Hindiston Islomdagi ijtimoiy ahkomlarga hujum qilmoqda

637
0

Ilmoniy nizom xotin-qizlar uchun keltirib chiqargan ijtimoiy illatlarni yashirish uchun Hindiston Islomdagi ijtimoiy ahkomlarga hujum qilmoqda

2016 yil 10 dekabrda Hindistondagi “Shiv Sena” oʻng qanot ekstremistik partiyasi bosh vazir Narendra Modidan yurtda musulmonlar foydalanayotgan shariat qonunlariga oʻzgartirish kiritishni talab qildi. Bu talab “Ollohobod”dagi oliy sudning uch taloqni “shafqatsizlik”, deya baholaganidan bir necha kun oʻtib yangradi, shuningdek, undan muslima xotin-qizlar manfaatini himoya qilish, degan dastak ostida islomiy qonunni isloh qilish koʻzlangan. “Shiv Sena” matbuot voizi Samana oʻzining bosh maqolasida bunday dedi: “Ollohoboddagi oliy sud shariatga oʻzgartirish kiritish masalasini koʻtarmoqda. Bosh vazir Modi hech kim bilan maslahat qilib oʻtirmay, “hoʻp”, degan javobni qilishi kerak. Sudda islomiy shaxsiy qonunlarga “milliy emas deya baholanib jazolanishi kerak” deya baho berilishi yurtning his-tuygʻusini va ayollar alamlarini aks ettiradi. Juma kuni oliy sud bu ishga “ortiqcha tahqirlash”, Hindiston ayolning choʻri boʻlib qolishiga toʻsiq qoʻyadi va uni taqiqlaydi, deya baho berganidan keyin uch taloqning ixtiyoriyligiga doir tortishuv kuchayib ketdi”.

Biz aslida, “Shiv Sena” partiyasiga nazar tashlaydigan boʻlsak, uning oʻzi, xoh musulmonlarga, xoh gʻayrimusulmonlarga taalluqli boʻlsin, inson huquqlari masalasiga bir kun ham qaygʻurmaganiga guvoh boʻlamiz. Bu partiya milliy ekstremistik ildizlarga ega. U “maxaradja”ga nisbatan eng yaxshi munosabatlar qoʻllanishi uchun janubning kambagʻal hind migrantlariga qarshi irqchilikka chaqiradi. Darvoqe, “Shiv Sena” Hindiston janubidagi kambagʻal insonlarga qarshi hujumlar uyushtirish va janublik hindlar oshxonalarini vayron qilish, maharatchilarni ishga joylash uchun yuqori lavozimli mulozimlarga bosim oʻtkazish, kabi jinoyatlarga aralashgan. Bundan tashqari, ayni partiya Bollivud kinoshirkatini toʻla nazorat qilish bilan tanilgan, ayni shirkat esa lofchilik va xotin-qizlar qulligini qoʻllab-quvvatlash bilan mashhur. Islomiy sharʼiy ahomlarda Hindistondagi xotin-qizlarga nisbatan haqiqiy xavf, degan narsa mutlaqo mavjud emas. Aksincha, xavf ikkiyuzlamachi va jinoyatchi liberal kapitalistik tuzumda. Chunki bu tuzum jinsiy erkinliklardan foydalanish, uni targʻib etish va shu orqali daromad qilish orqali ayollarni ekspluatatsiya qilishga ruxsat bermoqda. Oʻz navbatida, bu yurtdagi ayollarga qarshi tajovuz vabosiga, jinsiy jinoyatlarga sabab boʻlmoqda. Demak, shariat ahkomlariga hujum qilishdan maqsad, odamlar diqqat-eʼtiborini kapitalistik liberal qadriyatlar sababli jamiyatda keng tarqalgan illatdan, yaʼni ayollarga yomon munosabatda boʻlish illatidan burish koʻzlangan. Bulardan tashqari, qashshoqlik, zoʻravonlik, xavf-xatar va xotin-qizlar ijtimoiy harakatiga toʻsqinlik qilayotgan tuzum, qiz bola farzandni qatl qilish kabi bugun ayni yurt ayollari duch kelayotgan qator muammolar, mana shu ilmoniy hind boshqaruvi ostida mavjuddir, ularning islomiy anʼanalarga ham, islomiy ahkomlarga ham mutlaqo aloqasi yoʻq.

Hindistondagi muslima va gʻayrimuslima ayollar shaʼnini islomiy shariat ahkomlarini oʻzgartirish bilan aslo amalga oshmaydi. Yoʻq, buni odamlarni liberal demokratik qadriyatlar va ilmoniy tuzumdan uzoqlashtirish bilan amalga oshadi. Zotan, bu tuzum bu yurtdagi millionlab xotin-qizlarga badbaxtlikdan oʻzga hech narsani keltirgani yoʻq.

Xalifalik davlati soyasida sharʼiy ahkomlarni tatbiq etish, oʻsha davrda yashagan insonlar shaʼnini oliylikka koʻtargan va ulardan millionlabi – jumladan, ayollar ham – ayni ahkomlar adolatini guvohi boʻlishgach, Islomni qabul qilganlar. Zero, Islomni qabul qilgan insonlarning aksar qismini, hatto Gʻarbda ham ayollar tashkil qiladi. Shuning uchun bugun Hindistondagi mavjud millionlab muslima ayollar Islom yagona odil tuzum boʻlib, ularni inson tomonidan oʻylab topilgan omadsiz qonunlardan qutqarishga qodir ekanini bayon qilmoqdalar.

Ey Hindistondagi muslimalar!

Allohdan sizga Islom ahkomlariga qilinayotgan bunday ilmoniylik hujumlari qarshisida kuchli sabrli holda qolishingizga madad berishini soʻraymiz. Sizni haqiqiy siyosiy borliq barpo etish ishini qoʻllab-quvvatlashga daʼvat qilamiz. Ushbu Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikkina diningizni himoya qiladi va barcha ehtiyojlaringizni qondiradi. Alloh Taolo bunday dedi:

وَمَن لَّمْ يَحْكُم بِمَا أنزَلَ اللّهُ فَأُوْلَـئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ

“Kimda-kim Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qilmas ekan, bas, ular zolimdirlar” [Moida 45]

781

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi ayollar qismi

telefon-faks: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: ws-cmo@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.