Turk-rus oliy darajadagi uchrashuvi

481
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Savolga javob

Turk-rus oliy darajadagi uchrashuvi

Savol: turk prezidenti Erdogan 2016 yil 9 avgustda Rossiyaga keldi. Holbuki Turkiyadagi barbod boʻlgan toʻntarishga urinish “aks sadolari” hali nihoyasiga yetmagan edi. Shunday ekan bu shoshilinchlikning sababi nima? Bu ziyoratdan maqsad nima? Ayniqsa tashqi ishlar vazirligi, armiya va maxsus xizmat vakillari ham Rossiyaga kelganligi eʼtiborni tortadi? Bu ziyoratning Suriya krizisiga aloqasi bormi? Yoki undan maqsad rus samolyoti urib tushirilganidan keyin putur yetgan turk-rus aloqalarini “tuzatib oʻnglash”mi? Alloh sizga yaxshilikni mukofot qilsin.

Javob: bu shoshilinch safarning sabablarini va undan koʻzlangan maqsadni bilish uchun quyidagi ishlarni koʻrib chiqamiz:

Bu ziyorat haqida 2016 yil 15 iyulda toʻntarishga urinishdan oldin gap-soʻz boʻlgan edi. Chunki ikkala prezident oʻrtasidagi uchrashuvni aslida 2016 yil sentyabr oyida Xitoyda oʻtkaziladigan yigirmalik sammiti chogʻida oʻtkazishga qaror qilingan edi. Lekin rus prezidenti Putin bilan turk prezidenti Erdogan uchrashuvi avgust oyida shoshilinch oʻtkazildi. Chunki Amerika Turkiyani bir kuchli qurol sifatida yechim chizigʻiga tezroq olib kirishdan manfaatdordir. Boshqa yugurdak qurollar (Eron, Rossiya… va boshqalar) urinishi barbod boʻlganidan keyin Amerika bundan manfaatdordir. Shuning uchun turk tashqi ishlar vaziri ikki prezident oʻrtasidagi uchrashuv ertaroq, avgust oyida Rossiyada oʻtkazilishini bildirdi “interfaks agentligi turk tashqi ishlar vazirining soʻzlarini keltirdi, vazir rus prezidenti Vladimir Putin va turk prezidenti Rajab Toyyib Erdogan avgustda Sochida uchrashishini aytdi… Arabiyya net 2016 yil 1 iyul”. Ziyorat mavzusi “oʻzaro yarashuv” muhitida muhokama qilingan edi. Turkiya Suriya krizisini Amerika siyosatiga mos tarzda hal qilishda rol oʻynamoqchi. Biz buni 2016 yil 14 iyulda oʻzimiz chiqargan savol-javobda oydinlashtirib bergan edik. Oʻsha savol-javobda quyidagilarni aytgan edik: “…Amerika Turkiyaning hozirgi rolidan foydalanib Suriya oppozitsiyasiga kuchli bosim oʻtkazib uni Jeneva yoʻnalishiga va tinch yechimga qaytishga majbur qilmoqchi… Suriya oppozitsiyasi agar muzokara yoʻnalishiga qoʻshilishni rad etadigan boʻlsa bu oppozitsiyadan voz kechish toʻgʻrisida tahdid qilish ham bor. Amerika bu tahdidni turk-rus hamkorligini koʻrsatish orqali qilmoqchi “rus tashqi ishlar vaziri: biz rus va turk armiyalari oʻrtasida Suriya borasida bogʻlanishlar borishini umid qilamiz”. (Arabiyya net 2016 yil 2 iyul)… Turkiya endilikda ruslarning Suriyaga aralashuviga qarshilik qilmaydigan boʻldi… Turkiya davlat tashkiloti terroriga qarshi urush qilayotganini bahona qilib siyosiy vositalar bilan bosim oʻtkazishdan harbiy vositalarga oʻtishi ham ehtimoldan uzoq emas. Bu tashkilot boshqa qurolli oppozitsiyadan ajratilmayapti. Yaʼni Turkiya ham Rossiya oppozitsiyani bombardimon qilishda foydalanayotgan bahonaning oʻzidan foydalanadi! Rus tashqi ishlar vazirining rus va turk armiyalari oʻrtasida bogʻlanishlar boʻlishi haqida aytgan soʻzlari mana shu ehtimolga dalolat qilib turibdi…”. Biz quyidagilarni ham qoʻshimcha qilgan edik: “…Obama oʻzining demokrat oʻtmishdoshi Klinton harakat qilgandek harakat qilmoqchi. Chunki Klinton oʻz prezidentligining oxirgi yilida Falastin Ozodlik tashkilotini va yahudni Falastin masalasini uzil-kesil hal qilish boʻyicha muzokara yechimiga toʻplash uchun bor kuchini sarflagan edi. Klintonning bu urinishi muvaffaqiyatsiz chiqqan boʻlsa-da lekin u Abu Ammorni va Ehud Barakni bir yerga toʻplashga muvaffaq boʻlgan edi… Hozir esa Obama Suriya oppozitsiyasini va rejimni shu rejim bilan muzokara yechimiga toʻplash uchun bor kuchini sarflayapti. Bu bilan Obama oʻzining prezidentligining oxirgi yilida tilga olishga arziydigan ishni qilganini aytmoqchi. Faqat Klintonning urinishi bilan Obamaning urinishi oʻrtasidagi farq shuki, Klintonning harakat kuchi uning malaylari oldida koʻringan boʻlsa, Obama oʻzining malaylari va yugurdaklari yordamida harakat qilyapti va uning harakatlari shu malaylar ortida yashirindir! Shuning uchun Amerika Obama davrida koʻproq tobelarga suyanishni koʻrsatmoqda. Chunki Amerika avval Eron va uning toʻdalariga suyandi, Erondan keyin Rossiyaga suyandi. Suriyada yana boshi berk koʻchaga kirib qolgan paytda esa Amerika Erdoganga Rossiya bilan yarashishni buyurdi… Eron va ruslarning Suriyadagi aralashuvi boshi berk koʻchaga kirib qolganidan keyin esa Amerika Turkiyani Eron va Rossiya tomon otishga shoshildi. Amerika shu orqali oʻzining Suriyadagi nufuzini saqlab qolmoqchi va Suriya qoʻzgʻolonining Islomiy holatiga barham bermoqchi… Shunday qilib Suriyani kechayu kunduz bombardimon qilayotgan Rossiya Turkiya bilan “Suriyada terrorizmga qarshi urush” qilish uchun hamkorlik qiladigan boʻldi!! Ularning oʻrtasidagi dialog “gʻoyatda doʻstona vaziyat”da oʻtadigan boʻlib qoldi!! Bugina emas, balki rus tashqi ishlar vaziri Suriya borasida rus va turk armiyalari oʻrtasida bogʻlanishlar boʻlishini ham talab qiladigan boʻldi!!”.
Turkiyaning bu roli tezroq boshlanishi kutilgan edi. Lekin inglizlarga malay kamolchi zobitlar amalga oshirgan toʻntarishga urinish Turkiya rolini muzlatib qoʻydi va turk rejimini ichki muammolar bilan band qilib qoʻydi. Bu rolning muzlab turishi to Turkiyaning qoʻli Erdogan taʼbiri bilan aytganda barbod boʻlgan toʻntarish zilzilasi oqibatlaridan boʻshaguniga qadar davom etishi mumkin edi. Lekin 2016 yil avgust oyi boshlanishi bilan qoʻzgʻolonchilarning Halabdan qamalni olib tashlash uchun qilgan hujumi yuz berdi va qoʻzgʻolonchilarning bu hujum kampaniyasi muvaffaqiyatli chiqdi. Shu darajadaki bu holat Amerikani Turkiya rolini tezlashtirish uchun bu kampaniyani roʻkach qilishga majbur qildi. Shundan keyin Erdogan Rossiyaga borib Rossiya bilan aloqalarni normallashtirishga kirishdi va Amerika siyosiy yechimi Turkiyaning faol roli bilan boshlandi… Amerika ana shu kuchli hujum kampaniyasini uning samara-mevalaridan mahrum qilmoqchi boʻldi. Bu hujum kampaniyasi nusrat-gʻalabaga yoʻl ochuvchi boʻlishi oʻrniga Amerika uni muzokaralarga yoʻl ochuvchiga aylantirmoqchi. Shu maqsadda Amerika Erdogan aytgan muvozanatli muzokaraga targʻib qilish uchun Turkiya koʻtarib yuradigan bir vositaga aylantirdi. Amerika Turkiya muvozanatli muzokara degan narsadan foydalanib oʻzining turli vositalari bilan taraflarni Obama prezidentligining qolgan sanoqli kunlari orasida Amerikaning muzokaraga oid yechimiga toʻplanishga majbur qila oladi deb oʻylamoqda!! “Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan bugun Suriyaga bagʻishlangan bir regional yigʻin oʻtkazilishini talab qildi. U buni Qatarning “Al-Jazira” kanali u bilan oʻtkazgan uzun muloqot chogʻida aytdi. Kanal bu muloqotni shanba tunida efirga uzatdi… Erdogan “Halabdagi vaziyat fojialidir, lekin oppozitsiya oxirgi vaqtlarda muvozanatni qayta tikladi” deb qoʻshimcha qildi. Suriya net, yangi Koʻrfaz 2016 yil 6 avgust”.
Shunday qilib Erdogan Rossiyaga bordi. Obama Erdoganga muzokaralarning yangi “toʻrtinchi” raundiga taraflarni toʻplashga harakat qilish uchun shoshilishni buyurdi. Obama oʻz prezidentlik davrini shu raund bilan yakunlamoqchi. Bu raundga Turkiya tashqi ishlar vaziri ishora qilgan edi: “Istanbul “Reyter” – Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovushoʻgʻli juma kuni Suriya kelajagiga bagʻishlangan soʻzlashuvlarni qayta boshlash zarurligini aytdi va Jeneva tinchlik soʻzlashuvlarining toʻrtinchi raundini oʻtkazishga chaqirdi. Reuters arabiy 2016 yil 5 avgust”… Shunday qilib Erdogan Rossiyaga borib Putin bilan uchrashdi…

Bu uchrashuv Rossiya bilan Turkiya oʻrtasidagi aloqalarni normallashtirish harakatining yakuniy qadami hisoblanadi. Rus qiruvchi samolyoti urib tushirilganidan keyin ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarda katta muammo kuzatilgan edi. Bu normallashtirish harakati stsenariysi Turkiyani xorlaydigan koʻrinishda ishlab chiqildi. Natijada Putin qoʻygan shartlarga boʻyin egib Erdogan 2016 yil 27 iyunda rus samolyotining urib tushirilganidan uzr soʻradi. Erdogan 2016 yil 29 iyunda rus prezidenti bilan shosha-pisha bogʻlandi. Aytilishicha suhbat doʻstona vaziyatda oʻtdi. Erdogan ortidan uning tashqi ishlar vaziri ham rus tashqi ishlar vaziri Lavrov bilan 2016 yil 1 iyulda Sochi shahrida uchrashdi. Uchrashuv chogʻida ikkala vazir Putin bilan Erdoganning Peterburgda boʻladigan uchrashuvi vaqtini muhokama qilishdi. Shundan keyin Turkiya tashqi ishlar vaziri Rossiya Suriyada oʻz zarbalarini amalga oshirishi uchun Rossiyaga Turkiyadagi harbiy bazalar berilishi mumkinligiga imo-ishora qildi. Turkiya pozitsiyasidagi ruslar tomoniga bunday xorlarcha ogʻishga sabab Rossiyaning Anqaraga qarshi joriy qilgan iqtisodiy jazo choralaridan Turkiyaning alam chekkani emas. Sabab bu emas. Aksincha bu xorlarcha ogʻishga sabab Amerikaning Suriyadagi ogʻir ahvoli yanada chuqurlashganidir. Sabab mana shu. Shuning uchun Amerika Turkiyani Rossiya va Eron tomoniga oʻtishga majburlab Suriya krizisini hal qilmoqchi. Turkiyaning ruslar qarshisida xorlarcha yon berishlari mana shular uchun boʻldi. Yaʼni bu xorlarcha yon berishlar Turkiyaning Amerika bilan bogʻlanib qolganligi va Amerika siyosatini amalga oshirayotgani sababli boʻldi. Natijada turk rejimining mana shu ahmoqona yelib-yugurishi yuz berdi…
Erdogan Rossiyaga safar qilish toʻgʻrisida qattiq turdi. Bu ziyorat 2016 yil 15 iyuldagi barbod boʻlgan toʻntarishga urinishdan oldin programmalashtirilgan edi. Erdogan Turkiyadagi ichki vaziyat bilan qattiq band ekanligiga qaramay Rossiyaga bordi. Holbuki u oʻzi “zilzila” deb atagan narsani muolaja qilish bilan band edi va oʻzi “qaytalanuvchi larzalar” deb atagan narsadan xavfga tushib, 2016 yil 7 avgust yakshanba kuni Istanbulda toʻplangan omma bilan uchrashuv chogʻida Turkiyadagi xalq ommalaridan chorshanbagacha, yaʼni oʻzi Rossiyadan qaytib kelgunigacha maydonlarda qolishni talab qilgan edi. Erdogan inglizlarga malay harbiylarning yangi xatti-harakatlarni amalga oshirishi mumkinligidan xavotirga tushib shuni talab qilgan edi. Ruslarning Halabdagi vahshiyona jinoyatlari avj olganiga ham qaramay Erdogan Rossiyaga safar qildi…. Shularning barchasiga qaramay Erdogan Putin bilan uchrashuvi oʻtkazilishini va uni kechiktirmaslikni qattiq turib talab qildi. Bunga sabab Erdoganning Rossiya bilan oʻtmish sahifani yopishga qattiq ragʻbat qilgani hamda Amerikaning Turkiyani Rossiya tomoniga zoʻr berib itarganidir. Bu qattiq turib olishga Putin bunday deb ishora qildi: “Turk prezidenti 15-16 iyul tunidagi barbod boʻlgan toʻntarishga urinishdan keyin Turkiyadagi ogʻir vaziyatga qaramay Rossiyaga kelish uchun fursat topdi”. (Rusiyal Yavm 2016 yil 9 avgust).
Erdoganning Putin bilan uchrashuvida batafsil muhokama qilinadigan mavzu Suriya krizisi ekanligi aniq edi. Shuning uchun ikkala prezident Suriya krizisi mavzusini delegatsiyalar aʼzolari ishtirokidagi soʻzlashuvlar chogʻida muhokama qilishmadi. Balki Suriya borasidagi uchrashuvni tunga kechiktirishdi. Unda tashqi ishlar vazirlari va maxsus xizmatlar vakillari ishtirok etib Suriya krizisini hal qilish yoʻllarini muhokama qilishdi. Putin kutilayotgan uchrashuvga izoh berib quyidagilarni aytdi: “Biz oʻzaro maʼlumotlar almashinamiz va yechim haqida bahslashamiz”. Suriya xususidagi uchrashuvning tunga kechiktirilgani va delegatsiyalarning tashqi ishlar vazirlari va maxsus xizmatlar vakillaridan tashqari boshqa aʼzolarini bu uchrashuvdan yiroqlatilgani bu uchrashuv maxfiy oʻtkazilganiga, ikkala tarafning Suriya mavzusiga katta ahamiyat berayotganiga va bu mavzu oldingi toʻsiqlar yoʻq boʻlganidan keyin ikkala taraf uchun masalalar orasida eng muhim masala ekaniga dalolat qilib turibdi. Amerika Obama davrining xotimasi sifatida rejim va oppozitsiyani muzokaralar stoli tevaragiga toʻplashni talab qildi!
Uchrashuv chogʻida va uchrashuvdan keyin Turkiyaning roli faol koʻzga tashlana boshladi:
a) “Istanbul “Reyter” – Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovushoʻgʻli juma kuni Suriya kelajagi borasida soʻzlashuvlarni qaytadan boshlash zarurligini aytib, Jeneva tinchlik soʻzlashuvlarining toʻrtinchi raundini oʻtkazishga chaqirdi. Reuters Arabiy 2016 yil 5 avgust”.

b) “Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan bugun Suriyaga bagʻishlangan bir regional yigʻin oʻtkazilishini talab qildi. U buni Qatarning “Al-Jazira” kanali u bilan oʻtkazgan uzoq muloqot chogʻida aytdi. Kanal bu muloqotni shanba tunida efirga uzatdi…. Erdogan: “Halabdagi vaziyat fojiali, lekin oppozitsiya oxirgi vaqtlarda muvozanatni qayta tikladi” deb qoʻshimcha qildi. Suriya net, yangi Koʻrfaz 2016 yil 6 avgust”.

v) “Oʻz navbatida rus axborot agentligi ham kecha Turkiyaning Rossiyadagi elchisi Umid Yordimning soʻzlarini keltirdi. Elchi “Turkiya Suriyaning hozirgi rahbariyati Suriyadagi krizisni hal qilish maqsadini koʻzlagan soʻzlashuvlarda ishtirok etishi mumkin deb biladi” dedi.

Tass axborot agentligi ham Yordimning “Anqara Suriyaning hozirgi rahbariyatining siyosiy oʻtish davri amaliyotida biron rolni oʻynashiga qarshilik qilmaydi” degan soʻzlarini keltirdi. (Saboh 2016 yil 12 avgust).

g) Turk bosh vaziri esa Suriya rejimi bilan siyosiy yechimga kelish mavzusini toʻntarishga urinishdan oldin, Rossiya bilan yarashuv boshlangan paytdayoq koʻtargan edi. Masalan Arabiyya net 2016 yil 13 iyulda “Sensatsiya… Turkiya Suriya rejimi bilan aloqalarni normallashtirish haqida soʻz yurita boshladi” degan sarlavha ostida quyidagilarni tarqatdi: “Anqara (Turkiya) – Reyter: Turk bosh vaziri Bin Ali Yildirim bugun chorshanba kuni oʻz mamlakatining Suriya bilan normal aloqalarni qayta tiklashiga ishonishini aytdi. Arabiyya net 2016 yil 13 iyul”. Bu haqda Bi-Bi-Si ham quyidagi xabarni tarqatdi: “Turkiya bosh vaziri Bin Ali Yildirim “Turkiya Suriya bilan yaxshi aloqalarni rivojlantirishga harakat qiladi, bu Turkiyaning oʻz qoʻshnilari bilan aloqalarini yaxshilashga harakat qilishidagi yangi bosqichdir” dedi. Bi-Bi-Si Arabiyya 2016 yil 13 iyul”.

Shunday qilib Turkiya Suriya krizisi girdobiga faollik bilan kirdi. Lekin Suriya ahliga yordam berish, ularni Rossiya va Eron vahshiyligidan qutqazish uchun emas, aksincha Rossiya va Eron bilan birgalikda shaytoniy uchlikda boʻlish uchun, bu ikki vahshiyning jinoyatlariga qulay sharoit yaratib berib ikkalasiga yordam berish uchun kirdi. Turkiya bu girdobga Shomdagi togʻut rejim bilan muzokaraga kirishish toʻgʻrisida Amerika ilgari surayotgan taslim boʻlish yechimini amalga oshirish uchun kirdi… Erdogan bilan Putinning bu uchrashuvi turgan-bitgani yovuzlik-yomonlikdir. Chunki uning natijasi Turkiyaning Suriyadagi qoʻzgʻolonni qoʻllab-quvvatlash haqida oʻzi daʼvo qilib kelayotgan barcha narsadan ochiq-oshkor shaklda voz kechishi boʻldi. Balki bu voz kechish Turkiya tashqi ishlar vazirining Rossiya Turkiyadan Suriyadagi “koordinatalar”ni berishni, yaʼni turk razvedkasi qoʻzgʻolonchilar pozitsiyalari haqida toʻplagan maʼlumotlarni ruslar bu pozitsiyalarga zarba berishi uchun Rossiyaga berishni talab qilayotganini aytishi darajasigacha yetdi. Amerika Rossiyaga u nimani istasa shuni berishini ana shunday qattiq turib talab qilishi sababli uchrashuvdan keyin Turkiyadan oliy darajadagi razvedka delegatsiyasi Moskvaga uchrashuvning ertasi kuni, yaʼni darhol safar qilishiga qaror qilindi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri 2016 yil 10 avgustda Onadoʻliga bergan intervьyusida: “Suriyada oʻt ochishni toʻxtatish, insonparvarlik yordamlarini yetkazib berish va bir siyosiy yechimni topish zarurligi toʻgʻrisida oʻzining mamlakati Rossiyaning nuqtai nazarlari bir-biriga mos ekanini, buning uchun kelgusida Moskva bilan kuchli hamkorlik qilish mexanizmi bino qilinajagini” aytgan edi. U qoʻshimcha qilib “razvedka mudiri, tashqi ishlar vazirligi vakili va turk armiyasi vakillari bu mavzularni oʻsha kunning tunida Sankt-peterburgda bahs qilishlarini aytdi. Al-Jazira net 2016 yil 11 avgust”.

Turkiya tashqi ishlar vazirining “Suriyada oʻt ochishni toʻxtatish, insonparvarlik yordamlarini yetkazib berish va bir siyosiy yechimni topish” degan soʻzlari Amerika pozitsiyasining aynan oʻzidir. U shuningdek Rossiya chaqirayotgan va jang olib borishiga sabab boʻlayotgan narsaning aynan oʻzidir. Razvedka, armiya va tashqi ishlar vazirligi masʼullarini Moskvaga Erdogan Rossiyani tark etishi bilanoq zudlik bilan yuborilishi Turkiyaning rus-eron-turk uchligi “qovurgʻasi”ni toʻlgʻizganiga dalolat qilib turibdi! Eron tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari: “Bu mintaqa undagi mamlakatlar bilan Rossiya va Turkiya oʻrtasidagi yaxshi aloqalarga muhtojdir” deb taʼkidlagan edi. Ibrohim Rahim Bur “Turkiya-Rossiya-Eron” formatidagi bir yangi hamkorlik boʻlishini talab qilib, oʻzining mamlakati mana shu yoʻnalish boʻyicha harakat qilishga tayyor ekanini taʼkidladi”. (Al-Jazira net 2016 yil 8 avgust). 2016 yil 12 avgust juma kuni Anqarada Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif turk masʼullari bilan uchrashdi. Turk masʼullari Eron bilan Suriya krizisi xususida mushtarak harakatlarni jadallashtirishi toʻgʻrisida kelishib olinganini taʼkidlashdi. Erdogan Eron vaziri Javod Zarifni prezident qasrida kutib oldi. Bu uchrashuv yopiq eshiklar ortida uch soat davom etdi va uchrashuvdan keyin hech narsa eʼlon qilinmadi. Bu esa Amerikaning Turkiyani Suriya sahnasiga olib kirish uchun va Amerika qoʻygan vazifalarni bajarishda Rossiya va Eronga yordam berish uchun zoʻr berib shoshilayotganiga dalolat qilib turibdi.

Bularning barchasidan Turkiyaning Suriya borasidagi amerikacha siyosiy yechimni vujudga keltirishga zoʻr berib, eʼtiborni tortadigan tarzda shoshilinch kirib borgani aniq koʻrinib turibdi. Holbuki Turkiya toʻntarishga boʻlgan urinishdan keyin hali oʻzining ichki ahvoli toʻgʻrisida xotirjam emas edi. Shunga qaramay Turkiya bu girdobga kirib bordi. Bularning barchasi Vashingtonning qattiq turib talab qilayotganiga dalolat qiladi. Shuning uchun Turkiyaning mana shu Amerika rejasi boʻyicha Eron va Rossiya bilan birgalikda quyidagi tarzda harakat qilishi gʻolibroqdir:
Siyosiy jihatdan: Turkiyaning oʻz siyosatini oʻzgartirgani va Suriya rejimi, Eron va Rossiya tomoniga oʻta boshlagani qoʻzgʻolonchilarga aniq koʻrinib turibdi. Shuning uchun Turkiya Jenevadagi amerikacha yechimni qabul qilishga qoʻzgʻolonchilarni chaqirib, ularga bosim oʻtkaza boshladi. Holbuki bu yechim rejim bilan muzokara olib borib u bilan Suriya kelajagi toʻgʻrisida kelishib olish va qoʻzgʻolonchilar bilan rejim oʻrtasidagi mushtarak hukumat tarkibiga kirishdan iboratdir. Qoʻzgʻolonchilarga – ularning Halabdagi rejim nazoratidagi mintaqalarni qamal qilishlariga yoʻl qoʻymaslik uchun – “insonparvarlik jihatlari” degan bahona bilan ham bosim oʻtkazilmoqda. Qoʻzgʻolonchilarning Halabda qator gʻalabalarga erishganlarini eʼtiborga olib “muvozanatli muzokara” degan narsaga zoʻr berib targʻib qilinyapti. Chunki qoʻzgʻolonchilarning ana shu gʻalabalari ularni quvvat markazidan turib muzokara yuritadigan qilib qoʻyadi. Shuning uchun “muvozanatli muzokara” degan narsaga zoʻr berib targʻib qilinyapti. Bu bosim oʻtkazish vositalari, qolaversa oʻt ochishni toʻxtatish degan narsa bilan aralash olib borilmoqda. Bularning barchasi siyosiy amaliyotni idora qilishdan oldin boʻlmoqda. Bu siyosiy amaliyot Obamaga uning prezidentlik davri kelgusi yilning yanvarning oxirlarida nihoyasiga yetishidan oldin “gʻalaba”dan biron narsani qoʻlga kiritib berishi kerak. Mana shu Turkiya bosh vaziri “kelgusi olti oy orasida” deb ishora qilgan narsa boʻlsa kerak: “Turkiya bosh vaziri Bin Ali Yildirim juma kuni Suriya borasida kelgusi olti oy orasida gʻoyatda ahamiyatli rivojlar yuz berishi kutilayotganini aytdi. Yildirim buni turk tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovushoʻgʻli va uning eronlik hamkasbi Javod Zarif bilan birgalikda oʻtkazgan matbuot konferentsiyasida bildirdi. Oʻz navbatida Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif oʻzining mamlakati rus-turk yaqinlashuvidan mamnun ekanligini aytdi. U Turkiya bilan Suriya borasidagi kelishmovchilikni jadal dialog orqali hal qilish mumkinligini taʼkidladi. Zarif Eron bilan Turkiya oʻrtasida Suriya borasidagi hamkorlik tinch yechim imkoniyatlarini kuchaytirishiga eʼtiborni qaratdi. Arabiyya net 2016 yil 13 avgust”.
Harbiy jihatdan: Davlat tashkilotiga qarshi urush degan bahona ostida Turkiya Suriyada Rossiya bilan ittifoqchilikda janglarga kiradi. Bu ittifoq oʻt ochishni toʻxtatishni joriy qilish uchun tezda bir mushtarak kuchga aylanadi. Turkiya Rossiyaga – u qoʻzgʻolonchilarni turk razvedkasi ega boʻlgan va Rossiya bilmaydigan “pozitsiyalar koordinatalari” haqidagi maʼlumotlardan foydalanib bombardimon qilishi uchun – barcha qulayliklarni ham taqdim qiladi. Turkiya Rossiyaga – uning Suriyadagi musulmonlarni qirgʻin qilishdagi jinoyatkorona vazifalarini osonlashtirish uchun – harbiy bazalarni ham berishi mumkin.
Eron ham shunday qiladi. Chunki Eron Rossiyaga mana shu qabih maqsadni osonlashtirish uchun bazalarni beradi. Bu davlatlar oʻrtasida harakatlarni muvofiqlashtirish amalda yoʻlga qoʻyildi:

“Chovushoʻgʻli shuningdek turk samolyotlari Davlat tashkilotiga qarshi amaliyotlarga qoʻshilajagini ham aytdi. U “biz barcha tafsilotlarni oʻrganib chiqyapmiz. Biz Rossiyani Davlat tashkilotiga qarshi mushtarak amaliyotlarga anchadan beri chaqirib kelyapmiz” deb qoʻshimcha qildi”. (Al-Jazira net 2016 yil 1 avgust). Tabiiyki bu Rossiya bahona qilib kelayotganidek qarshilik koʻrsatayotgan barcha qoʻzgʻolonchilarni oʻz ichiga oladi. Chunki bombardimon qilishda ularning pozitsiyalari ajratilmaydi!

Ana shu kuni rus mudofaa vazirligi tomonidan chiqarilgan bayonotda quyidagilar keldi: “Olis masofaga uchuvchi “Tu-22M3” rusumidagi bombardimonchi samolyotlar va “Su-34” rusumidagi bombardimonchi samolyotlar 16 avgust yakshanba kuni Eronning Hamadon aerodromidan koʻtarilib Suriyadagi “IShID” tashkiloti va “Jabhatun Nusra” tashkilotining Halab, Diyrizzur va Idlibdagi terrorchilari pozitsiyalariga kuchli zarbalarni berdi”… Oldinroq axborot vositalari rus havo kuchlarining “Tu-22M3” bombardimonchi samolyotlari Suriyadagi terrorchi “IShID” tashkiloti pozitsiyalariga zarbalar berishda ishtirok etish uchun Eronning Hamadon aerodromiga kelib qoʻngani haqida xabar tarqatgan edi. Rusiyal Yavm 2016 yil 16 avgust”.

Amerika Suriyada oʻzining yugurdak qurollari yordamida amalga oshirmoqchi boʻlayotgan reja mana shundan iborat. Bu ularning makridir.

وَمَكْرُ أُولَئِكَ هُوَ يَبُورُ

“Ularning makrlari ham halok boʻlur (yaʼni behuda ketur)” [Fotir 10]

Zero Shomda na tijorat va na savdo-sotiq Alloh zikridan chalgʻitolmaydigan haqiqiy er kishilar bor. Ular oʻz ishlarini ongli ravishda biladigan qalb koʻzi ochiq er kishilardir. Ular ana shu yovuzlarning qoʻzgʻolonchilar gʻalabalarini muzokaralar yoʻliga aylantirishiga insha Alloh aslo yoʻl qoʻymaydilar. Oʻz jinoyatlariga botgan ana shu uchlik va Vashington tomonidan bu uchlikni boshqarilishi insha Alloh aslo muvaffaqiyat qozonmaydi. Bu yovuzlar Shom yerida oʻzlarining qabih istaklariga aslo erisha olishmaydi. Amerikaning oldingi yugurdaklarining urinishlari barbod boʻlganidek uning keyingi yugurdaklari urinishi ham Insha Alloh albatta barbod boʻlajak… Togʻutlar oʻtgan besh yil davomida Shomda sodiq, muxlis er kishilar majmuasi borligini, Amerika, Eron, Rossiyadan iborat toʻda va bu toʻdaning tobe yugurdaklari bu er kishilar qatʼiyatini soʻndirolmaganini, hatto Shom yerining oʻzida bu sodiq majmuani yordamsiz tashlab qoʻygan kimsalar ham bu er kishilar qatʼiyatini soʻndirolmaganini bilib olishdi. Bu sodiq, muxlis majmua Alloh izni bilan shunday qoyadek mustakam boʻlib qolaveradi, aslo egilmaydi. Bu majmua Alloh shariatini, roshid Xalifalikni tiklab Alloh Subhanahu roziligi uchun xolis amal qilaveradi, Rosululloh Aga sodiq boʻlib qolaveradi. Natijada Islom yurtlari Islomning barcha dushmanlaridan tozalanadi va Allohning azobi bu dushmanlarga ular kutmagan tomondan keladi.

وَلَيَنْصُرَنَّ اللَّهُ مَنْ يَنْصُرُهُ إِنَّ اللَّهَ لَقَوِيٌّ عَزِيزٌ

“Albatta Alloh Oʻziga (yaʼni diniga) yordam beradigan zotlarga nusrat berur. Shubhasiz Alloh kuchli, qudratlidir” [Haj 40]

13 zul-qaʼda 1437h

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.