Atambayev davolanish uchun Moskvaga olib kelindi

425
0

Atambayev davolanish uchun Moskvaga olib kelindi

Maʼlumki, Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev 19 sentyabr kuni BMT bosh assambleyasining 71-sessiyasida ishtirok etish uchun AQShga yoʻl olgan edi. Samolyot Nьyu-Yorkka uchish davomida Turkiyadagi Otaturk aeroportiga qoʻnganida Atambayev oʻzini yomon his qilib, koʻkragidagi ogʻriqdan shikoyat qilgan.

Yuzaga kelgan muammo tufayli Atambayevning Nьyu-Yorkka ishchi tashrifini bekor qilingan va u Turkiyada sentyabr oyi oxiriga qadar jiddiy tibbiy tekshiruvdan oʻtishi va 1 oktyabrgacha ishga qaytmasligi maʼlum qilingan edi.

Prezidenti matbuot xizmatining xabar qilishicha, Turkiyada tibbiy koʻrikdan oʻtgan Atambayev muolajani Moskvada davom ettiradigan boʻldi.

“23 sentyabr kuni Atambayev Moskvaga olib borildi va Markaziy klinik shifoxonaga davolanishni davom ettirish uchun joylashtirildi. Mutaxassislar tavsiyasi va Rossiya tomoni taklifiga koʻra u muolajani Moskvada davom ettiradi”,- deyiladi xabarda.

Turkiston:

Atambayevning Rossiyaga keltirilishi Turkiya uni yaxshi qarshi olmaganiga dalolat qiladi. U Putinning xalqaro siyosatdagi kichik oʻyinchisi boʻlib borayapti. Yaʼni, Qirgʻiziston uchun manfaatsiz pozitsiyalarni himoya qilib, ayni paytda Gʻarb va gʻarbparast mamlakatlar bilan aloqalarini yomonlashtirib borayapti.

Qirgʻizistonning byudjet kamomadi yaqin kunlarda muammolar tugʻdira boshlaydi. Rossiyaning oʻzi ham bu muammodan holi emas. Demak Qirgʻiz hukumati yana Gʻarb olami tomon tilamchilik qilib yuzlanishga majbur boʻladi. Shu kunlarda Gʻarb olami Qodir Botirovni OBSE tashkiloti yigʻinida nutq soʻzlashiga imkon berdi. Otunbayevaga esa BMT sammitida soʻz berishayapti. Atambayev bu tashkilotlar yigʻinlaridan qochib, Rossiyaga borib oldi.

Batirov – eʼtibor bergan boʻlsalaring – Qirgʻizistonga demokratik rivojlanish uchun berilib kelinayotgan moliyaviy yordam pullari oʻz oʻrniga ishlarilmayapti, dedi. U Gʻarb olami tashkilotlaridan bu yordam pullarini toʻxtatishni va avvalgilarini taftish qilishni talab qildi. Botirovni Gʻarb sayratayotganini eʼtiborga olsak, demak Gʻarb olami bizdan moliyaviy hisobot talab qilishi ham mumkin. Qirgʻizistonning tashqi qarzi toʻrt milliar dollordan oshib ketti.

Atambayev esa, baʼzi bir siyosiy oʻyinlar uchun qaysidir olamiy liderlardan yoki olamiy tashkilotlardan xafa boʻlib oladimi…? Uning bu harakatlari baʼzi bir buyuk va yetakchi davlat rahbarlariga mos kelishi mumkin. Lekin … .

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.