Hukumat “Hizbut tahrir”ga yana bir bor toʻhmat qildi

1591
0

بسم الله الرحمن الرحيم

 Hukumat “Hizbut tahrir”ga yana bir bor toʻhmat qildi

 Bugun 08.09. 2016y. Payshanba kuni erta tongda, organ hodimlari Osh viloyati, Qorasu shahridagi “hizbut tahrir” yigitlarining uylariga kelib, ularni Xitoy hukumatining Qirgʻizistondagi elchixonasida, 30 avgust kuni boʻlgan portlashdagi jinoyatni sodir etganlik ayiblalarini, yaʼni uydurma ayblovlarni yuklash maqsadida tintuvlar oʻtkazdi…

Qachongacha “Hizbut tahrir” hukumat uchun kufr davlatlaridan olingan pullarini oqlab berish maqsadida qurbon boʻladi? Erta tongda ayollar, yosh bolalarni qoʻrqitib, qochqindagi yovuz qotilni ustiga bostirib kirgandek vahimalar qilinadi? Hammani aldaydilar, oʻz xalqiga yolgʻon gaplarni tarqatishadi? “Sizlar qoʻylar emassiz” deb, oʻziga kerak boʻlganda jar solgan rahbarlar, nima uchun qoʻydek, hoxlasa uylariga bostirib kiradi, xohlasa qamaydi, xohlasa millionlagan saylovchilarini aldaydi?! Nimaga?!

Qachongacha jinoyatchilardan jamiyatni tozalashga oʻz xissalarini qoʻshish maqsadida “forma” kiygan organ hodimlarini qaroqchilarga chiqarishadi? Hatto ularga “planlar”, yaʼni kvartal, yillik planlar qoʻyib, hisobot talab qilinadi, ortigʻi bilan bajarishni talab qiladilar? Jinoyatchilar fabrikadan chiqadigan mahsulotmidiki, ularni koʻproq yetishtirgan rayon maqtalsa? Jinoyatchilarni yoʻqotish tuhmat asosida ularni sanogʻini oshirish bilan emas, balki avvalo shunga majbur qilayotgan vaziyatlarni bartaraf etish, qolaversa haqiqiy jinoyatni sodir etgan vijdonsizlarni jazolash bilan boʻladiku? Haqiqiy jinoyatchilar nega izlanmayapti? Yoki ular oshkor boʻlsalar, “sirlar” ham qoʻshilib ochiladimi?

Hizb biror joyni portlatib, ommaga vahima solishni, nohaq odam oʻldirishni harom deb biladi. Hatto umuman moddiy ishlar bilan oʻz maqsadlariga yetishni na tarixda va na rasmiy kitob-jurnallarida va na rasmiy notiqlari tomonidan biror marta tasdiqlamay turib, qachongacha bunday ochiq toʻhmatlar davom etadi?

Aynan shu voqia xususida, Islomidan uzoq yillar behabar qolgan Ummatga eslatib, hatto “Omonlik berilgan gʻoyridinni oʻldirish, mol-mulkini talon-taroj qilish harom” degan maqolada bu ishni sharʼiy hukmini Ummatga yetkazgan holda qanday unga zid ish qilamiz? Alloh Taolo aytadi:

يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا لِمَ تَقُولُونَ مَا لَا تَفْعَلُونَ () كَبُرَ مَقْتًا عِنْدَ اللَّهِ أَنْ تَقُولُوا مَا لَا تَفْعَلُونَ

Ey moʻminlar, sizlar nega oʻzlaringiz qilmaydigan narsani (qilamiz deb) aytursizlar?! Sizlarning oʻzlaringiz qilmaydigan ishni (qilamiz, deb) aytishlaringiz Alloh nazdida oʻta manfur (ishdir). [61:2-3]

Bizning maqsadimiz aniq va buning har bir kitoblarimizda, maqolalarimizda takrorlaymiz. Biz tariximizda boʻlganidek va Yaratguvchimiz talab qilganidek Qurʼon va hadis asosidagi hayotni, yaʼni Islomiy hayotni qayta boshlab, ikki dunyoda aziz va mukarram boʻlish. Hamda rahbarlarimiz bosh boʻlib, kufr olamiga notavon-tilamchilar boʻlib emas, fotihlar boʻlib, Alloh Taoloning risolati – Islomni yetkazuvchilar, kufr rejimlarining zulum, aldov, tuhmat, talon-taroj, terror, qirgʻinbarot urushlarga nuqta qoʻyish va nafaqat oʻzimizni, balki butun dunyoni Islom nuriga, adolatiga va hamma uchun birdek ijro qilinadigan sharʼiy hukmlarga olib chiqish, uni ijrosini qattiq nazorat qilishdir. Bu yoʻldan bizni hech narsa tuhtatolmaydi. Bunga dunyoning bir necha oʻlkalaridagi kufr rejimlari asosida zulumlanayotgan birodarlarimizdan ming-minglaganlari; uzoq muddatlarga hukm qilinib, qamoqlarda mavjudligi, birin ketin shahidliklari va qayta-qayta qamalishayotgani yorqin dalildir. Toʻhmat qilish kaltafahmlik, oʻzini oʻzi aldash, hamda ikki dunyo xorligi bilan mubtalo boʻlish, qolaversa siyosiy hato, chunki yolgʻonning umri juda qisqa.

Gʻarib.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.