Oʻzbek-qirgʻiz chegarasini aniqlash boʻyicha Oʻshdagi muzokara yopiq eshiklar ortida oʻtmoqda

843
0

Oʻzbek-qirgʻiz chegarasini aniqlash boʻyicha Oʻshdagi muzokara yopiq eshiklar ortida oʻtmoqda

“Ozodlik” radiosining xabar qilishcha, 17 yanvar kuni Oʻzbekiston – Qirgʻiziston chegarasini aniqlash boʻyicha muzokaralarning navbatdagi bosqichi davom ettirildi.

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegarasini aniqlash masalasi boʻyicha hukumatlararo komissiyaning uchrashuvi Oʻsh shahrida 16 yanvarь kuni boshlangan edi. Qirgʻiz matbuotining bildirishicha, uchrashuv yopiq eshiklar ortida oʻtmoqda.

Xabarlarda aytilishicha, mazkur uchrashuvda Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Adham Ikromov va Qirgʻiziston bosh vaziri oʻrinbosari Jenish Razakov rahbarligidagi delegatsiyalar ishtirok etayotir.

Qirgʻiz matbuotining bildirishicha, mazkur uchrashuv Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayevning 2016 yil dekabrda Oʻzbekistonga tashrifi vaqtida erishilgan kelishuvlar natijalariga koʻra oʻtkazilmoqda

1378 kilometrli oʻzbek-qirgʻiz chegarasining 320 kilometri shu kungacha aniqlangan emas.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.