Tramp: Terrorizmga qarshi kurash haqida oʻylash kerak

800
0

Tramp: Terrorizmga qarshi kurash haqida oʻylash kerak

2017 yil 20 yanvar kuni prezidentlik vazifasini boshlashi kutilayotgan Donald Tramp Amerika Qoʻshma Shtatlari xorijiy mamlakatlardagi mojarolarga aralashish va boshqa rejimlarni qulatish siyosatiga chek qoʻyib, uning oʻrniga terrorizmga (Islomga) qarshi kurash haqida oʻylash kerakligini taʼkidladi. Tramp bu haqida oʻzining saylovchilariga tashakkur bildirish uchun Shimoliy Karolina shtatiga qilgan safari mahalida aytib oʻtdi.
“Ular haqida hech narsa bilmaydigan rejimlarni agʻdarish poygasiga chek qoʻyib, terrorizmga qarshi kurash haqida oʻylash kerak. Shu maqsadda boʻlgan har bir oʻlka bizning doʻstimizdir. Eski doʻstliklarimizni mustahkamlash va yangi doʻstliklar oʻrnatishni istaymiz. Endi buzgʻunchi tashqi aralashuv siyosati va tartibsizliklarga chek qoʻyish kerak”, dedi Tramp.
Shuningdek, mazkur safari chogʻida yangi maʼmuriyatning harbiy siyosati haqida ham toʻxtalib oʻtgan Tramp Pentagon rahbarligiga isteʼfodagi general Jeyms Mattisni nomzod sifatida koʻrsatishini bildirdi. Unga koʻra, AQSh mudofaa vazirligi uchun uni boshqaradigan iqtidorli odam kerak.
Pentagonning yangi rahbari boʻlishi kutilayotgan general Jeyms Mattis AQShning Iroqqa bostirib kirishi davomida musulmonlarga nisbatan amalga oshirilgan bir qancha qatliomlar, xususan Falluja qatliomi uchun masʼul shaxs sifatida koʻriladi.
Harbiy xizmati davomida “Quturgan it” laqabini olgan Isteʼfodagi 66 yoshli general Jeyms Mattis 1991 yilda birinchi Koʻrfaz urushida, 2001 yilda Afgʻonistonni bosib olishda, 2003 yilda Iroqqa bostirib kirishda faol ishtirok etgan. Hayoti boʻyi musulmonlarni qirgʻin qilishda ustasi farang boʻlib ketgan Mattis 2005 yilda San-Diyegoda askarlarga soʻzlagan nutqida, “Baʼzi odamlarga oʻt ochish juda zavqli boʻladi”, degan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.