Faqat tanqidlar hech narsani hal qila olmaydi

387
0

Faqat tanqidlar hech narsani hal qila olmaydi

Har yili Ramazon oyida bo‘lgani kabi, bu yil ham bosqinchi yahudiylar musulmonlarni Masjid al-Aqsoda ibodat qilishdan to‘sish uchun jirkanch jinoyatlarga qo‘l urdi. Kuni kecha son-sanoqsiz qurolli yahud askarlari Masjid al-Aqsoga hujum qilib, iftorlik qilayotgan musulmonlarning taomlarini to‘kib tashladi va ularga tarovih o‘qishga ruxsat bermadi. Nafas bug‘uvchi va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz, ovozli bomba va rezina o‘qlar bilan qilingan ushbu hujumlarda yuzlagan musulmonlar jarohat oldi, bir qanchasi hibsga olindi. Hujulmar hozir ham davom etyapti. So‘ngi olingan xabarlarga ko‘ra, yahudiylar Tarovih namozi paytida musulmonlarga kanalizatsiya suvini sepgan.

Bosqinchi yahudiylar bu jinoyatlarini butun dunyoning ko‘z o‘ngida sodir etishiga qaramay, Islomiy o‘lkalar rahbarlarining aksariyati sukut saqlashmoqda. Ba’zilari esa odatiy tanqidlarni takrorlashdan boshqa narsa qilmadilar. Ularning bugungi tanqidiy bayonotlari bilan oldingilarining birdan-bir farqi shundaki, bu galgisida “qattiqroq” tanqid qilishga jur’at qilishdi. Shuningdek avvalgisida faqat prezident tanqid qilgan bo‘lsa, bu galgisida tashqi ishlar vaziri, prezident o‘rinbosari, aloqa vaziri, prezident voizi, muxolifat partiyalar rahbarlari va siyosatchilar birgalikda jo‘r bo‘lishib tanqid qilishdi. Bularning faqat tanqid bilan kifoyalanishlari bosqinchi yahud vujudini yanada kuchaytirishdan boshqa hech qanday samara bermadi. Ya’ni qo‘l ostidagi kuchli qo‘shinlari bilan maqtanadigan islomiy o‘lkalar rahbarlarining faqat tanqid bilan cheklanishlari yahudiylarni jasoratlantirmoqda.

Aslida ushbu hokimlarning o‘zlari qattiq tanqidga va tanqid ortidan uloqtirib tashlashga loyiqdirlar. Chunki bu rahbarlar 75 yildan beri Aqsoga hujum qilib, muslima ayollar va bolalarni o‘ldirgan bosqinchi yahud zulmini faqat tanqid qilishdan nariga o‘ta olishmadi, vaholangki og‘zaki tanqid bosqinchi yahudlarga zarracha ta’sir qilmasligini o‘zlari ham juda yaxshi bilishadi.

Agar da’volari rost bo‘lsa nega yahudiylar bilan imzolangan barcha xiyonat shartnomalarini bekor qilmaydi? Nega o‘rtadagi barcha aloqalarga chek qo‘yib, ularga haddini bildirib qo‘yish uchun armiyasini safarbar qilmaydi yoki hech bo‘lmasa sanktsiyalar e’lon qilmaydi? Nima uchun yahudiy elchilari va razvedka bo‘limlarini mamlakatdan haydab chiqarmaydi?

Gohida qahramonlik ko‘rsatib, “endi aniq qadamlar tashlash vaqti keldi”, deya go‘yo Musulmon armiyasini (Isroil)ga jihod qilish uchun safarbar qilayotgandek bo‘lishadi. Ammo qilgan ishlari yahud vujudi ustidan halqaro tashkilotlarga shikoyat qilish bo‘ladi. Shuni unutmangki, Quddus masalasi xalqaro siyosat jilovini qo‘lida tutib turgan katta davlatlarga yoki o‘sha katta davlatlar tuzgan BMT kabi xalqaro tashkilotlarga murojaat qilish bilan hal bo`lmaydi. Chunki muammoning manbai aynan o‘shalarning o‘zlaridir.

Falastin muammosining asosiy echimi – katta davlatlar istasa ham, istamasa ham – yahudiy vujudini Muborak Akso erlaridan tamoman quvib chiqish orqali amalga oshadi. Bu ishni esa faqat Xalifalik davlatigina amalga oshira oladi xolos. Shuning uchun ey Musulmon birodarlar, agar yahudlar zulmi ostida xo‘rlanayotgan Falastindagi musulmonlarga, Xitoy lagerlarida ezilayotgan Sharqiy Turkistondagi musulmonlarga, Amerika bombalari ostida qolib, halok bo‘layotgan Afg‘onistondagi musulmonlarga, shuningdek, Suriya, Arakan, Markaziy Afrika, Kashmir, Shrilanka va hokazo dunyoning har erida kufr zulmidan ingrayotgan musulmonlarga yordam qo‘lini cho‘zmoqchi bo‘lsangiz Xalifalik davlatini tiklash uchun harakat qiling. Zero Allohning shariatini tatbiq qiluvchi Xalifalik davlati Allohning izni ila butun zulmlarga chek qo‘yadigan yagona davlatdir.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.