“Gazprom” Qirg’izistonni gaz bilan uzluksiz ta’minlashga va’da qilmoqda

433
0

“KirTAG”ning xabar qilishicha, “Gazprom Qirg’iziston” O’zbekistonning “O’ztransgaz” kompaniyasi bilan 2015 yilning oxiriga qadar shartnoma imzoladi.

Kelishuvga muvofiq O’zbekiston gazini Qirg’izistonga arzonroq narxda sotadigan bo’ldi. Avvallari “Qirg’izgaz” korxonasi o’zbek gazining 1 kub metrini 278-295 dollardan sotib olgan bo’lsa, endi “Gazprom Qirg’iziston” buning uchun 195 dollar to’laydi.

Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi “Qirg’izgaz”ni ramziy narx – 1 dollarga sotib olgan va 2014 yilning 10 aprelidan uning to’laqonli sohibiga aylangan edi. 14 aprel kuni esa O’zbekiston Qirg’iziston janubiga gaz uzatishni to’xtatdi, buni avvalgi kelishuv muddatining tugagani va korxona egasining o’zgargani bilan izohladi.

Qirg’iziston janubi 2014 yilning dekabrigacha – “Gazprom” O’zbekiston tomoni bilan kelishuvga erishgunga qadar tabiiy gazsiz qoldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.