Qirgʻiziston davlat qarzi 4 mlrd dollardan oshdi

1212
0

Qirgʻiziston davlat qarzi 4 mlrd dollardan oshdi

Respublika moliya vazirligi hisobatiga asoslanib “Azattыk” radiosining xabar qilishicha, Qirgʻizistonning davlat qarzi 4,075 mlrd dollarga yetgan.

“Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunga kelib, tashqi qarz qariyb 3,765 mlrd dollarni, ichki qarz salkam 310 mln dollarni tashkil etadi”, – deyiladi vazirlik xabarida.

Moliya vazirligining qayd etishicha, respublikaning davlat qarzlari belgilangan muddatda qatʼiy ravishda ado etiladi.

“Oʻtgan yili qarz toʻlashga 20,75 mlrd som (299 mln dollar) sarflangan. 2015 yil bilan qiyoslaganda, qarzni toʻlash uchun xarajatlar 44 foizga oshgan”,- deya maʼlum qilingan hisobotda.

Qirgʻiziston davlat qarzining asosiy qismini xorijiy kreditlar tashkil etadi. Qirgʻizistonning eng koʻp qarzi Xitoydan olingan – 1 milliard 336 million dollar. Undan keyingi 1 milliard 110 millon dollarlik qarz Jahon bankiga tegishli. Osiyo taraqqiyot bankidan olgan qarzi 1 millard dollarni tashkil etadi. Qirgʻiziston Xalqaro valyuta fondidan 500 million, Rossiyadan 500 million dollar qarz olgan. Bundan tashqari Turkiya, Yevropa va Arab davlatlardan ham qarzi bor. Qarzlarni asosiy qismi yoʻllar qurish va energetika sohasini rivojlantirishga sarf etilgan.

Bunda, Qirgʻiziston moliya vazirligining ishontirishicha, mamlakat davlat qarzi “ruxsat berilgan limit” doirasidadir. Respublika qonunchiligiga koʻra, mamlakat tashqi qarzi YaIMning 60 foizidan oshmasligi kerak.

Turkiston:

Qirgʻiziston iqtisodiyoti nega borgan sari qarzga botib boraveradi? Bu holat uning ichki boshqaruv sistemasiga aloqadormi? Yoʻq albatta, Qirgʻizistonning iqtisodiy nochorlab borishining asosi, xalqaro olamiy global boshqaruv sistemasi tomonidan atayin paydo qilinadi. Bu jarayonda Qirgʻiz siyosiy doirasining roli korruptsiyaga botib qolishganidadir. Shu korruptsiyalashgan sxema ham, tashqi mustamlaka davlatlar tomonidan rivojlantirib boriladi. Ularga, Qirgʻiziston 4 milliard dollar qarzga botib qolishi uchun, shu qarzlarning bir qismini oʻzlashtirib olish haqida fikrlaydigan korruptsiyanerlar kerak. Xarqaro siyosat vakillari aynan shu haromtomoq siyosiy guruhdan foydalanadi. Chunki bu guruh mamlakat uchun qarz olayotganida “ogʻir yoki yengil sanoatni rivojlantirish uchun, hatto shu kunga kelib sotilib yoʻq qilib yuborishgan yirik korxonalarni qayta ishlatish uchun” deb biror marotaba qarz soʻrangan emas.

Dunyo sistemasi, yaʼni xalqaro siyosat dunyoni 3 qisimga boʻldi. 1- Iqtisodi rivojlangan yetakchi davlatlar. 2- Iqtisodi rivojlangan yetakchi boʻlmagan davlatlar. 3- Agrar (xom ashyoga asoslangan) davlatlar.

1.Iqtisodi rivojlangan yetakchi davlatlar. Ular ogʻir sanoati rivojlangan, yaʼni yengil sanoati uchun oʻzlarining ogʻir sanoati vositasida toʻliq sharoit yaratib olishga qodir davlatlardir. Ular transportning barcha sohalarida, stanoksozlik va qurol-aslaha ishlab chiqishda hech kimga toʼbe emas.

Iqtisodiy rivojlangan davlatlar. Bular ham ogʻir va yengil sanoatlarini rivojlantirib borish imkoniyatiga ega boʻlgan davlatlar. Yetakchi davlatlardan farqi shuki, oʻz ixtiyori bilan boshqa mamlakatni mustamlaka qila olmaydi va oʻzi qurol ishlab chiqarish ixtiyoriga ega emas.
Agrar davlatlar. Bu davlatlar ishlab chiqarishning har ikki sohasida ham ishtirok etmaydi. Ularga yengil va ogʻir sanoatni rivojlantirish imkoniyati berilgan emas. Bu davlatlar, yuqoridagi rivojlangan davlatlar uchun faqat xom ashyo yetkazib berib turishadi. Oʻzlaridagi xom ashyoni oʻzlari qayta ishlashga harakat qilishsa, xalqaro tashkilotlar ularga bosim oʻtkazadi.
Qirgʻiziston agrar davlatdir. Shuning uchun 4 milliard dollarni qarz olib, uni davlatga foyda keltirmaydigan yoʻllarga sarflab yubordi. Yoʻl qurilishiga ishlatdik, deb bayonotlar berib, oʻzlarini oqlashyapti. Yoʻllarni oʻnglash, toʻy berib millionlagan xalq pulini sovurish 4 milliard qarzi bor mamlakat uchun emas. Aslida Qirgʻiziston singari qarzga botib borayotgan mamlakatning siyosatchilari bu holatdan chiqib ketishning eng optimal holatlarini topish haqida izlanishlari kerak edi. Hatto mamlakat obodonchiligi uchun sarf xarajatlarni qisqartirib, oʻzidan chiqayotgan barcha xom ashyolarni oʻzi qayta ishlab chiqarish uchun sarf xarajatlarni kuchaytirishi kerak edi. Buning uchun hech boʻlmaganida, oʻzidan chiqayotgan energetik resurslar bilan oʻz fuqorolari paydo qilayotgan ishlab chiqarish korxonalarni taʼminlab, ularga keng imkoniyat va imtiyozlar yaratib berish kerak edi. Faqat oʻshanda bizning bir somga sotilayotgan energetika yoki boshqa xom ashyolarimiz bir necha barobar koʻp foyda olib kelar edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.