Tunisda Hizb ut-Tahrirni taqiqlashga chaqiriqlar
Tunisda “Hizb ut-Tahrir” mavzusi yana qizgʻin muhokamaga aylandi. Bunga hizbning davlat xavfsizlik kuchlariga karshi bergan bayonoti sabab boʻlgani aytilmoqda.
Xabarda aytilishicha, Hizb ut-Tahrir siyosiy byurosining aʼzosi Imod Haduq matbuot anjumanida nutq soʻzlab, koʻrgan narsalariga raddiya sifatida, yaʼni oʻzlariga nisbatan xavfsizlik xodimlari tarafidan tazyiqlar va oʻzboshimchaliklarga raddiya sifatida xavfsizlik organlariga norozilik eʼlon qilgan.
Haduqning mazkur bayonoti davlat rasmiylarining Hizb ut-Tahrirga nisbatan boʻhton va tuhmatlar uyushtirishlariga turtki boʻldi. Hizb ut-Tahrirning bayonoti ortidan davlat ichki xavfsizlik uyushmasi bayonot chiqarib, Hizb ut-Tahrirni xavfsizlik kuchlariga qarshi igʻvo qilishda va suyiqasd uyushtirishga undashda aybladi va hizbni tarqatib yuborilishini talab qildi. Milliy ichki xavfsizlik kuchlari ittifoqi Hizb ut-Tahrirga qarshi daʼvo arizasi berganligini taʼkidlar ekan, “Hizbning bu bayonoti xavfsizlik xodimlari va ularning oilalarini nishonga olmoqda. Bu birinchi marta boʻlayotgan emas”, deya qoʻshimcha qildi.
Ichki xavfsizlik kuchlarining rasmiy notigʻi Shukri Hamada Hizb ut-Tahrirni terrorchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritish zarurligini taʼkidladi. Chunki Hamadaga koʻra, Hizb Tunis konstitutsiyani yoki davlat muassasalarini tan olmaydi va faqat Xalifalikning qonuniyligini yoqlaydi. Hamada Hizb ut-Tahrirning bayonotini qonunga va davlatga qarshi bosh koʻtarish deya baholar ekan, “Hizb vatan tushunchasining oʻrniga Xalifalik tushunchasi haqida soʻz yuritadi”, deya taʼkidladi.
“Davlatning Hizb ut-Tahrirga eʼtiborsiz qarashi oqibatida terrorizm xatari kabi jiddiy vahimalar yuzaga keladi”, deya qoʻshimcha qildi Ichki xavfsizlik kuchlarining rasmiy notigʻi.