Armiya va hokimlardan tashqari butun Ummat Halab uchun oyoqqa turdi

413
0

Armiya va hokimlardan tashqari butun Ummat Halab uchun oyoqqa turdi

AQSh boshchiligidagi Rossiya, Eron va Asad rejimining Halabda amalga oshirgan qatliomlari Hizb ut-Tahrir faoliyat olib borayotgan bir qancha mamlakatlarda uning tashabbusi va jiddiy harakatlari tufayli qattiq qarshiliklarga uchradi. Mazkur qatliomlarga qarshi norozilik chiqishlari Turkiya, Livan, Falastin, Indoneziya, Malayziya, Tanzaniya, Keniya, Pokiston, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Avstraliya, Belgiya va Amerika Qoʻshma Shtatlarida keng miqyosda oʻtkazildi.

Ushbu tadbirlarda 2011 yilda boshlangan Suriya inqilobini bostirish, Halab xalqini bezdirish va taslim qilish uchun Rossiya va Asad rejimi tarafidan amalga oshirilayotgan qatliomlar ortida AQSh turganligiga urgʻu berildi. Bu qatliomlarga Islom oʻlkalarining rahbarlari va armiyalari jimgina tomoshabin boʻlib turganligi ham taʼkidalandi.

Norozilik namoyishlari baʼzi mamlakatlarda AQSh va Rossiya elchixonalari oldida oʻtkazilgan boʻlsa, ayrim mamlakatlarda Suriya elchixonasi, ayrimlarida esa Turkiya elchixonasining oldida boʻlib oʻtdi. Zero Hizb ut-Tahrir Halabning Asad va Eronga tobe kuchlar qoʻliga oʻtib ketishi va barcha musulmonlarni Halabdan evakuatsiya qilinishi ortida Turkiyaning xiyonati katta rol oʻynaganligini ham ochiq bayon qilib berdi. Shuningdek, Turkiyaning “Furot qalqoni” amaliyoti orqali Halab himoyasini zayiflashtirganligi hamda muxolif guruhlarga bergan moddiy yordami bilan ularni AQShning muzokara stoliga oʻtirgʻizishga harakat qilganligi ham ochib tashlandi.

Hizb ut-Tahrir ayniqsa Turkiyada “Ey armiya Halabga olgʻa” shiori ostida Islomiy yurt rahbarlariga va armiyasiga nido yoʻlladi. Halabning tajovuzkorlar qoʻlidan qutilishi uchun oziq-ovqat va kiyim-kechaklarga emas, balki jasur qoʻmondonlar va lashkarlarga ehtiyoji borligiga eʼtiborni jalb qildi. Ammo ulardan bu nidolarga javob kelmadi. Musulmonlar yordamsiz tashlanib, xiyonat qurboniga aylandilar.

https://www.youtube.com/watch?v=IFQFlX93CgI

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.