Bu kunning nimasini bayram qilyapsiz?!

202
0

Bu kunning nimasini bayram qilyapsiz?!

Turkiyada 29 oktyabr kuni respublika bayramining 98 yilligi nishonlanmoqda! Musulmonlar qadriyatlariga turli xil hujum va haqoratlar yog‘ilgan, kuch-qudrat va ulug‘ligimiz yulib olingan ushbu xorlik kuni bayram qilinmoqda. Bu kunning nimasi bayram qilinyapti?! Qur’on va sunnatning bekor qilinganimi yoki konstitutsiya va qonunlar manbaini shariatdan olib, xalqqa berilganimi?! Yoxud erkaklar axloqsizlikka, ayollar yarim yalang‘och kiyinishga o‘rgatilganimi?! Bu kunda farzandlarimiz va yoshlarimizning giyohvandlik botqog‘iga botirilgani bayram qilinyaptimi yoki qotillik, zo‘rlash, zo‘ravonlik va hatto yo‘l transport hodisalarining sababchisi bo‘lgan spirtli ichimlik va psixotrop moddalar iste’moliga imkoni berilganimi?! Shuningdek, «Istanbul konventsiyasi», «Oilasizlar jamiyati loyihasi» hamda Evropaga moslashish qonunlari keltirib chiqargan vayronagarchiliklar nishonlanyaptimi yoki Islom ahkomlariga muvofiq turmush qurishni nomusga tajovuz, deb belgilanishimi?! Yoki bo‘lmasa, ishqiy munosabatlar nomi bilan yoshlarni har xil axloqsizlikka ko‘niktirishmi?! Aytingchi, yoshlarimiz va kelajagimizni ateizm va deizm¹ sari sudrashni nishonlayapmizmi?! Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo ﷺ vidolashuv xutbasida

«وَإِنَّ رِبَا الجَاهِلِيَّةِ مَوْضُوعٌ»

«Johiliyat ribosi tark qilingan», deya buyurishiga qaramay, riboning qonuniylashtirilgani hamda kredit imkoniyatlari maksimal darajada ta’minlangani nishonlanyaptimi?! Respublika sizga mana shularni olib keldi… Bu narsalar zamonaviy tsivilizatsiya darajasi, deb atalmoqda!

Ey musulmonlar!

Sizning bugungi kunda baxtsizligingiz va ojizligingizni tariflashga til ojiz. Davlatingizga bir boqing, unda tarixdagi buyuk davlatni ko‘ryapsizmi?! Tashqi siyosatini mustamlakachi kofir Amerika nazorati ostida olib borayotgan, o‘z erlarida mustaqil xatti-harakatga ega bo‘lolmayotgan, balki barcha ichki ishlariga Amerika aralashayotgan shunday bir davlatga rozimisiz?! Yurtingiz erlariga qarang, barcha islomiy erlarga ham nazar tashlang, bu yog‘i Indoneziyadan to Kavkazu Markaziy Osiyogacha… Nahotki, shuncha bepoyon zaminning butun nazorati G‘arb davlatlari qo‘lida ekani sizni bezovta qilmayotgan bo‘lsa?! Bu respublika boshqaruvini bizga zo‘rlab tiqishtirganlar er osti va er usti boyliklarimizni o‘zlashtirayotgan kofir davlatlari ekanini ko‘rmayapsizmi?! Musulmon kishi nazdida bunday boshqaruv Allohga isyon, Islomga xiyonat va Ummati Muhammad ﷺga sotqinlik hisoblanadi. Biroq, shunga qaramay, 98 yildan beri har yili 29 oktyabr bayram sifatida nishonlanyapti, raqqosalar Ummat yarasi ustida raqs tushyapti! Axir, qanday qilib, Xalifalik bekor qilinishini bayram qilish mumkin?! Qanday qilib musulmonlar Allohning Kitobi, sunnati va shariati bekor qilinganini nishonlashi mumkin?!

Ey musulmonlar!

Xalifalik vayronalari ustida hiyla-nayranglar bilan barpo etilgan, dorga osilgan o‘n minglab musulmonlarning jonsiz tanasi ustiga tiklangan respublika kunini bayram qilish sizlarga yarashmaydi. Biz bunday bayram siz musulmonlarning istak-talabingiz emasligini bilamiz. Biroq siz sukutni lozim tutganingiz sababli bularning barchasiga yo‘liqmoqdasiz.

﴿كُنْتُمْ خَيْرَ اُمَّةٍ اُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ وَتُؤْمِنُونَ بِاللهِ﴾

«(Ey Ummat Muhammad) odamlar uchun chiqarilgan ummatlarning eng yaxshisi bo‘ldingiz. Zero, siz ma’rufga buyurib, munkardan qaytarasiz va Allohga imon keltirasiz» [Oli Imron 110]

Ey musulmonlar!

Mudom, Alloh Subhanahu va Taolo sizni shunday sifatga munosib ko‘rgan ekan, bunday qator tug‘yonlarga tomoshabin bo‘lib qo‘l qovushtirib o‘tirish sizga yarashmaydi! Aslingizga qayting va bunday botil boshqaruv va uning qilmishlaridan qutuling! Sizning pokiza tabiatingiz roshid Xalifalik davlatiga muhtoj. Shunday ekan, sizni biz bilan birgalikda Xalifalikni barpo etish uchun harakat qilishga da’vat qilamiz. Bas, Xalifalikni hayotda tatbiq etishga eng shimarib, ahd-paymon qilishga va harakat boshlashga tayyormisiz?!

إِنَّ اللَّهَ لاَ يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّى يُغَيِّرُوا مَا بِأَنْفُسِهِم

«Aniqki, to biron qavm o‘zlarini o‘zgartirmagunlaricha Alloh ularning ahvolini o‘zgartirmaydi» [Ra’d 11]

¹ Deizm – diniy va falsafiy oqim bo‘lib, u Allohning borligini va olamni yaratganini tan oladi, biroq, g‘ayritabiiy va mistik hodisalarning aksariyatini, Ilohiy vahini va diniy dogmatizmni inkor etadi.

Hizb ut-Tahrirning Turkiyadagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.