Harbiy sudlar tugatiladi

581
0

Harbiy sudlar tugatiladi

Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atamboyev “Qirgʻiziston Respublikasi sudlar maqomi haqida”gi qonuniga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Qirgʻiziston prezidenti maʼmuriyati matbuot xizmati maʼlum qildi.

Mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihalari paketi Qirgʻizistonda harbiy sudlar tugatilishini koʻzda tutadi.

Qabul qilingan qonun qonun loyihalarini ishlab chiqish uchun yaratilgan ekspert ishchi guruhi faoliyati doirasida prezident huzuridagi sud islohoti boʻyicha kengashning sud tizimi islohotlariga qaratilgan qarorlarini amalga oshirish maqsadida yaratilgan.

Tugatilayotgan harbiy sudlar xodimlari ishlar bilan eng koʻp yuklangan fuqarolik sudlariga yuboriladilar.

Maʼlumot oʻrnida, 2012 yil 24 fevralda Istanbulda korruptsiyaga qarshi kurash boʻyicha oʻtkazilgan anjumanda Qirgʻizistonga harbiy sudlarni tugatish va ular tomonidan koʻrilayotgan ishlarni oddiy sudlar ixtiyoriga topshirish tavsiya qilingandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.