoʻr rejim va jinoyatkor Rossiya uchoqlariga oʻzining havo yoʻllarini ochib bermoqda, shu orqali ularga emin-erkin harbiy manyovlar oʻtkazish va Havron ahlini osongina nishonga olishlariga yordam bermoqda… Biroq bularning barchasi xolis jangchilar qaddini bukolmadi, jangovor sabotiga putur yetkazolmadi, natijada ularga Alloh nusrat-yordam berib, rejim nazorati ostidagi strategik Munshiya rayonining aksar qismini ozod etdilar. Bu esa rejimni bombardimon, portlatish va vayron qilish amaliyotlarini battar kuchaytirishga undadi…

Qoʻllab-quvvatlovchi davlatlarning nopok mollariga kelsak, har qancha yirik miqdorda boʻlmasin, mujohidlar bu mollarga tupurdilar. Buning oʻrniga, oz boʻlsa-da, xalqning sadaqa mollari bilan kifoyalandilar, zero, saxiylik ila toʻplangan bu xolis pok mablagʻlar cheklangan miqdorda boʻlsa-da, anavi davlatlarning millionlagan dollarlaridan koʻra barakotlidir.

Ey Shom zaminidagi jangchi guruhlar!

Biz ancha vaqtdan beri sizga taʼkidlab keldik, bu qoʻllab-quvvatlovchi davlatlar sizdan qonxoʻr rejimni magʻlub etishingizni istamaydi, uni agʻdarib, oʻrniga Islom boshqaruvini oʻrnatishingizga hargiz rozi boʻlmaydi. Ular sizdan bir narsani istaydi, u ham boʻlsa, sizga koʻrsatilayotgan qoʻllab-quvvatlovlarni qabul qilib, oʻshalar ortidan harakat qilishingiz va bergan shuncha qurbonliklaringiz ortidan sizga AQSh tomonidan taklif etilayotgan siyosiy yechimga zamin sifatida muzokaralar oʻtkazib, qaytadan yana qonxoʻr rejim qurishingizdir… Bas, ularning bunday niyatdagi qoʻllab-quvvatlovlariga orqa oʻgiring, hammalaridan voz kechib, oʻzingiz bilan xalq orasini isloh qiling. Shunday yagona siyosiy loyiha sari odimlangki, u sizni uzoqni koʻra biladigan ongli siyosiy yetakchilik ostiga birlashtiradi, jinoyatkor rejimni agʻdarish va uning xarobalari ustidan Islom davlatini barpo etish sari sizni yetaklaydi. Agar davlatlar makridan qoʻrqayotgan boʻlsangiz, ana, Daraga boqing, unga hech qanday zarar keltirisholmadi-ku.

Ey Shom zaminidagi xolis jangchilar!

Siz ayni qoʻllab-quvvatlovchi davlatlar amriga qarshi chiqa olmaymiz, ularsiz biror jangni uddalay olmaymiz, degan tasavvurda edingiz. Hozir esa Dara jangi ayni tasavvurlaringiz xato ekanini isbotladi. Ilk jihod boshlagan kuningizdan boshlab biz sizga chiroyli nasihatlar qilib keldik… yana takror nasihat qilamiz: qoʻlingizni oʻzingizga oʻxshagan insonlar qoʻliga bering, orangizdagi mard qobiliyatli insonlardan oʻzingizga yetakchilar tanlang va xalq qoʻllab-quvvatlovi bilan kifoyalaning, anavi davlatlar bilan boʻlgan barcha aloqalarni uzing-da, siyosiy loyihaga ega siyosiy yetakchi sifatida Hizb ut-Tahrirga ergashing. Insha Alloh, u sizni bu makkor davlatlar zulmatidan va fitnasidan qutqarib, sizni oʻzingiz ilk boshlagan maqsadingizga, yaʼni rejimni agʻdarib, oʻrniga Islom tuzumini barpo etishga eltadi.

Ey Shomdagi ahlimiz!

Shuncha vaqtdan beri oʻz maqsadi sari sobit turish bilan makkor davlatlar rejasini barbod etgan sizsiz! Oʻz guruhlari va jangchi farzandlarini qoʻllab-quvvatlagan ham, ular adashsa-toʻgʻrilagan va haqqa egib qoʻygan ham, jihod qilishimiz uchun Islomda ruxsat berilgan qoʻllab-quvvatlov manbai hisoblangan ham sizsiz! Shunday ekan, bu farzandlaringizni anavi qoʻllab-quvvatlovchi davlatlarga ergashishlariga qoʻyib qoʻymang. Chunki bu davlatlar ularni bir-birlariga qarshi jang qildirib, zaiflashtiradi, rejimga qoʻyib berib halokatga eltadi. Siz xolis jangchilaringizga boqing, oʻshalar bilan birlashing, birgalashib Hizb ut-Tahrirning siyosiy yetakchiligi ortidagi loyihani mahkam ushlang, ana shunda rejimni agʻdarish va oʻrniga Islom boshqaruvini barpo etishdek maqsadingizga yetishasiz.

وَاللّهُ غَالِبٌ عَلَى أَمْرِهِ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لاَ يَعْلَمُونَ

“Alloh Oʻz ishida gʻolibdir. Lekin odamlarning koʻplari buni bilmaydilar” [Yusuf 21]

Hizb ut-Tahrir-Suriya viloyati matbuot boʻlimi

Skype: TahrirSyria

Elektron pochta: media@tahrir-syria.info – ahmadabdalwahab2@gmail.com

Suriya viloyati rasmiy sayti: www.tahrir-syria.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.