IIV: giyohvand modda savdosi bilan shugʻullanib kelgan militsiya zobitlari qamoqqa olindi

928
0

IIV: giyohvand modda savdosi bilan shugʻullanib kelgan militsiya zobitlari qamoqqa olindi

Qirgʻiziston IIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullanib kelgan militsiya zobitlari jinoyat ustida qoʻlga olindi.

Matbuot xizmati xabariga koʻra, IIV shaxsiy tarkib xavfsizlik xizmatiga bir guruh militsiya zobitlarining jinoiy faoliyati toʻgʻrisida xabar kelib tushgan. Shundan soʻng IIB poytaxt prokuraturasi bilan hamkorlikda ayrim militsiya xodimlarini nazorat ostiga olgan.

“Amaldagi militsiya zobitlaridan iborat jinoiy guruh uzoq vaqt davomida noqonuniy giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullanishgani hamda giyohvand moddalar tashlab qoʻyish orqali fuqarolardan pul undirib kelishgani aniqlandi. Bu maʼlumotni tasdiqlash uchun bir necha bor nazorat xaridi amalga oshirildi va 28 gramm giyohvand modda qoʻlga kiritildi”,- deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, Bishkek shahar prokuraturasi 8 noyabr kuni Qirgʻiziston jinoyat kodekisining 247- moddasi (giyohvand moddalarni noqonuniy ravishda tayyorlash, sotish, saqlash, tashish) va 304- (mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) moddalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatdi.

Xabarga koʻra, chorshanbaga oʻtar kechasi poytaxt markazida amalga oshirilgan nazorat xaridi va shartli xardordan pul olish chogʻida Birinchi may tuman IIB jinoyat qidiruv boʻlimining tezkor xodimlari K. B va K. Jlar jinoyat ustida qoʻlga olinishdi. Qoʻlga olish chogʻida gumondorlar qarshilik koʻrsatib, shaxsiy tarkib xavfsizlik xizmati xodimlariga tahdid qilishgan. Ularning yonidan maxsus belgilangan 64 ming som va 1,8 gramm giyohvand modda topilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.