Yahyo Mashrapov: Istanbuldagi teraktga hech qanday aloqam yoʻq

750
0

Yahyo Mashrapov: Istanbuldagi teraktga hech qanday aloqam yoʻq

“AKIpress” agentligi tarqatgan xabarga koʻra, Turkiya nashrlari tomonidan Istanbul terakti ijrochiligida gumon qilingan Qirgʻiziston fuqarosi Yahyo Mashrapov bu teraktga aloqador emasligini maʼlum qildi.

Bugun Turkiya davlat telekanalida qirgʻizistonlik 28 yoshli Yahyo Mashrapovning pasporti surati Istanbuldagi tungi klubga hujum uyushtirgan shaxs pasporti surati sifatida namoyish qilindi.

AKIpress maʼlumotiga koʻra, Mashrapov 3 yanvarь kuni Turkiyadan Bishkekka uchib kelgan va Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik xizmati davlat qoʻmitasi xodimlari tomonidan soʻroq qilingan.

Mashrapovning aytishicha, u 1 yanvarь kuni Bishkekdan Istanbulga savdo-sotiq ishlari boʻyicha uchib borgandi. Ammo qaytishda Turkiya huquq-tartibot organlari xodimlari uni samolyotga chiqishda toʻxtatib, mahkamaga olib ketishgan.

“Ular meni bir soatga yaqin vaqt davomida soʻroq qilishdi. Shu tufayli Bishkekkacha samolyot ham 1 soatga ushlanib qoldi. Ular meni Yangi yil oqshomida sodir etilgan terakt boʻyicha tergov qilishdi. Tashqi koʻrinishim terakt ijrochisini eslatgani uchun meni toʻxtatishgan ekan. Yakunda ular men bilan xayrlashib, samolyotga chiqishimga ruxsat berishdi”,- deya Mashrapovning soʻzlarini keltirgan agentlik.

U 31 dekabrь kuni Qirgʻizistonda boʻlganini isbotlay olishini qoʻshimcha qilgan. Mashrapov oʻz pasporti qanday qilib internetda tarqalganini bilmasligi haqida aytgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.