Taʼziya

545
0

Taʼziya

Bugun, 16-yanvarda ertalab soat yetti yarimlar chamasida Turkiya aviakompaniyasiga qarashli “Boing-747” rusmli yuk samolyoti “Manas” aeroporti yaqinida qulab tushgan. Favqulotda vaziyatlar vazirligi maʼlum qilishicha, aviaholokat Chuy viloyatining Sokuluk tumanidagi dala hovlilar joylashgan qishloqqa qulagan.

 Gonkongdan Istambulga uchayotgan samolyot yoqilgʻi quyish uchun “Manas” aeroportiga qoʻnishga harakat qilgan vaqtda halokatga uchragani xabar qilinmoqda. Halokatga uchragan samolyot Turkiyaning “AST Havayolları” kompaniyasiga tegishli boʻlgan.

 Dastlaki maʼlumotlarga koʻra, aviahalokat natijasida 37 kishi, jumladan, 6 nafar bola halok boʻlgan. Ulardan toʻrtasi ekipaj aʼzolari, qolgani qirgʻizistonliklar, 5 kishi ogʻir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan. 20dan oshiq turar-joyga zarar yetgan.

  Favqulotda vaziyatlar vaziri Qubatbek Boronov prezident Almazbek Atambayev bilan boʻlgan uchrashuv chogʻida Chuy viloyatidagi aviahalokatda 31 kishining jasadi va 9 odamning tana aʼzolari topilganini maʼlum qildi.

 Aviahalokat munosabati bilan 17 yanvar Qirgʻizistonda motam kuni deb eʼlon qilindi. Tegishli hujjatga prezident Almazbek Atambayev bugun qoʻl qoʻydi.

 “Albatta, barchamiz Allohnikimiz va albatta, barchamiz Unga qaytguvchidirmiz” [Baqara 156]

 Biz, Turkiston sayti xodimlari Rahimli Allohdan aviahalokat natijasida halok boʻlgan vatandoshlarimizning gunohlarini magʻfirat qilib, qilgan solih amallarini oʻzlariga hamroh qilishini soʻraymiz.

 Qirgʻizistonda faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir aʼzolari nomidan ularning oila aʼzolari, qarindosh-urugʻlari va oilaga yaqin boʻlgan barcha doʻstlariga chuqur taʼziyamizni bildiramiz. Alloh sizlarga sabru jamil ato etsin. Alloh sizlarni chiroyli sabr kilishlik ortidan yaxshiliklar bilan mukofotlasin.

“Sabr-toqat qilingiz! Albatta, Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir!” [Anfol, 46]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.