Qirgʻizistonning YeOII mamlakatlari bilan tovar aylanmasi hajmi keskin tushib ketdi

852
0

Qirgʻizistonning YeOII mamlakatlari bilan tovar aylanmasi hajmi keskin tushib ketdi

“TASS”ning respublika milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga asoslanib xabar qilishicha, Qirgʻizistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan tovar aylanmasi hajmi 18,6 foizga tushib ketdi. Bu haqda “Oʻtgan yilning 10 oyi davomida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi ishtirokchi-davlatlari bilan eksport-import amaliyotlari miqdori 1,575 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu esa 2015 yilning shu davriga nisbatan koʻrsatkichning 81,4 foizi demakdir”, – deyiladi idora hisobotida.

Shuningdek, Qirgʻiziston koʻrsatilgan vaqtda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga qiymati 284 million AQSh dollarilik turli mahsulotlari yetkazib bergani, 1,291 milliard AQSh dollarilik tovarlarni import qilgani aytildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.