Chuy va Botken imomlari oʻquv kursida qayta tayyorlanmoqda

853
0

Chuy va Botken imomlari oʻquv kursida qayta tayyorlanmoqda

“Iymon” fondi tomonidan uyushtirilgan oʻquv kursiga Chuy viloyatidan 118, Botken viloyatidan 134 imom qatnashyapti. Fond rahbari Nurjigit Qodirbekovning “Ozodlik” radiosi qirgʻiz xizmatiga maʼlum qilishicha, oʻquv kurslari Oʻsh va Bishkek shaharlarida oʻtkazilmoqda.

“Mazkur oʻquv kursi imomlarning intellektual salohiyatini oshirish va ilm darajasini yaxshilash loyihasi doirasida oʻtkazilmoqda. OʻshDUning teologiya fakulьtetida Botkendan kelgan imomlar oʻqishyapti, ularga Oʻsh viloyatidan 10 imom qoʻshilgan. Bishkekda esa Chuy viloyati imomlari bir haftalik oʻquv kursiga kelishdi. Oʻquv kursining oʻziga xosligi shundaki, biz imomlarga diniy darslardan tashqari, dunyoviy saboqlar ham beryapmiz”,- dedi Qodirbekov.

Xabarda aytilishicha, Qirgʻizistondagi masjid imomlari uchun joriy yilda ikkinchi marta oʻquv kursi tashkil etildi. Bu ish-choralar 2014- 2020 yillarga moʻljallangan diniy sohadagi davlat siyosati kontseptsiyasida belgilab qoʻyilgan. Chuy va Batken imomlarining oʻquv kurslari 8 yanvar kuni tugaydi.

Turkiston:

“Iymon” fondi tomonidan olib borilayotgan faoliyatlar Qirgʻiziston musulmonlarini bir necha boʻlaklarga boʻlib yuborish asosiga qurilgan. Ular hokimiyatni oʻz loihalaridan taʼsirlantirishga muvaffaq boʻlishdi. Bu bilan ular organ xodimlari homiyligi ostiga kirib olib, ular bilan birga rasmiy imomlarni jilovlab olish uchun keng imkoniyatlarga ega boʻlishdi. Maqsadlari ilmoniy islomiy guruhni paydo qilishdir. Bu qatlamga ular “moʻʼtadil islomchilar” deb nom berishmoqchi.

Har qanday fikriy yetakchilik jamiyatga kirib borishi uchun ummatni (xalqni) oʻz fikriy yetakchiligi bilan taʼsirlantirishi kerak. Shuning uchun “iymon” fondi, “moʻʼtadil”chilarini jamiyatda faol harakatga keltirishi kerak. Buning uchun “iymon” fondi avval imomlarimizni oʻzlari Gʻarbdan olib kelishayotgan, islomni niqob qilib olgan teologik, ilmoniy va kufr fikrlaridan tasirlantira olishlari kerak boʻladi. Bu ish harakatni xuddi, fohishalar mablagʻi va fikrlari asosida dinni rivojlantirish uchun faoliyat olib borish maqsadida tuzulayotgan guruhga qiyoslash mumkin. Chunki bu guruhning maqsadi islomiy muhitni va musulmonlarni fohishaxonalar, aroq savdosi, qimorxona va sudxoʻrlikka asoslangan ilmoniy kufr sistemasini himoyachilariga aylantirib berishdan iboratdir. Imom, olim va ulamolarimizni, Ollohning hukmi oyoq osti boʻlishida oʻzini zarracha gunohkor deb his qilmaydigan manqurtlarga aylantirib olishmoqchi. Halab singari musulmonlar ommaviy qatliom qilinganida, bir chetda sukut qilib turishadigan, undan ham yomoni, kufrni tarafini olish uchun, quronni teskari taʼvil qilib, ularga itoat qilib boraverishimiz uchun sharʼiy yoʻllar izlab topishga harakat qiladigan fatvochi ulamolar qilib olishmoqchi. Buni ular “moʻʼtadil islom” deb nomlab olishdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.