Putin: Turkiyaning Suriyadagi rolini qadrlaymiz
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda tashkil qilingan marosimda Turkiyaning Moskvadagi yangi elchisi Husayn Dirioʻzning ishonch maktubini qabul qildi.
Marosimda soʻzga chiqqan prezident Putin Suriyada amalga oshirilgan oʻt ochishni toʻxtatish bitimiga toʻxtalar ekan, Rossiya-Turkiya aloqalarining kundan kunga rivojlanib borayotganiga urgʻu berdi.
“Turkiya bilan munosabatlarimiz ishonchli tarzda iziga tushib bormoqda. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan bilan 10 mart kuni juda xayrli va muvaffaqiyatli uchrashuvni amalga oshirdik. Bu uchrashuvda “Turk Akkuyu” kabi yirik energetik loyihalarni amalga oshirish masalasi alohida muhokama qilindi”, dedi Vladimir Putin.
Putin maʼruzasida Turkiyaning Suriya masalasida koʻrsatgan xizmatlarini olqishladi. Uning maʼlum qilishicha, Rossiya-Turkiya hamkorlikda Suriya masalasiga siyosiy yechim topish va terrorizmga qarshi kurash borasida yangi-yangi loihalar tuzish hamda kelajakda yana nimalar qila olishi xususida ish olib bormoqda.
“Rossiya va Turkiyaning yordami bilan Asad kuchlari va qurolli muxolifat oʻrtasidagi oʻzaro jangni toʻxtatishga muvaffaq boʻldik. Biz bu borada Turkiya oʻynagan rolni bilamiz va qadrlaymiz. Bu ishlar Suriya masalasida muzokaralarni tashkil qilishga yordam berdi”, dedi Putin marosimda qilgan maʼruzasida.