Bishkekdagi teraktda Tojikiston, Xitoy va Rossiya izlari topildi

434
0

Bishkekdagi teraktda Tojikiston, Xitoy va Rossiya izlari topildi

Rossiya federal xavfsizlik xizmati direktorining birinchi oʻrinbosari, armiya generali Sergey Smirnovning maʼlum qilishicha, Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) maxsus xizmatlari Bishkekdagi Xitoy elchixonasi yaqinida yuz bergan teraktga kelib chiqishi Tojikiston, Xitoy va Rossiyaga taqaladigan shaxslar aloqador ekanligini aniqladi.

“Bishkekdagi teraktga aloqador shaxslarni aniqlash boʻyicha ishlar ShHT maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda davom ettirilmoqda. Bu ishda Tojikiston, Xitoy va Rossiya izlari koʻrinmoqda”,- dedi Smirnov.

Oldinroq, Qirgʻiziston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi (MXDQ) teraktni hudkush terrorchi – “Sharqiy Turkiston Islom harakati” tashkiloti aʼzosi, Tojikiston fuqarosi Xalilov Zoir nomiga rasmiylashtirilgan pasport bilan yurgan uygʻur millatiga mansub shaxs amalga oshirganini xabar qilgan edi.

Turkiston:

Muayyan mintaqalarda amalga oshiriladigan qoʻporuv harakatlarining hammasi aniq bir maqsad sari yoʻnaltirilgan boʻladi. U kim tomonidan amalga oshirilganligining unchalik ahamiyati yoʻq. Muhimi uni amalga oshirilishi uchun qaysi kuchlar homiylik qilishayotganida. Chunki Rossiyada va yana boshqa yerlarda “qoʻporuv amaliyoti chogʻida oʻzini portlatib yubordi” deb eʼlon qilingan shaxslar keyinchalik tirik boʻlib chiqqaniga bir necha marotaba guvoh boʻlganmiz.

Kufr olami bu qoʻporuv ishlarida va uning ijrochilarini tanlashda, hatto uni amalga oshirish vaqtini belgilashgacha oʻz manfaatlari va maqsadi uchun qulay sharoitlarni tanlaydi. Yuqoridagi rus mulozimining bayonoti ham shunga dalolat qilyapti. Ular bu qoʻporuv amaliyotidan keyin, Qirgʻizistonda ShXTning birlashgan antiterror harbiy mashgʻulotlarini oʻtkazishga tayorgarlik boshlab yuborishdi. Rossiya va Xitoy harbiy mashq oʻtkazishni bahona qilib mintaqaga oʻzining harbiy quvvatlarini olib kirishyapti. Endi ular Qirgʻizistondan qaytib chiqib ketmaslikni qasd qilishgan boʻlishsa, unda yana qoʻporuv ishlarini davom ettirishlariga toʻgʻri keladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.