Gulan: Men Gʻarb xizmatidaman, meni Turkiyaga topshirmang

961
0

Gulan: Men Gʻarb xizmatidaman, meni Turkiyaga topshirmang

Turkiyadagi davlat toʻrtarishi tashabbusida asosiy aybdor sifatida koʻrilayotgan Fathulloh Gulan AQSh hukumatidan oʻzini Turkiyaga topshirmasligini soʻradi. U oʻz nomidan AQShning Nyu-York Taymes gazetasiga yozgan maqolasida “Gʻarblik demokratlarga moʻʼtadil, (yaʼni demokratiyani yoqlovchi) musulmonlar zarur boʻlgan bir paytda men va “xizmat” harakati safidagi birodarlarim Gʻarb tarafga oʻtdik”, deya Obama maʼmuriyatiga xabar berdi.

Gulan davlat toʻntarishiga uringan kishilar bilan aloqasi borligini inkor qilar ekan, oʻzining Turkiyaga qaytarilishi bilan bogʻliq “Erdoganning orzusini tushinish mumkin, ammo Amerika bunga qarshilik koʻrsatishi kerak”, deya AQSh hukumatiga murojaat qildi.

Shuningdek Gulan maqolasida Xalkaro Amnistiya tashkilotining Turkiyada mahbuslar qiynoqqa solinayotgani haqidagi daʼvosiga eʼtibor karatar ekan, bu holat oʻzining Turkiyaga qaytarilmasligi zarurligiga sabab boʻla olishini taʼkidlaydi. (Manba: Al-Jazira axborot agentligi).

Bundan biroz avval VVS turk xizmatiga intervьyu bergan Fathulloh Gulan “Meni Turkiyaga qaytarib beradi deb oʻylamayman”, “Ammo topshirsalar ham, men uchun farqi yoʻq. Inson xoh oʻz yotogʻida oʻlsin, xoh zindonda oʻlsin, nima farqi bor”, degan edi.

Turkiston:

Fathulloh Gulan haqida qisqacha maʼlumot.

Fathulloh Gulan 1990-yillarning ikkinchi yarmida AQShning eʼtiboriga tushgan shaxsdir. U 1999 yilda AQShga borib oʻrnashgandan soʻng Islomiy tadqiqotlar ustida ish olib boradigan Gʻarb akademiklarini oʻziga jalb qilishga muvaffaq boʻldi.

1997 yilda yurak xastaligi sababli AQShga borgan Gulan shu yilning 11 iyunida yahudiylarning muhim tashkilotlaridan biri boʻlgan “ADL” (Anti Defamation League) rahbari Abraham Foksman bilan uchrashdi. Estatib oʻtish lozimki, “ADL” tashkiloti Isroil davlatining asoschisi Teoder Hersel tarafidan tuzilgan tashkilotdir. U Isroilga qarshi har qanday harakatlarni yoʻq qilish uchun tuzilgan terrorchi tashkilot hisoblanadi. Shuningdek bu tashkilot Falastin yerlarini oʻzlashtirish bilan ham shugʻullanadi.

Tadqiqotchi Selim Kotilning maʼlum qilishicha, “ADL” terrorchi tashkilotining rahbari Abraham Foksman 1998 yilda Turkiyaga kelgan. Tinchlik elchisi sifatida kutib olingan Foksman Fathulla Gulen bilan uchrashib, unga “Dinlararo muloqot” haqida kitob yozishni buyurgan. Soʻng uni Rim papasi bilan uchrashtirish uchun Vatikanga olib ketgan.

Gulan Vatikan papasi Jon Paul 2 bilan uchrashgandan soʻng “dinlararo muloqot” tashabbusini maydonga olib chiqdi. Gulan uchun Gʻarb matbuotida “Islomning zamonaviy, ilmoniy yuzi” nomi ostida muloqotlar oʻtkaziladigan va xabarlar tarqatiladigan dastur ishga tushdi va tez-tez efirga uzatila boshladi.

Siyosatshunos olim Mehmed Firinji gulenning Vatikan papasi bilan uchrashuvini shunday izohlaydi: “Fathulloh Gulanning Papaga murojaati “muloqot” nomi ostida uning etaklarini oʻpish, yaltoqlanish, Islom va musulmonlar azizligini yerga urish hisoblanadi. Fathulloh Gulan Papaga yozgan maktubida salib yurishi jinoyatlarini musulmonlarning zimmasi yuklab, oʻzini va barcha musulmonlarni papaning xizmatiga taklif qilish kabi tarixda hech bir xoin jurʼat qila olmagan xiyonatga qoʻl urdi”. (iqtibos tugadi).

Fathulloh Gulanning “dinlararo muloqot” taʼlimotida nasroniylik va yahudiylik dinlari ham haq din deb talqin qilinadi. Yaʼni, jannatga kirish uchun faqat Islom dinini qabul qilish shart emas, balki nasroniylik va yahudiylik dinlarini qabul qilganlar ham musulmon hisoblanib, ular ham jannatga kirishga haqli ekanliklari taʼkidlanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.