Rohinga musulmonlari ayollari va bolalarini adolat va himoya bilan taʼminlashga zaif komissiyalar emas yolgʻiz Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikkina qodirdir
“Gardian” gazetasi va boshqa koʻplab axborot vositalari Britaniyaning Rohinga musulmonlari qiyinchiliklari mavzusini koʻtargani toʻgʻrisida xabar tarqatdi. Bu mavzuni yaqinda Mьyanma yangi hukumati bosh vazirasi Aun San Su Chjining Britaniyaga tashrifi chogʻida koʻtargan. Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Su Chji xonimni “Rohin viloyati komissiyasi” tashkil etilgani bilan tabrikladi. BMTning sobiq bosh kotibi Kofi Annan rahbarligidagi bu komissiya Mьyanmadagi Rohinga musulmonlari bilan butparastlar oʻrtasidagi nizoni oʻrganish bilan shugʻullanadi. Britan tashqi ishlar vaziri bu komissiya tashkil topishini “noumid Rohinga vaziyatini” hal eta boshlashdagi muhim qadam, deya baholadi. Su Chji xonim ham uning hukumati Annanga tuzib bergan komissiya rahbariyatini hurmat qilishini bildirdi. Vaholanki, aynan shu xonim Rohinga musulmonlariga qarshi sodir etilgan vahshiyona muomalalar va muntazam ravishdagi repressiyalarga nisbatan lom-mim degan emas. Aksincha, Demokratiya Uchun Milliy Assotsiatsiya matbuot voizi oʻzining partiyasi oʻtgan yili saylovlarda gʻolib chiqqanidan soʻng bir kun oʻtiboq – repressiya qilingan musulmon ozchilikka yordam berish birlamchi masala emas, dedi. U ham armiya tomonidan qoʻllab-quvvatlangan sobiq hukumat pozitsiyasini takrorladi, yaʼni Rohinga Bangladeshdan noqonuniy kelgan muhojirlar ekaniga shama qildi. Albatta, bu narsa, siyqasi chiqqan nasihatlar berishdan nariga oʻtmaydigan va Rohinga ayollariyu bolalariga hech qanday yordam bermaydigan mana shu komissiya rolida aks etadi. Komissiya esa bir iflos qadam Su Chji va uning hukumati tomonidan bajariladigan umumiy munosabatlar kampaniyasi, xolos, bundan boshqa narsa boʻlishga yaramaydi. Ular ushbu muslima jamoa boshdan kechirayotgan dahshatli vaziyat oldida bir nima qilayotgandek boʻlib koʻrinishsa, bas. Ammo aslida, Annanning oʻzi ayni tashabbusning foydasi yoʻqligini eʼtirof etdi. Masalan, 8 sentyabr payshanba kuni Yangonda matbuot konferentsiyasi chogʻida “Biz bu yerda tergovchilar ham, politsiyachilar ham emasmiz”, degan soʻzlari bilan inson huquqlarining buzilishini hargiz nazorat qilmasligini isbotladi.
Shubhasiz, Rohinga ayollari va bolalari siyosiy omillar sabab harakat qiladigan, aslida hech narsa qoʻlidan kelmaydigan bunga oʻxshash ojiz komissiyalarga muhtoj emas. Bu komissiyalar – shunday boʻla turib – ancha vaqtdan beri noinsoniy muomala va maʼlum maishiy vaziyat mavjudligiga hujjat tayyorlaydi, xolos. Mьyanmadan to Suriyaga qadar, Falastindan to Markaziy Afrikaga qadar hukumatlar, BMT va boshqa tashkilotlar ishtirokida son-sanoqsiz missiyalardan, komissiyalardan, tergovlardan… Ummat umidini uzib boʻlgan. Bularning hammasini gʻamxoʻrlik va tergov uchun bir yolgʻon oʻy, mazlumlar uchun soxta umid, deya tasavvur qilish mumkin. Biroq haqiqatda esa, ular qatli omda qancha qurbonlar boʻlganini sanash bilan va bularni ojizlarcha qoralovchi bayonotlar chiqarish bilan shugʻullanadi. Bir vaqtning oʻzida, qirgʻinlar va azob-uqubatlarga chek qoʻyish uchun biror ishonchli yechimlarni yoki maqsadli chora-tadbirlarni taqdim qilmaydi. Bugun Rohinga musulmonlari hamon repressiyaga uchramoqda va “fuqaroligi yoʻq”lar sinfiga ajratilmoqda. Shu kungacha Mьyanma yoki boshqa davlatlar fuqaroligini olish huquqidan, hatto Bangladesh, Malayziya va Indoneziya kabi aksar aholisi musulmonlarni tashkil qiluvchi qoʻshni davlatlar fuqaroligini olish huquqidan ham mahrum etildilar.
Hali ham 140.000dan ziyod Rohinga yurt ichkarisidagi eng xor, tiqilinch ahvoldagi qochqinlar lagerida qolmoqda. U yerda toʻyib ovqat yemaslik, turli kasalliklarga chalinish bilan qiynalmoqdalar. U yerdan tashqariga chiqish man etilgan, na huquqlari bor, na davolanish va taʼlim olish kabi huquqlari. Oʻtgan yili Londondagi qirolicha Mariya universitetida Mьyanma davlatining jinoyatlarini oʻrganish boʻyicha xalqaro tashabbus oʻtkazildi. Unda “Rohinga qatli omning soʻnggi bosqichlarini boshdan kechirmoqda”, “ular qatli om”ga duch kelish arafasida edilar, degan soʻzlar aytildi… Ha, BMTning oʻzi u hech kimga foyda keltirmaydigan tashkilot ekanini, ichki idoriy kelishmovchiliklardan boshi chiqmasligini, Rohinga va boshqa mazlum musulmonlarni himoya qilishda esa unga omadsizlik meros ekanini allaqachon isbotladi. Darvoqe, yaqinda shu tashkilotga qarashli Xalqaro Oziq-ovqat Programmasi Rohin viloyati ichkarisidagi ayrim qochqinlar lagerlariga oziq-ovqat yetkazib berish hajmini ozaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Bularning barchasi shunga ochiq dalolat qilmoqdaki, bugungi olamshumul demokratik tuzum Rohinga musulmonlarining ham, dunyoning boshqa yerlaridagi mazlum musulmonlarning ham ayollariyu bolalarini himoya qilishga qodir emas, buni istamaydi ham. Shu bilan birga, bu narsa musulmonlarga yetarli dalil boʻlib turibdiki, ular adolat va xavfsizlik oʻrnatishni daʼvo qiluvchi gʻayriislomiy tashkilotlar, hayʼat va hukumatlarning birortasiga aslo ishonmasinlar. Albatta, Rohinga ayollari va bolalari Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatidagi islomiy yetakchilikka muhtojdirlar. Zero, yolgʻiz shu davlat ularni himoya qilishga qodir, yolgʻiz shu davlat ularni Alloh Taolo ajratib bergan haq-huquqlar bilan taʼminlaydi, yolgʻiz shu davlat ularga zulmu xavfdan xoli izzat-hurmatli kelajakni roʻyobga chiqarib beradi. Ushbu davlatni barpo etish uchun mehnat qilmasdan turib, yaxshilikka harakat qilish yoki uni orzu qilish, butun dunyodagi musulmonlar uchun hech qanday natija keltirmaydi, uzundan-uzun orzularni va mashaqqatlarni keltiradi, xolos.
Alloh Subhanahu va Taolo bunday deydi:
مَثَلُ الَّذِينَ اتَّخَذُوا مِنْ دُونِ اللَّهِ أَوْلِيَاءَ كَمَثَلِ الْعَنكَبُوتِ اتَّخَذَتْ بَيْتًا وَإِنَّ أَوْهَنَ الْبُيُوتِ لَبَيْتُ الْعَنْكَبُوتِ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ
“Allohdan oʻzga “doʻstlar”ni ushlagan kimsalarning misoli xuddi (oʻzi uchun) uy qurib olib, (oʻsha uyidan panoh istagan) oʻrgimchakka oʻxshaydi, uylarning eng nimjoni esa oʻrgimchak uyasi, albatta, agar ular bilsalar edi, (oʻrgimchak uyasi kabi ojiz butlardan panoh istamagan boʻlur edilar)” [Ankabut 41]
Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi ayollar qismi
telefon-faks: 00961 1 30 75 94
uyali telefon: 00961 71 72 40 43
elektron pochta: ws-cmo@hizb-ut-tahrir.info