Hukumat ojiza ayollarni ozodlikdan mahrum etishdan uyalmay ham qoʻydi

849
0

Hukumat ojiza ayollarni ozodlikdan mahrum etishdan uyalmay ham qoʻydi

Toshkoʻmir shahrida yashovchi Nazira Tojiboyevaning “Turmush” nashriga maʼlum qilishicha, Toshkoʻmir shahar sudi 26 sentyabr kuni onasi N. Tojiboyevani Qirgʻiziston jinoyat kodeksining 299- moddasi bilan aybdor deb topgan va 8 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum etish toʻgʻrisida hukm chiqargan.

Naziraning aytishicha, uning onasiga qarshi 2015- yilning dekabr oyida jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Shu vaqt orasida ular toʻrt marotaba oqlovchini almashtirishgan.

“Sud ayblanuvchining yettita bolasi borligi, ulardan eng kichigi 3-sinfda oʻqishini hisobga olgani yoʻq. Kecha sud zalida onamni olib qolishdi. Sudga teolog, ekspertlar kelishi kerak edi, biroq ular kelishmadi. 2015-yil dekabr oyida uyimizga 10-15 chogʻli odam kelib, tintuv oʻtkazishdi, ular kelgan vaqtda onam boshqa yoqda edi. Uyimizdan ruxsat berilgan diniy kitoblar chiqdi. Bundan tashqari, onam unga qadar koʻrmagan daftar topilgan. Onam bu daftarni birinchi marta koʻrib turganini aytishiga qaramay qoʻl qoʻydirib olishgan. Keyinchalik shu daftarda yozilgan sheʼr matnida xalifalik toʻgʻrisida aytilipti deb ayblab, jinoyat ishi qoʻzgʻashdi. U daftardagi dastxat onamga tegishli emas edi. Daftarda yozilgan ikki qator sheʼr uchun uning 7 farzandi borligi, turmush oʻrtogʻi yoʻqligini hisobga olmay 8 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qilishdi”,- dedi Nazira Tojiboyeva.

Turkiston:

“Yomonning kuchi yapaloqqa yetibdi” deganlari kabi, rasmiy hukumat musulmon erkaklarni qamoqqa tashlagani yetmaganidek, ozija ayollarni ham tuhmat va soxta ayblovlar bilan ozodlikdan mahrum etishdan uyalmay ham qoʻydi.

Qirgʻizistonda taqiqlangan adabiyotlar roʻyxatining yoʻqligi va taqiqlangan adabiyotlar roʻyxati rasmiy axborot vositalari orqali eʼlon qilinmaganligi barchaga maʼlumdir. Shunday boʻlsada, davlat kuch organlari musulmonlar xonadonlariga uyushtirgan reydlari ortidan qoʻlga kiritilgan Qurʼoni Karim, Hadislar toʻplami va boshqa – garchi hukumat ruxsati bilan bosib chiqarilgan boʻlsa ham – islomiy adabiyotlarni rasmiy axborot vositalari orqali namoyish qilib, u shaxsni xali aybi isbotlanmay turib yomonotliqqa chiqarib ulgurishmoqda.

Teologik (diniy) ekspertiza oʻtkazish esa din ishlari boʻyicha qoʻmita yoki muftiyot vakillariga topshirib qoʻyilgan boʻlib, ular tintuv davomida topilgan adabiyotlarni kuch organlari xohishiga muvofiq ekstremistik yoki ekstremistik emas degan xulosa chiqarib berishadi. Mana shunday sharoitda rasmiy hukumat avval mamlakat hududida taqiqlangan adabiyotlar roʻyxatini chop qilish va teologik ekspertiza oʻtkazish salohiyati va layoqatiga ega boʻlgan biror qoʻmita tashkil etish oʻrniga, ekstremizm (Islom)ga qarshi kurashni kuchaytruvchi qonunlar qabul qilmoqda. Bu esa oʻz navtabida musulmonlarga bosim oʻtkazish va ulardan nohaq yoʻllar bilan pul undirishda kuch organlariga qoʻl kelmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.