Erdogon Turkiyada yana davlat toʻntarishi boʻlishi mumkinligi haqida ogohlantirdi
Turkiya prezidenti Erdogonning fikricha, mamlakatda yangi davlat toʻntarishi boʻlishi mumkin.
Erdogon endilikda, hukumat bu kabi voqealarga doimo shay turishini aytar ekan, razvedka boʻlib oʻtgan isyonda bir nechta xatolarga yoʻl qoʻyganini taʼkidladi.
“Razvedkadagi jiddiy kamchiliklarni yashirish va rad etishdan maʼni yoʻq”,- dedi Turkiya yetakchisi.
Prezidentning soʻzlariga koʻra, yangi davlat toʻntarishi roʻy bergudek boʻlsa, uning ishtirokchilari katta qiyinchiliklarga duch keladi, chunki turk hukumati yanada hushyor boʻlgan.