Almazbek Atambayev ish safari bilan Sankt-Peterburgga joʻnab ketdi

834
0

Almazbek Atambayev ish safari bilan Sankt-Peterburgga joʻnab ketdi

Prezidet matbuot xizmatining xabar qilishicha, Almazbek Atambayev ish safari bilan Sankt-Peterburgga joʻnab ketgan. Ish safari davomida Almazbek Atambayev Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnoma tashkiloti (KXShT) va Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi (OYEIK)ning sessiyasida ishtirok etadi.

Xabarga koʻra, OYEIK yigʻilishida ittifoqni tashkil etilgandan beri amalga oshirilgan ishlar natijalari chiqarilib, keljakdagi harakatlar belgilab olinadi. Bundan tashqari, OYEIKning bojxona kodeksi toʻgʻrisidagi kelishuv imzolanishi kutilmoqda.

Bosh vazir oʻrinbosari Oleg Pankratovning jurnalistlarga maʼlum qilishicha, Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashida Qirgʻiziston qirgʻiz-qozoq chegarasidagi veterinariya nazoratini olib tashlash masalasini koʻtaradi.

Uning soʻzlariga koʻra, veterinariya nazorati boʻyicha mutaxassislar kelib tekshiruv oʻtkazishgan. Qozogʻistondan boshqa tashkilotga aʼzo davlatlar, tekshiruv xulosalari asosida veterinariya nazoratini olishga rozi boʻlgan.

Pankratov Qirgʻiziston hukumati bu galgi yigʻilishda veterinariya nazoratini bekor qilish boʻyicha masala ijobiy xal qilinishiga umid qilayotganini bildirdi.

Turkiston:

Rossiya prezidenti Putin ham har yilgi anʼanaviy katta matbuot yigʻinida Qirgʻizistonda fitosanitariya nazorati sohasida muammolar mavjud ekanligini maʼlum qilgan va “Qirgʻizistonni Qozogʻiston va Rossiya bilan muomilalarida ayrim qiynchiliklar bor. Qishloq xoʻjaligi sohasida Qirgʻizistonda fitosanitariya nazorati masalasida muammolar bor. Biz qoʻlimizdan kelgan yordamni berib kelyapmiz. Qozogʻiston ham shunday qiladi degan umiddamiz”,- degan edi.

Ha, Rossiya boshchiigida tuzilgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Qozogʻistonga qoʻl keldi. Qozogʻiston vaziyatdan foydalanib oʻzining dexqon va ishbilarmonlarini himoya qilish maqsadida, Qirgʻizistondan ittifoq mamlakatlari bozorlariga oʻtib borayotgan baʼzi mahsulotlarni Yevroosiyo ittifoqi hududiga kirishdan man qila boshladi. Yaʼni oʻzida ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar va yetishtirilayotgan meva, chorva va sabzavotlarni tashkilotga aʼzo davlatlar bozoriga yetkazib berib, Qirgʻizistondan keladiganini deyarli oʻtkazmay qoʻydi. Natijada Qirgiziston iqtisodi kasodga uchrab, ittifoq keltirgan ziyondan minglab fuqarolar aziyat chekishyapti.

Biz, YeOIIga aʼzo boʻlishga harakat boshlangan kundan beri, bu ittifoq siyosiy va iqtisodiy tuzoqdan boshqa narsa emasligi, ittifoqqa aʼzolik Qirgʻiziston va xalqi uchun hech qanday manfaat keltirmasligi haqida koʻp bora ogohlantirib keldik. Mana bugunga kelib Atambayev ham ittifoqqa aʼzo boʻlishning ijobiy jihatlaridan koʻra, salbiy tomonlari koʻp boʻlganiga iqror boʻldi.

“Koʻplab oʻzgarishlar boʻldi. Ularning ichida yaxshilari ham, yomonlari ham bor. Afsuski, vaqti-vaqti bilan salbiy koʻrinishlar koʻp boʻlib, Qirgʻizistonni YeOIIga aʼzo boʻlishi mamlakatda salbiy iz qoldirmoqda. Albatta, ular iqtisodiy natijada ham salbiy iz qoldirmoqda”,- dedi Atambayev Sankt-Peterbergdagi yigʻilishda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.