Bismillahir rohmanir rohim
Fikrlashga va bahslarga nima uchun toʻsiq qoʻyiladi?
Inson har bir voqeʼlikka nisbatan tutadigan munosabatini shu voqeʼlikka taalluqli fikriga, yaʼni uni qanday tushunishiga qarab belgilaydi. Xalq fikrlay boshlasa, ularni mustamlakachi kofirlarning maqsadiga qarab boshqarish amri-mahol ishga aylanadi. Shuning uchun ommaning fikrlashiga eʼtiborini qaratayotganlarga kufr qattiq qarshilik qiladi. Terrorist, ekstremist yoki xalq dushmani kabi tamgʻalarni bosish, quvgʻin qilish, qamash, hatto oʻldirib yuborishlarni malaylaridan talab qiladi. Bundagi asil mohiyat fikrli insonlarni xalqdan uzish, chetlatishdir, toki xalqni qoʻydek ahvolda ushlab turish va osongina boshqarish imkoniyati qoʻldan ketmasin.
Konstituttsiyaga oʻgartirishlar ishlari olib borilmoqda. Bu qanday oʻzgartirish, bizning kelajagimizga qanday taʼsirlari bor?- bular bahsga qoʻyilmayapti. Aslida konstituttsiya hayotimizni tartibga soluvchi bosh nizom hisoblansa-da va bu nizomning har bir boʻlagi bizning hayotimizga asos vazifasini bajarsa-da, bu sohada fikr yuritishga, bahs qilishga chek qoʻyiladi. Chunki bahslashish natijasida haqiqatlar yuzaga chiqadi. Maxfiyona til biriktirishlar oshkor boʻladi. Bu esa bizga hukmron boʻlishda davom etishni xohlayotgan kufrga yoqmaydi. Shuning uchun faqat ijro qilish talab qilinadi, unda ham oʻz maqsadlariga muvofiq keladigan moddalarinigina tatbiq qilishadi.
Bizni bunday ahvolga kompartiya boshchiligidagi “ruslar manfaatiga asoslangan siyosat” odatlantirgan. Qachongacha bizni muammolarimizni boshqalar hal qiladi? Biz nafaqat oʻzimizning ishlar haqida, balki dunyoda boʻlayotgan siyosiy vaziyat haqida oʻz munosabatimizni, loaqal boshqalarni qilayotgan ishlari haqidagi fikrimizi belgilash, soʻng davlat miqyosida bayon qilish haqida bahslar qilishimiz mumkin emasmi? Yaʼni bunday ishlarni ingilizlar, frantsuzlar, nemislar yoki ruslar qilsinu, bizlar faqat qora ishlargagina yaralganmizmi? nega bizlar boshqa davlatlarda “qullik”ni oson qilishi, tilamchilik haqidagina fikr yuritamiz? Yoki oliy oʻquv dargohlarini tamomlagan million-millionlarning bu sohalarda fikr yuritishga aqllari yetmaydimi?! Loaqal shunday bahslarda, avval Oʻrta osiyoga, keyin Turkiya, Eron yoki arab davlatlariga oʻrnak boʻlmaymiz. Bizlar yaxshi ishlarni boshlab berishga loyiq xalq emasmizmi?
Xalq eng qimmatbaho kondir, uning qaʼrida biz bilmagan juda koʻp layokatli, iqtidorli insonlar mavjud. Befoyda koʻrsatuvlar oʻrniga, yosh avloddan yetuk olimlar, dunyo siyosatiga taʼsir oʻtkazishga layoqatli yetakchilar, ihtirochilar chiqishlari uchun tele-efirlarda, matbuotda, ommaviy joylarda, hamda oʻquv yurtlarida har xil mavzuʼlarda bahslarni yoʻlga qoʻysa boʻlmaydimi?… bunday ishlarni ham oʻzga xalqlardan bir vakil kelib, boshlab berish kerakmi?
Abu Zar.