Ostona uchrashuvidan quyidagi natijalarni xulosa qilish mumkin
Moskva uchrashuvidan soʻng amalga oshirilgan Ostona uchrashuvi Asad rejimining qonuniyligi yana ham mustahkamladi. Turkiya, Rossiya va Eron tarafidan berilgan soʻngi qoʻshma bayonotda “terrorga (Islomga) qarshi kurash”, “Ilmoniy Suriya”, “Suriya rejimi bilan muxolifat oʻrtasida ishonchni kuchaytirish” va “Jeneva uchrashuviga ishtirok etish” masalalariga urgʻu berildi.
Ostona uchrashuvidan soʻng Turkiya, Rossiya va Eron tarafidan berilgan qoʻshma bayonotdan xususan quyidagi natijalarni xulosa qilish mumkin.
1 – Turkiya, Rossiya va Eron davlatlari Suriya muxolifatining IShID va Fathush-Shom (Sobiq ismi Jabhatun Nusra) bilan aloqalarni uzishi va bu guruhlarga qarshi kurashini yozma ravishda joriy qilingan bayonoti bilan tasdiqlab oldi.
2 – Keyingi uchrashuv Fevral oyida Jenevada oʻtkazilishi eʼlon qilindi.
3 – Olti yil ichida har qanday vahshiylikdan tap tortmagan Asad rejimi, Eron Hizbi (Hizbulloh), Erondan kelgan boshqa yollanma guruhlar va PYDga (demokratik birlik partiyasiga) qarshi kurash haqida Ostona uchrashuvida bitta soʻz ham aytilmasligi bu uchrashuvning asl xoʻjayini – garchi nomi zikr qilinmagan boʻlsa ham – AQSh ekanligini koʻrsatib turibdi.
4 – Turkiyaning bu borada noqulaylik his qilmasligidan koʻrinib turibdiki, bu yerda ustuvor masala muxolifatni ikkiga boʻlib, bir biriga qarshi urishtirish va Suriya inqilobiga barham berib, Asadni oʻz oʻrnida qoldirishdir.
5 – Halabdan soʻng butun Suriyani vahshiy Asad rejimining qoʻliga topshirish uchun tuzgan rejalari mazkur qoʻshma bayonot bilan rasmiylashtirildi.
6 – Bundan buyon muxolif guruhlar oʻrtasida boʻlinish va muzokaraga ishtirok etmaganlarni sotqin deb eʼlon qilib, ularni yoʻq qilishga harakat qilish bosqichiga oʻtiladi.
7 – Muzokarada ishtirok etgan guruhlar mustamlakachilar buyurtmalari bilan ishtirok etmaganlarni qanday qatl qilganligiga va birodarkushlik janglariga guvoh boʻlamiz.
8 – Izzatli va sharafli Suriya xalqi Ostonada qotil rejim roʻparasida oʻtirib, ular bilan bitim tuzgan guruhlardan albatta bu xiyonatlari uchun hisob berishlarini talab qiladi.
9 – Moskva kelishuvidan soʻng tashkil qilingan Ostona uchrashuvi Asad rejimining qonuniyligini yana ham kuchaytirdi. Asad rejimi bundan soʻng ishonch va xavfsizlik mazasini totadi, hatto dushmanlari, yaʼni Ostonada ishtirok etgan muxolif guruhlar Asadning himoyachisiga aylanadi.