Yevropa Ittifoqidan chiqish boʻyicha Britaniyada oʻtkazilgan referendum natijalari

593
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Savolga javob

Yevropa Ittifoqidan chiqish boʻyicha Britaniyada oʻtkazilgan referendum natijalari

Savol: Britaniyada 2016 yil 23 iyunda Yevropa Ittifoqida qolish yoki undan chiqish toʻgʻrisida referendum oʻtkazildi. Referendum natijasida chiqishni yoqlab taxminan 52 % ovoz berildi. Buning ortidan Britaniya bosh vaziri Kemeron isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi. Lekin uning hukumati uch oy muddat ishlab turadi… Bu referendum natijasi Kemeron istagiga teskari boʻldimi? Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishidagi iqtisodiy va siyosiy taʼsir nimadan iborat boʻladi? Britaniyaning ittifoqdan chiqishi uzil-kesil boʻldimi? Yaʼni bu yerda Britaniya uchun biron qaytish chizigʻi yoʻqmi? Qolaversa bu mavzuda Amerikaning roli bormi? Alloh sizga yaxshilikni mukofot qilsin.

Javob: Bu savolda qoʻzgʻalgan ishlarga nisbatan tasavvur tiniq boʻlishi va kuchliroq ehtimol aniq boʻlishi uchun quyidagilarni koʻrib chiqamiz:

Britaniya 2008 yilgi iqtisodiy krizisdan boshlab oʻzining Yevropa Ittifoqi bilan boʻlgan muammolarini va bu ittifoqning Britaniya manfaatiga xizmat qilmayotganini doim yoritib kelayotgan edi. Bosh vazir Devid Kemeron 2016 yil yanvarda Davos sammitida soʻzlagan nutqida Britaniyaning Yevropa Ittifoqiga nisbatan pozitsiyasini bayon qilib quyidagilarni aytdi: “Evropa Ittifoqi Britaniyada tobora reytingini yoʻqotib bormoqda. Biz Britaniyadagi odamlarning Yevropa borasidagi xavotirlarini muolaja qilish uchun referendum oʻtkazishimiz zarur: masalan koʻplab qonunlarni ishlab chiqish gʻoyasi va koʻpgina byurokratik toʻsiqlar borligi haqida xavotirlar bor… Yana masalan ittifoqning bitta valyutaga ega shunchaki bir klub boʻlishdan koʻra kattaroq narsaga aylanishi mumkinligi haqidagi gʻoya ham borki, biz bunga rozi boʻlolmaymiz… Yevropaning haqiqatdan ham bir siyosiy ittifoq boʻlish haqida bosh qotirayotganligi gʻoyasiga kelsak, u shunday bir siyosiy ittifoqki Britaniya unga aslo rozi boʻlmagan. Chunki Britaniya bizning bir siyosiy ittifoqning bir qismi boʻlishimiz haqidagi gʻoyadan aslo rozi boʻlmagan. Biz oʻzi bilan faxrlanadigan mustaqil mamlakatmiz. Bizning mustaqil va demokratik muassasalarimiz bor, biz ular bilan faxrlanamiz. Bu muassasalar manfaatlarimizga yaxshi xizmat qilib kelmoqda. Biz bular bizning shaʼnimizdan boʻlgan ishlar ekanligini tamoman ochiq aytishni istaymiz. Yevropa milliy mustaqil davlatlardan iborat boʻlib, bu davlatlar oʻzaro manfaat koʻrish uchun birgalikda hamkorlik qilish va ishlash uchun uchrashib turadi. Lekin Yevropa tobora chuqur ildiz otib borayotgan siyosiy ittifoq emas. Britaniya xalqi bunday ittifoqni istamaydi va unga aslo imzo chekmaydi”. (Gov.uk 2016 yil 21 yanvar)… Kemeron mana shu asosda fevral oyida yevropaliklar bilan muzokaraga kirishib Britaniya istaganidan ham koʻproq narsani qoʻlga kiritdi: masalan Britaniyaning milliy oʻzligini saqlab qolish huquqini qoʻlga kiritdi. Natijada Britaniya siyosiy jihatdan ittifoqqa singib ketmay, oʻzining mustaqil vujudini ittifoqdan alohida saqlab qoladigan boʻldi va unga shengen kelishuvi tatbiq etilmaydigan boʻldi. Natijada Britaniya chegaralari u istamaydigan cheklovlarsiz boʻlishda davom etadigan boʻldi. Ittifoq yevrozonaga kirmagan Britaniya valyutasi funt sterlingni tan oladi. Ittifoq Britaniyaga keluvchi yevropaliklarning to Britaniyada toʻliq 4 yil yashamagunlaricha muayyan yordamlar va bepul boshpana olish huquqi cheklanishini ham tan oladigan boʻldi… Kemeron kelishuv imzolanishi chogʻida oʻzining umid qilingan natijalarga erishganini bildirib “Evropa Ittifoqi yetakchilari bilan oʻzi erishgan kelishuv Britaniyaga ittifoq ichkarisida bir alohida status berishini” aytdi. (Bi-Bi-Si 2016 yil 20 fevral). Kemeron Yevropa Ittifoqidan “aʼzo davlatlarning milliy parlamentlariga, jumladan ingliz parlamentiga ham Yevropa kengashi qarorlariga eʼtiroz bildirish yoki ularni bekor qilish huquqini beradigan kattaroq salohiyatlar berilishini” talab qilgan edi. Lekin ittifoq bu talabga rozilik bermadi… Britaniya koʻp narsalarga erishdi, lekin shunga qaramay Yevropa Ittifoqi qarorlari va qonunlarini Britaniya uchun majburiy boʻlmasligini istadi. Britaniya xohlagan qarorga qarshi chiqib, xohlaganini qabul qilish huquqiga ega boʻlmoqchi boʻldi. Bunda Yevropa Ittifoqi uchun Britaniya ustidan hech qanday hukmronlik qolmas edi. Inglizlar istayotgan narsa mana shu. Ular ittifoqni oʻz aʼzolari ustidan hech qanday hukmronlikka ega boʻlmagan juda zaif tashkilotga aylantirishmoqchi. Britaniya doimgi odatidek ittifoqdan uning qonunlariga amal qilmasdan foydalanmoqchi boʻlgan edi. Britaniya qator imtiyozlarga ega boʻlish uchun referendum va ittifoqdan chiqish mavzusidan bir bosim oʻtkazish va gʻalamislik vositasi sifatida foydalanib keldi… Maʼlumki Kemeron oʻzining 2015 yilgi saylov kampaniyasida agar bu saylovlarda gʻolib chiqsa mana shu referendumni oʻtkazishni vaʼda bergan edi. Bu Britaniyaning alohida imtiyozlarni qoʻlga kiritish uchun referendum haqida imo-ishora qilishdagi doimiy odatidir. Bunda Britaniya Yevropa Ittifoqini va boshqa aʼzo davlatlarni oʻzining Yevropa Ittifoqidan chiqishi haqida referendum oʻtkazish qarori paydo qiladigan siyosiy va iqtisodiy sarosimadan qoʻrqitib kelayotgan edi!

Britaniyaning ittifoqdan ochkolarni qoʻlga kiritish uchun referendum bilan tahdid qilish siyosati bir yangilik emas. Aksincha u Britaniya ittifoq tarkibiga kirgan ilk yillardan boshlab yurgizib kelinayotgan siyosatdir. Chunki Britaniya 1973 yil yanvarda Yevropa iqtisodiy guruhiga aʼzo boʻlganidan boshlab oʻzining valyutasi “funt sterling”ni saqlab qolishi va “shengen” zonasidan tashqarida qolishi Britaniya Yevropa Ittifoqiga aʼzo ekanligiga qaramay doimo foydalanib kelgan alohida statusga ega boʻlish shiorlari boʻlib keldi. Britaniya oʻzining ittifoqda qolishi toʻgʻrisida “referendum” oʻtkazish gʻoyasidan Yevropa davlatlariga gʻalamislik qilish vositasi sifatida foydalanib keldi. Britaniya shu orqali ittifoq ichkarisida qoʻshimcha alohida imtiyozlarga erishmoqchi boʻldi. Masalan Britaniya 1973 yilda oʻzining ittifoqda qolishi shartlarini yaxshilash boʻyicha referendum oʻtkazdi va unda britaniyaliklar Yevropa iqtisodiy guruhida qolishni yoqlab ovoz berishdi…

Shuning uchun hozirgi referendum bir yangilik emas. Britaniya u orqali oʻzining gʻaraz-maqsadlariga – hatto ular iflos gʻaraz-maqsadlar boʻlsa ham – erishmoqchi boʻldi! Bu referendumda konservatorlar partiyasi ayyorlik bilan harakat qildi. Chunki bu partiyaning odamlari bir vaqtning oʻzida ikki kampaniyani: ittifoqda qolish va undan chiqish kampaniyasini boshqarishdi!! Ittifoqda qolish kampaniyasiga bosh vazirning oʻzi boshchilik qilgan boʻlsa, chiqish kampaniyasiga uning oʻrinbosari Boris Jonson boshchilik qildi. Jonson ilgari London meri boʻlgan. U London provintsiyasidagi parlamentda konservatorlar uchun taʼminlangan oʻrinni egallash uchun mansabidan isteʼfoga chiqqan. Bunga sabab uning kelgusida bosh vazir boʻlishi ehtimoli borligidir. Hozirgi adliya vaziri Maykl Gouv ham chiqish kampaniyasiga yetakchilik qildi… Kemeron “Britaniyaning Yevropa Ittifoqida qolishi xususida oʻtkaziladigan referendum vaqti 2016 yil 23 iyunga belgilanganini eʼlon qildi. U buni hukumat yigʻinidan keyin eʼlon qildi. Kameron hukumat qarorgohi oldida qisqacha intervьyu berib “Britaniya isloh qilingan Yevropa Ittifoqi tarkibida yanada kuchli, yanada xavfsiz va yanada gullab-yashnagan boʻladi” deb yana taʼkidladi”. (Monte Karlo 2016 yil 20 aprel). Kameron ittifoqni qoʻllab-quvvatlasa-da lekin u oʻz partiyasining uni qoʻllab-quvvatlashga majbur emasligini saqlab qoldi. Chunki Kemeron “payshanba kuni oʻtkaziladigan referendumda ittifoqni tark etishni tanlash “katta xato” boʻladi, bu xato oʻnlab yilllargacha choʻziladigan ishonchsizlik holatiga olib kelishi mumkin” deb turgan bir vaqtda uning hukumatidagi adliya vaziri Gouv “Sendi telegraf” gazetasiga bergan intervьyusida “Britaniya agar ittifoqdan chiqadigan boʻlsa “olgʻa boshlovchi mashʼal” boʻladi” dedi. Gouv quyidagilarni ham aytdi: “Fuqarolar demokratiya uchun ovoz berishlari kerak, Britaniya orzu-umid uchun ovoz berishi kerak”. (Bi-Bi-Si 2016 yil 19 iyun). Shunday qilib Britaniya bosh vaziri Kemeron va uning partiyasidagi bir toʻp yetakchilar Britaniyaning ittifoqda qolishini qoʻllab-quvvatlovchi lagerni tashkil qilishgan boʻlsa, uning konservator adliya vaziri Gouv va bir toʻp boshqa vazirlar “Britaniyaning ittifoqdan chiqishi” kampaniyasini konservatorlar partiyasidagi taniqli yetakchi, Londonning sobiq meri Boris Jonson bilan muvofiqlashtiradigan boʻlishdi.

Kemeron boshchilik qilayotgan hokim konservatorlar partiyasining mazkur referendum mavzusidagi siyosatiga chuqurroq nazar tashlash Kemeronning natijalar uzil-kesil boʻlmasligini, masalan teng boʻlishini kutganligini koʻrsatib turibdi. Chunki shunda natijalar qabul qilish va rad qilish oʻrtasida boʻlib qolardi-da natijada ittifoqqa qaytish uchun yoʻl ochiq boʻlib qolardi yoki bu uzil-kesil boʻlmagan natijalar ittifoq bilan yangi muzokara olib borishga yoʻl ochish uchun bir bahona qilib olinardi. Ittifoqda qolish kampaniyasini ham va undan chiqish kampaniyasini ham konservatorlar partiyasining oʻzi shu maqsadda boshqargan edi… Shuning uchun ham aslida bu ikki kampaniyadan hech qaysinisi qolish yoki chiqish toʻgʻrisida – bu referendum ittifoq tomonidan qoʻshimcha yon berishlarga erishishga bir yoʻl boʻlishiga jiddiy uringanchalik – jiddiy boʻlmadi. Buni Kemeronning – garchi u ittifoqda qolish tarafdori boʻlgan boʻlsa-da – oʻz partiyasining oʻzini qoʻllab-quvvatlashga majbur emasligini saqlab qolishi ham quvvatlab turibdi. Chunki Kemeron ittifoqda qolish toʻgʻrisida jiddiy boʻlganida edi oʻz partiyasidan oʻzini qoʻllab-quvvatlashni albatta talab qilgan boʻlar, natijada bu partiya qolishni yoqlab ovoz bergan boʻlardi va natija albatta qolish foydasiga kuchli boʻlardi. Lekin Kemeron partiyaning ovoz berishda oʻziga qarshi boʻlinishiga yoʻl qoʻyib berdi. Chunki maqsad – hozirgina aytib oʻtganimizdek – chiqish yoki qolish uchun u qadar koʻp ovoz olish emas edi… Buni chiqish kampaniyasiga boshchilik qilgan Jonsonda koʻzga tashlangan narsa ham quvvatlab turibdi. Chunki Jonson oʻzining kampaniyasida haqiqatdan ham jiddiy boʻlganida edi – holbuki referendumda chiqishni yoqlab ovoz berildi – bu jiddiylik uning bayonotlarida albatta koʻringan boʻlardi. Uning bayonotlari referendumdan oldin ittifoqqa qarshi kampaniyasi chogʻida boʻlganidek qattiq ohangda davom etavergan boʻlardi. Lekin uning bayonotlarining ohangi oʻzgarib qoldi va qolish siyosatiga yaqinroq boʻlib qoldi! Chunki Jonson referendum natijasidan keyin dushanba kuni qilgan murojaatida “Birlashgan Qirollik Yevropaning bir ajralmas qismidir, qoʻshni davlatlar bilan hamkorlik kuchayaveradi” dedi. U Britaniyaning ittifoqdan chiqishi “shoshma-shosharlik bilan boʻlmasligiga” eʼtiborni qaratdi. (http://www.almodon.com/arabworld/2016/6/28). Uning chiqish kampaniyasidagi sherigi Nayjel Faraj ham – u konservatorlar partiyasidan ajralib chiqqan Britaniya Mustaqilligi partiyasi yetakchisi boʻlib, u ham Britaniyaning Yevropa Ittifoqini tark etishini eng yirik qoʻllab-quvvatlovchisi boʻlgan edi – referendumdan keyin yevroparlamentda soʻzlagan birinchi nutqida quyidagilarni aytdi: “Nega endi buyuk boʻlmasligimiz kerak, nega endi amaliyotchi, realist, ratsional fikr yurituvchi boʻlmasligimiz kerak, kelinglar boj soligʻidan ozod qilishdan iborat bir maʼqul bitimga erishaylik, ana shundan keyin Birlashgan Qirollik sizning doʻstingiz ekanini bilib olasizlar, biz sizlar bilan savdo-sotiq qilamiz, sizlar bilan hamkorlik qilamiz va olamdagi eng yaxshi doʻstlaringiz boʻlamiz. Kelinglar shuni aql bilan qilaylik, olam boʻylab va kelajak sari intilishlarimizni davom ettirish uchun yoʻlga chiqishimizga ruxsat bergaysiz”. (Telegraf, 2016 yil, 28 iyun). Bu esa konservatorlar partiyasi oʻzining ikki boʻlagi: chiqishni yoqlovchi boʻlagi va qolishni yoqlovchi boʻlagi bilan rejalashtirgan narsa chiqish yoki qolish boʻlmaganini, balki maqsad Yevropa Ittifoqining yanada koʻproq yon berishiga erishish maqsadida muzokaraga kirishish uchun ittifoqqa bosim oʻtkazish holatini vujudga keltirish boʻlganini koʻrsatib turibdi. Bunga referendum natijasi uzil-kesil boʻlmay qolishi, masalan teng boʻlib qolishi bilan erishmoqchi boʻlishgan. Chunki shunda bu natija qabul qilish va rad qilish oʻrtasida boʻlib qolardida, oqibatda qaytishga yoʻl ochiq boʻlib qolardi yoki bu natijalar ittifoq bilan yangi muzokaralar olib borish uchun dastak qilib olingan boʻlardi.

Lekin ularning hisob-kitoblari toʻgʻri chiqmay qoldi. Chunki referendum natijasi chiqishni yoqlab 52 % koʻpchilik ovoz berilishi boʻldi. Bu chaqmoq urgandek bir zarba boʻldi! Chunki Britaniya ittifoq tarkibida qolib, undagi imtiyozlardan, ayniqsa iqtisodiy imtiyozlardan foydalanmoqchi boʻlgan edi va ayni vaqtda ittifoq qonunlariga amal qilmoqchi emas edi! Shu maqsadda Britaniya oʻzining ittifoq tarkibida harakat qilishi davomida bu ittifoqqa qarshi “isyon koʻtarib kelayotgan”, referendum, ortga choʻzish, qarshi chiqish va muammolar tugʻdirish bilan tahdid qilib kelayotgan edi. Britaniyaning bu manyovrlaridan koʻpi muvaffaqiyat bilan yakunlangan ham edi… Lekin Britaniya bu safar “koʻza”ni salomat joyiga yetkaza olmadi! Chunki Britaniya ittifoq bilan aloqani uzib undan haqiqatdan ham chiqib ketolmaydi. Chunki bunda u oʻlim yoqasiga kelib qoladi… Ayni vaqtda Britaniya koʻpchilik rayʼini hurmat qilish haqida xirgoyi qilib keladi. Referendumga koʻra esa koʻpchilik chiqishni talab qilmoqda… Shuning uchun Britaniya qiyin ahvolga tushib qoldi, u oʻzining yovuz ishlari tuzogʻiga tushdi!

Bu chaqmoqdek zarba Britaniya va Yevropanigina qamrab olmay, balki ikkovidan nariga ham oʻtib ketdi. Bunga 2016 yil 23 iyun payshanba kuni oʻtkazilgan britan referendumi “Brexit” natijasi sabab boʻldi. Holbuki oldinroq oʻtkazilgan fikr soʻrovlari Britaniyadagi saylovchilarning Yevropa Ittifoqi tarkibida qolish tarafdori ekanini koʻrsatgan edi. Bu referendum natijasining kuchli taʼsiri Britaniyadan Yevropa Ittifoqining oʻziga va boshqasiga ham oʻtib ketgan boʻlsa-da, lekin eng katta taʼsir Britaniyada iqtisodiy va siyosiy jihatdan boʻldi:

Iqtisodiy taʼsir haqida aytadigan boʻlsak, Britaniya va uning iqtisodiga boʻlgan ishonchga putur yetdi. Bu referendum natijasi eʼlon qilinganidan bir necha daqiqa keyinoq yuz berdi. Chunki funt sterling qiymati dollar oldida 10 %, yevro oldida esa 7 % tushib ketdi. Yevropa va osiyo moliyaviy bozorlarida silkinishlar yuz berdi. Reyter 2016 yil 28 iyunda bunday deb yozdi: “Bu referendum natijasi olamdagi aktsiyalar qiymatidan uch trillion dollarning yoʻq boʻlib ketishiga olib keldi. Pul aylanishlarida – hatto siyosatlarni ishlab chiquvchilar oʻz iqtisodlarini himoya qilish haqida vaʼda berishayotgan boʻlsa ham – hamon qalqishlar sezilib turibdi”. Natijada Britaniya ingliz markaziy banki prezidentiga vaziyatni tinchlantirish uchun quyidagilarni ayttirishga majbur boʻldi: “250 milliard funt sterling qiymatida yetarli pul mablagʻlari bor, bank hech ikkilanmay eng soʻnggi favqulodda choralarni koʻradi” (Bi-Bi-Si 2016 yil 24 iyun). Xalqaro kredit reytingi agentliklari “Standard end Purs”, “Mudis” va “Fitch” Britaniyaning kredit reytingini pasaytirib, bir necha byulletenlarni nashr qildi. Ularda quyidagilar kelgan: “Britaniyaning kredit darajasi eng yaxshi “AAA”dan “AA” darajasiga pastladi, yaʼni ikki darajaga pastladi”… Bu Britaniya uchun birinchi marta yuz beryapti. Ana shu agentliklar “Referendum natijasida yuzaga keladigan ishonchsizlik qisqa muddat ichida katta sekinlashishga olib kelishi mumkin… siyosiy muhit uning rivojini oldindan aytishga imkon bermaydi, shuning uchun barqarorlik, faollik va imkoniyat jihatidan eng kamrogʻi Shotlandiya mustaqilligi toʻgʻrisida referendum oʻtkazish boʻladi”, deya bildirdi. (AFP 2016 yil 27 iyun). Xalqaro Valyuta Fondi koʻchmas mulklar narxlarida keskin pasayish yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi. Britaniya moliya vazirligi esa “koʻchmas mulklar narxlari oldingi narxlarga solishtirganda 10 %dan 18 %gacha paysayishi mumkin, bu darajaga keyingi ikki yil oraligʻida yetish mumkin” deb bildirdi. (Bi-Bi-Si 2016 yil 24 iyun). Bozorlarni tinchlantirish uchun qilayotgan urinishlari “kar quloqlar” bilan qabul qilingan Britaniya moliya vaziri Jorj Osborn esa “moliyaviy barqarorlikka erishish uchun sarf-xarajatlarni kamaytirib, soliqlarni oshirishga majbur boʻlishini” bildirdi. “Shirkatlar ham yangi tayinlashlarni muzlatib turishni va bir qancha xizmatchi xodimlarning ishsiz qolishi ehtimoli borligini eʼlon qildi. Bu esa saylovchilarning Britaniya iqtisodining Yevropa Ittifoqi tashqarisida gullab-yashnashi haqidagi orzu-umidlarini chil-parchin qildi”. (Reyter 2016 yil 28 iyun). Baʼzi shirkatlar oʻz boʻlimlarini Londondan Yevropa Ittifoqidagi boshqa shaharlarga koʻchirish toʻgʻrisidagi shoshilinch rejalarni darhol eʼlon qildi. Faynenshl tayms koʻrsatkichi ochilishdan keyinoq 8 %dan ham pastroqqa tushib ketdi, “bu esa 2008 yildan beri uning bir kunda koʻrayotgan eng katta zararidir”. (Al-Jazira net 2016 yil 24 iyun).

Bularning barchasi Britaniya bu referendum natijasida zarar koʻrganini anglatadi. Bu esa Britaniya uchun – agar u ittifoqdan butunlay chiqib ketadigan boʻlsa – yomon koʻrsatkichdir. Holbuki Britaniya aslida shusiz ham 2008 yilda portlagan moliyaviy krizis oqibatlaridan qiynalib kelayotgan edi. Britaniya Yevropa Ittifoqidan katta foydalanib keladi. Biz buni 2016 yil 2 maydagi savol-javobda aytgan edik: “Britaniya iqtisodiy jihatdan ham Yevropa Ittifoqidan foydalanib keladi. Bu esa uning shirkatlari va boy elitasiga foyda keltiradi. Masalan Britaniya iqtisodida xizmat koʻrsatishlar hukmrondir. Britaniyadagi asosiy xizmat esa moliyaviy xizmatlardir. Britaniya tovarlarni kam eksport qiladi, lekin u daromad manbai sifatida asosan moliyaviy xizmatlarga, sarmoya va chet el valyutalariga tayanadi. Birlashgan Yevropa Ittifoqi bozori ham Britaniya uchun Yevropaning barcha tarafiga hech bir tijoriy cheklovlarsiz eksport qilishi mumkinligini anglatadi. Bundan esa yirik shirkatlar va boy elita foyda koʻradi. Shuning uchun Britaniyaning Yevropa Ittifoqini tark etishi uni shu mavqedan mahrum qiladi va mamlakatda siyosiy muammolar paydo boʻlishiga olib keladi. Chunki Yevropa Ittifoqi Britaniyaning asosiy savdo sherigidir. Demak Britaniyaning – u bir Yevropa davlati boʻla turib – ittifoqni tark etishi uning Yevropadagi mavqeini zaiflashtiradi… Bundan tashqari Britaniya bu holatda Yevropa Ittifoqi bilan uning tashqarisidan turib raqobatlashishga majbur boʻlib qoladi, bu esa uning ittifoqdagi taʼsirini zaiflashtiradi. Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibida turgan holatdagi taʼsiri esa kuchliroq va ancha faolroqdir….”. Biz ana shu savol-javobning oʻzida quyidagilarni ham aytgan edik: “2015 yil mart oyida Birlashgan Qirollik Yevropa adliya sudida Yevropa markaziy bankiga qarshi sud daʼvosida yutib chiqdi. Yevropa markaziy banki yevrozonadagi muomalalarning kliring (valyutasiz toʻlov hisob-kitoblari) vazifasini ittifoq ichkarisiga koʻchirishga uringan edi. Bunday qadam Londonni yiroqlatishi mumkin edi, Parij va Frankfurt esa yanada jozibaliroq moliyaviy markaz boʻlib qolardi. Bu esa Britaniyadagi iqtisodiy ahvolni zaiflashtirar edi…”. Bunga Panama hujjatlaridagi maxfiy maʼlumotlarning tashqariga chiqib ketib qolganligi natijasida Britaniya ofshor zonalari kamayganligini qoʻshiladigan boʻlsa – biz buni 2016 yil 5 maydagi Panama hujjatlari haqidagi savol-javobda yoritib bergan edik – bularning barchasi Britaniyani ittifoqdan chiqish haqidagi referendum sababli xuddi oʻz oyogʻi ostidan olov yoqib yuborgan kimsaning ahvoliga solib qoʻyadi! Agar ittifoq tarkibidan chiqish haqiqatdan ham amalga oshadigan boʻlsa Britaniya Londonning moliyaviy markaz ekanligi xususiyatidan mahrum boʻladi va Yevropa Ittifoqining moliyaviy markazi Frankfurt moliyaviy markaz sifatida Londondan koʻra jozibaliroq boʻlib qoladi. Shunday qilib demak Britaniyaning koʻrgan zararlari oʻta ogʻir, falokatli boʻladi.

Siyosiy jihatdan esa Britaniyadagi referendum Britaniyaning oʻzidagi xalqlar jipsligiga oʻta taʼsir qildi. Chunki Shotlandiya xalqi hamda Shimoliy Irlandiya xalqi Yevropa Ittifoqida qolishni yoqlab uzil-kesil ovoz berdi. Hozir bu xalqlar oʻzlarining Britaniya tarkibida qolishi yoki qolmasligi toʻgʻrisida referendum oʻtkazilishini talab qilmoqda. Yaʼni Britaniya yaxlitligining oʻzi ham savol ostida qoldi. Bu esa Britaniya uchun kutilmagan holdir. Chunki Kemeronning eng koʻzga koʻringan ichki yutuqlaridan biri 2014 yildagi referendumda Shotlandiyaning Britaniya tarkibidan chiqishiga yoʻl qoʻymaslikka erishganligi boʻlgan edi. Shuning uchun Britaniya Shotlandiya mavzusi uzoq vaqtgacha yopildi, deb oʻylagan edi. Lekin bu mavzu 2016 yil 23 iyundagi referendumdan keyin yana “vitrina”ga kuchliroq tarzda qaytdi. Chunki Shotlandiya bosh vazirasi Starjen referendum natijasi maʼlum boʻlishi bilanoq “shart-sharoitlar shotlandiyaliklar Britaniya tarkibida qolishni yoqlab ovoz bergan 2014 yildagi referendumdan keyin oʻzgarib ketganini, shuning uchun Shotlandiya ittifoq tarkibida qolish toʻgʻrisida Yevropa Ittifoqi bilan shoshilinch muzokaraga kirishishini” aytdi. Bunga esa Britaniyadan mustaqil boʻlmay turib erishish qiyin. “Shotlandiya bosh vazirasi Nikola Starjen yakshanba kuni quyidagilarni bildirdi: 2014 yilda tarkibida qolishni yoqlab Shotlandiya ovoz bergan Birlashgan Qirollik endilikda mavjud boʻlmay qoldi”. Starjen “Britaniyaliklar Yevropa Ittifoqidan chiqishni yoqlab ovoz berishganidan keyin bir yangi referendum oʻtkazish “ehtimoli juda kuchli” boʻlib qolganini” koʻrsatib oʻtdi. (Midl Ist Onlayn 2016 yil 26 iyun). Britaniyaning yanada zaif “biqini” Shimoliy Irlandiya haqida aytadigan boʻlsak, “Irland respublikasi armiyasining siyosiy yuzi hisoblanadigan Shinn Feyn partiyasi juma kuni ertalab Birlashgan Irlandiya toʻgʻrisida referendum oʻtkazishga chaqirdi. Bu chaqiriq britaniyaliklar – oxirgi natijalarga koʻra – Yevropa Ittifoqidan chiqishni yoqlab ovoz berganidan keyin paydo boʻldi. Respublika partiyasi Yevropa Ittifoqi xususida oʻtkazilgan referendumning “Britaniya davlati tabiatiga qoʻrqinchli oqibatlari borligini” taʼkidladi”. (Frans 24, 2016 yil 25 iyun)… Shunday qilib demak Yevropa Ittifoqidan chiqish toʻgʻrisida Britaniyada oʻtkazilgan referendum Shimoliy Irlandiyadagi hamda Shotlandiyadagi siyosatchilarning Britaniyaning parchalanib ketishi haqida yana soʻz yuritishlariga olib keldi.

Shunga koʻra demak bu referendum natijalari Britaniyaning parchalanib ketishi bilan tahdid soladigan bosimlarni paydo qildi. Bundan tashqari ogʻir iqtisodiy zararlar ham bor. Bularning barchasi referendum “shamoli” Britaniya istagiga zid ravishda “esgani”ni va Britaniyaning oʻz makru hiylalari tuzogʻiga oʻzini oʻzi tushirganini, oʻzining tulkiligiga ishonganligi qurboni boʻlganini taʼkidlab turibdi. Ovoz berilganidan buyongi kunlar Britaniyaning yangi siyosiy tarixida misli koʻrilmagan siyosiy sarosima yuzaga kelganini koʻrsatib turibdi. Unga qoʻshimcha hukumat va oppozitsiyani qamrab olgan qattiq tashvish holati ham bor. Shu darajadaki hatto “Nьyu-York Tayms” gazetasida 2016 yil 27 iyunda “oʻzining siyosiy va qonuniy mustaqilligi bilan mashhur bir mamlakat xaos (tartibsizlik) sari shoʻngʻimoqda” nomli maqolani chop qilib, Britaniyaning referendumdan keyin boshdan kechirayotgan qiyinchiliklarini sharhladi!

Shuning uchun demak Britaniyaning chiqishni amalga oshirishni zoʻr berib ortga choʻzishi kutiladi. Uni amalga oshirish yillarga choʻzilishi ham mumkin. Bu agar Britaniya rostdan ham chiqadigan boʻlsa shunday boʻladi. Zero Britaniya ifloslik va aldovda mohir boʻlib ketgan. Bu bayonotlardan va axborot vositalari tarqatayotgan sharhlardan shundoq koʻrinib turibdi… Bularning barchasi referendum natijasini amalga oshirishdagi bu ortga choʻzishning ehtimoli kuchli ekanligini koʻrsatib turibdi. Balki referendumning oʻzi toʻgʻrisida ham makru hiylalar qilinishi mumkin. Bu ortga choʻzish va makru hiyla ishlatish ehtimoli kuchliligini quyidagi ishlar koʻrsatib turibdi:

  1. a) 2007 yilda imzolangan Lissabon shartnomasidagi 50 modda matnlari. Bu modda tulkilik qilish va ortga choʻzishga yoʻl ochib beradi. Britaniya esa oʻzining siyosiy iflosligi va ayyorligi orqali bunday makrlarga ustasi farang boʻlib ketgan. Ana shu moddada koʻrsatilishicha, chiqish tadbirlarini boshlash uchun Britaniya oʻzining ittifoq tarkibidan chiqish niyatini aʼzo davlatlar boshliqlari va aʼzo mamlakatlar hukumatlari boshliqlaridan tuzilgan Yevropa kengashiga maʼlum qilib qoʻyishi kerak va ana shundan keyin eng uzogʻi bilan ikki yil davomida “chiqish kelishuvi” toʻgʻrisida muzokara olib borishi kerak. Shuning uchun ham Kemeron britan parlamenti oldida bunday dedi: “Hukumat ittifoqdan chiqish muzokaralarini hozirgi bosqichda boshlay olmaydi. Mamlakat avvalo Yevropa Ittifoqi bilan biz istayotgan aloqa turini belgilab olishi zarur. Buni Lissabon shartnomasidagi elliginchi moddani tatbiq etishdan oldin belgilab olishi zarur”. (Bina (Biz bilan) 2016 yil 27 iyun). Kemeron umum palatada soʻzlagan nutqida ittifoqdan chiqish tadbirlarini qachon boshlashni Britaniyaning bir oʻzigina hal qilishini taʼkidlab quyidagilarni aytdi: “Britan hukumati hozir davlatlarning ittifoqdan chiqishiga taalluqli Yevropa shartnomasining 50 moddasini kuchga kiritolmaydi”. (Al-Jazira net 2016 yil 27 iyun). Shunday qilib demak Britaniyaning chiqish haqida talabnoma topshirishi muddati to muzokaralarni boshlagunga qadar choʻzilishi mumkin! Bugina emas, balki Kemeron oʻzining isteʼfosini darhol emas, balki uch oydan keyinga belgiladi. Ana shundan keyin yangi hukumat tuziladi va bu hukumat agar xohlasa talabnomani topshiradi. Yaʼni muzokaralarni olib borish 2016 yil sentyabrda Kemeron oʻrniga keladigan yangi bosh vazirga topshiriladi. Bunda konservatorlar partiyasi partiyaning yangi liderini saylash uchun yigʻin oʻtkazadi. Kemeron bu ishni referendum natijalari eʼlon qilinganidan keyin soʻzlagan nutqida ochiq aytdi. Chunki u oʻzining oktyabrda mansabidan isteʼfoga chiqib ishni oʻzining oʻrniga keladigan bosh vazirga topshirishini va 50 moddani qachon amalga oshirish kerakligini shu yangi bosh vazir qaror qilishini aytdi (http://elaph.com/Web/News/2016/6/1096000). Britaniya moliya vaziri Jorj Osborn ham “Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi haqidagi muzokaralar yangi hukumat tuzilishidan oldin olib borilmasligini” taʼkidladi. (Al-Jazira Net 2016 yil 27 iyun). Qonunshunos sharhlovchilardan biri ham quyidagilarni aniq qilib aytdi: “Haqiqat shuki, 50 modda haqida ogohlantirish qanchalik kechiksa uni mutlaqo kuchga kiritmaslik imkoniyati shunchalik oshadi. Chunki kechiktirish qanchalik choʻzilsa qandaydir hodisalarning aralashib qolishi yoki qandaydir uzr-bahonalarni toʻqib chiqarish ehtimoli shunchalik kuchayadi”. (Nega 50 modda haqida ogohlantirish muhimdir, Devid Allen Grin, 2016 yil 25 iyun). Shunga asoslanib ikki yevropalik diplomat Britaniya oʻzining Yevropa Ittifoqidan chiqishi mexanizmini – britaniyaliklar payshanba kuni oʻtkazilgan referendumda bu chiqishni yoqlab ovoz berishganiga qaramay – umuman amalga oshirmasligi mumkin, degan fikrni bildirishdi. Ismini aytmaslikni talab qilgan diplomat quyidagilarni aytdi: “Mening shaxsiy fikrimga koʻra ular Yevropa Ittifoqiga oʻzlarining undan chiqish niyatida ekanliklarini hech qachon yetkazishmaydi”. Diplomat quyidagilarni qoʻshimcha qildi: “Biz Londondan 50 moddani hozir amalga oshirishini istaymiz, chunki ana shunda ishlar oydinlashadi. Biz ularni bunga majbur qilolmaganimiz sababli demak men ularning oʻz vaqtlarini oʻzlari olishini taxmin qilaman”. Diplomat yana bunday dedi: “Ular buni hech qachon qilmasliklarini ehtimoldan uzoq sanamayman, bu mening shaxsiy fikrim”. (Arabi 21, 2016 yil 27 iyun).
  2. b) Hatto referendum mavzusining oʻzi xususida ham boshni aylantirib makru hiylalar qilishlari mumkin. Masalan referendumni qayta oʻtkazish uchun yoki uning shartlari xususida muzokara yuritish uchun qandaydir qonuniy tuynuklarni qidirib topishlari mumkin. Garchi referendumni qayta oʻtkazishga harakat qilish oʻzini koʻhna demokratiya deb va xalq fikriga qarshi chiqmaydigan davlat deb hisoblab keladigan bir davlat uchun bir noqulay holga solib qoʻyadigan ish boʻlsa-da, lekin Britaniyaning siyosiy tulkiligi va iflosligi biron tuynuk topishdan ojizlik qilmaydi. Buni quyidagilar aytib turibdi:
  3. a) Bu yerda referendumni qayta oʻtkazishni istayotganlarning imzolarini toʻplash haqida topshirilgan elektron ariza bor “Britan parlamenti saytida bir ariza bor, unda Birlashgan Qirollikning Yevropa Ittifoqidan chiqishi toʻgʻrisida referendumni qayta oʻtkazishni talab qilinadi. Bu ariza 2016 yil 28 iyungacha 3,8 million imzoni toʻpladi, imzo chekkanlar referendumni qayta oʻtkazishni talab qilishmoqda. Uilьyam Oliver Xeyli boshlagan arizada “Quyida imzo chekuvchilar qirolicha zoti oliyalari hukumatidan agar saylovchilarning 75 %dan ozrogʻi qatnashganligi sababli chiqish yoki qolish toʻgʻrisida ovoz berish 60 %dan ozroq boʻladigan boʻlsa, boshqa bir referendum oʻtkazilishi kerak, degan qoidani amalga oshirishni talab qiladilar” deb yozilgan”. (Britaniyaning “telegraf” gazetasidan olindi 2016 yil 27 iyun).
  4. b) Referendum qayta oʻtkaziladigan boʻlsa bu narsa Britaniya xirgoyi qilib keladigan demokratiyaga putur yetkazishini hisobga olib baʼzi ingliz qonunshunos ekspertlari boshqa chiqish yoʻllarini eslata boshlashdi. Ular parlament (umum palata va lordlar palatasi) bosh vazirni Yevropa Ittifoqiga ogohlantirish berishdan man qilishi mumkinligini aytishmoqda. Masalan lord umumiy qonunchilik boʻyicha mashhur mutaxassis Devid Pannik bunday dedi: “Parlament tomonidan bir qonun chiqarilmay turib bosh vazir Yevropa Ittifoqiga qonuniy shaklda ogohlantirish berolmaydi”. (http://www.bbc.com/news/uk-politics-uk-leaves-the-eu-36671629).
  5. v) Bu yerda Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibida qolishidan manfaatdor boʻlgan bir tashqi omil ham bor. Bu omil ittifoqni zaiflashtirish va uning ichida bir keskinlik oʻchogʻini saqlab qolish uchun Britaniyaning uning tarkibida qolishidan manfaatdordir. Bu tashqi omil Amerikadir. “Obama aprel oyida Londonga kelib britaniyaliklarni Yevropa Ittifoqi tarkibida qolishni yoqlab ovoz berishga chaqirgan edi”. (Al-Jazira 2016 yil 24 iyun). Chunki Amerika Britaniyaning ittifoq tarkibida qolishini istaydi. Chunki shunda ittifoq moʻrt boʻlib qolaveradi. Chunki Britaniya ittifoq foydasiga ham, Yevropa birligi foydasiga ham ish qilmaydi, aksincha bunga toʻsiq qoʻyadi va koʻpgina qarorlarga qarshi tashvish tugʻdiradi. Britaniya faqat oʻz manfaatlari haqidagina oʻylaydi. Amerika buni yaxshi biladi. Demak Britaniya yemiruvchi bir “ketmon”dir. Bularning barchasi Amerika manfaati “tegirmoni”ga suv quyadi. Chunki Amerika Yevropani birlashgan, kuchli holda, oʻzi bilan xalqaro maydonda iqtisodiy yoki siyosiy jihatdan raqobatlasha oladigan holda koʻrishni istamaydi. Shuning uchun agar Britaniyaning chiqishi natijasida ittifoq parchalanib ketsa bu ham Amerika manfaatiga xizmat qiladi… Shuning uchun ham chiqish haqidagi natija maʼlum boʻlishidan keyinoq Obama oʻzining tashqi ishlar vaziri Jon Kerrini Yevropaga – Yevropa Ittifoqi bilan Britaniya oʻrtasida vositachilik qilishi uchun va Yevropaning Britaniyaga qarshi javob reaktsiyasini yumshatish uchun – yubordi. Kerri 2016 yil 27 iyunda Bryusselga kelib: “Hech kim toʻgʻri fikrlashni yoʻqotib, fikrsiz harakat qilmasligi uchun bu oʻtish bosqichiga diqqat-eʼtiborni qaratishni saqlab qolishimiz bir asosiy ishdir” dedi. Kemeron bilan Londonda uchrashganidan keyin Kerri quyidagilarni aytdi: “Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi hech qachon amalga oshmasligi ham mumkin. London bunga shoshilmayapti. Kemeron mamlakatning chiqishi toʻgʻrisida muzokara olib borolmasligini his qilyapti. Chunki u buni aslo istamaydi… Kemeron Lissabon shartnomasining 50 moddasini tatbiq etishni istamaydi. Maʼlumki bu modda ikki yil davom etadigan chiqish mexanizmini yoʻlga qoʻyadi”. Kerri “London ikki yildan keyin oʻzini – hali yangi hamkorlik kelishuvi imzolanmay turib – Yevropadan tashqarida koʻrishni istamaydi” dedi. Chiqish qaroridan “qaytish” imkoni bormi va bu qanday amalga oshadi? – degan savolga Kerri “Men bu yerda bir necha yoʻllar bor, deb bilaman” deb javob berdi. (Frans 24, 2016 yil 29 iyun).

Mana shu tashqi omil Britaniya bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasida yangidan biron aloqa oʻrnatish uchun kirish tuynugini topishda hissa qoʻshishi mumkin. Chunki bunda Amerika uchun – hozirgina aytib oʻtganimizdek – manfaat bor.

Yevropaning Britaniya oʻyinlarini tushuna boshlaganligi koʻrinib turibdi. Chunki Britaniya oʻzining manfaatlarini norveg va shved modeli asosida himoya qilish uchun bir norasmiy kelishuv tuzishni istayapti. Britaniya bunga ittifoqdan ajralib chiqish tadbirlarini boshlash uchun Lissabon shartnomasining 50 moddasi boʻyicha ish yuritishga oʻtishdan oldin erishmoqchi. Lekin Norvegiya va Shvetsiyaga teskari oʻlaroq Britaniya Yevropa bozoriga kirib borishni istayapti va britaniyalik saylovchilar oʻrtasida bir bosh masala boʻlgan shaxslarning erkin koʻchib yurishiga qarshi chiqmoqda. Merkel buni qatʼiy ravishda ehtimoldan uzoq sanadi. Qolaversa shaxslarning erkin koʻchib yurishi Yevropa Ittifoqi muqaddas sanaydigan erkinliklardan biridir. U bilan bir qatorda tovarlar, xizmatlar va sarmoya ayirboshlash erkinligi ham bor. Yevropa Ittifoqi Britaniyaning tulkiligini yaxshi tushunib turibdi. Shuning uchun ham ittifoq bu gʻoyani qatʼiyan rad etibgina qolmay, balki 27 aʼzo davlatlarning birontasi bilan Britaniya oʻrtasida har qanday yashirin soʻzlashuvlar boʻlishini ham man qildi. Masalan yevrokomissiya boshligʻi Jan-Klod Yunker: “Juda ochiq-ravshan boʻlishimga ruxsat bergaysiz, britan hukumati bilan yashirin urinishlar boʻlishi mumkin emas” dedi. U bu ishni komissiyaning barcha xodimlariga juda aniq ravshan bayon qilib bunday dedi: “Yashirin muzokaralar oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi… yashirin muzokaralar oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”. (Evening standard 2016 yil 28 iyun).

Yevropa parlamenti 2016 yil 28 iyunda yigʻin oʻtkazdi, uning majlisi ikki kun davom etdi. Parlamentning birinchi talabi Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi mexanizmini Lissabon shartnomasi boʻyicha darhol ishga tushirishini talab qilishi boʻldi. Chunki – deyildi talabda – shunda yomon boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday shak-shubhaning oldi olinadi va ittifoq birligi himoya qilinadi. Yevrokomissiya boshligʻi Jan-Klod Yunker yevroparlament oldida quyidagilarni aytdi: “Uzoq vaqt koʻz yumib qololmaymiz, men Birlashgan Qirollik oʻz pozitsiyasini ertaga emas, ertadan keyin emas, darhol aniq bayon qilishini istayman”. Jan-Klod Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi shartlari xususida qandaydir yashirin muzokaralar boʻlishini yoki Londonning oʻzi uchun bir muddat belgilashini ehtimoldan uzoq sanab bunday dedi: “Kun tartibini Yevropa Ittifoqidan chiqmoqchi boʻlganlar emas, biz belgilaymiz”. (AFP, Al-Jazira 2016 yil 28 iyun). Kemeron Yevropa Ittifoqining birinchi yigʻiniga qatnashish uchun Bryusselga keldi. Shundan keyin u Bryusselni tark qilar ekan bunday dedi: “Men haqiqatdan ham savdo sohasida va xavfsizlik ishlari boʻyicha hamkorlik qilishda eng soʻnggi darajadagi mustahkam aloqalarni oʻrnatishimizni umid qilaman, chunki bu hammamizga yaxshi boʻladigan bir ishdir”. (DPA 2016 yil 28 iyun). Yaʼni u Yevropa Ittifoqini istamaydi, balki Britaniya uchun zarur boʻlgan narsani, yaʼni iqtisodiy va xavfsizlik sohasida hamkorlik qilishni saralab tanlab olyapti. Nemis kantsleri Merkel Londonga bunday deb aniq noma yoʻlladi: “Britaniyaning chiqish haqidagi referendumdan keyin oʻz imtiyozlarini saqlab qolishni saralab olishi va ayni vaqtda oʻzining barcha vazifalaridan voz kechishi mumkin emas”. (DPA 2016 yil 28 iyun)… Yaʼni yevropaliklar oʻz ishlarini Britaniya bilan uzil-kesil hal qilib olishdi, endi ular Britaniyaning chiqib ketishi oqibatida va chiqib ketishni ortga choʻzishi oqibatida zarar koʻrmay turib Britaniyaning tezlik bilan chiqib ketishini istashyapti.

Sammit yakunida Yevrokengash raisi Donalьd Tusk bunday deb bildirdi: “Evropalik liderlar chorshanba kuni birlashgan qirollikka – u ittifoqdan chiqqanidan keyin – birlashgan mushtarak Yevropa bozoriga oʻzlariga qanday yoqsa shundek, yaʼni shaxslarning erkin koʻchib yurishini qabul qilmasdan kirish toʻgʻrisida muzokara olib borishi mumkin emasligini aniq qilib aytishdi… bu yerda bu oʻlchovdagi birlashgan bozor boʻlishi aslo mumkin emas”. Tusk quyidagilarni qoʻshimcha qildi: Britaniyaning ittifoqni tark qilish haqidagi qaroridan keyin Bryusselda oʻtkazilgan birinchi muhokamalar natijalarga erishishga hissa qoʻshmadi. Shuning uchun biz 27 davlatning maslahat yigʻinini oʻtkazishga qaror qildik. Biz muhokamalarimizni davom ettirish uchun 16 sentbyarda Bratislavada (Slovakiya poytaxti) uchrashamiz. U quyidagilarni ham aytdi: “Ishtirokchilar mushtarak tariximizdagi bir jiddiy lahzani boshimizdan kechirayotganimizni bir ovozdan taʼkidlashdi… Bizning dialogimizdan quyidagi bitta aniq masala kelib chiqdi: liderlar birlikni saqlab qolishga bir ovozdan qatʼiy ahd qilishgan”. (AFP 2016 yil 29 iyun).

Bu degani Yevropa Ittifoqi referendum natijasida salbiy taʼsirlanmadi, degani emas. Hatto bu taʼsir Britaniyaga boʻlgan xatar darajasida boʻlmasa ham. Aksincha buning Yevropa Ittifoqiga ham taʼsiri boʻldi. Chunki bu referendum Yevropa davlatlari uchun referendumlarni talab qilish eshigini ochib berdi… Masalan koʻpgina oʻng qanot kuchlar oʻz hukumatlariga shunga oʻxshash referendum oʻtkazish talablarini topshirdi. Jumladan Yevropa Ittifoqining ilk yadrosi Frantsiyada shunday boʻldi. Ayni vaqtda yevrokomissiya bir necha Yevropa davlatlarida, jumladan Frantsiyada ham shunga oʻxshash referendumlarni oʻtkazish toʻgʻrisida baʼzi Yevropa partiyalari tomonidan topshirilgan 32 talabnomani roʻyxatga oldi. Bu esa butun Yevropa Ittifoqining saqlanib qolishiga tahdid tugʻdiradi… Shuning uchun ittifoqqa asos solgan davlatlar, ayniqsa katta taʼsirga ega ikki yirik davlat: Frantsiya va Germaniya harakatga keldi va ittifoqni saqlab qolishga qatʼiy ahd qilganini eʼlon qildi. Bu ikki davlat qatorida Italiya, Gollandiya, Belьgiya va Lyuksemburg ham asos solgan davlatlar sifatida favqulodda yigʻin oʻtkazish uchun harakatga keldi… Frantsiya prezidenti Olland yigʻindan keyin “Britaniyaning ittifoqdan chiqishi Yevropaga xavf tugʻdiradi” dedi. U “Bu alamli tanlov sababli katta afsusda” ekanini bildirib bunday dedi: “Britaniyaliklarning ittifoqdan chiqishni yoqlab ovoz berishgani Yevropani bir xatarli sinovga duchor qilib qoʻyadi. Chunki Yevropa ilgarigidek davom etolmaydi… Yevropa oʻzining birdamligini va qudratini koʻrsatishi kerak…”. (AFP 2016 yil 24 iyun)… Ikkinchi taʼsischi aʼzo Germaniya ham shunday ish tutdi. Chunki nemis kantsleri Merkel bu pozitsiyani bunday deb bildirdi: “Britaniyaning chiqishi Yevropaga va Yevropa birligi mexanizmiga yoʻllangan qaqshatqich zarbadir”. Merkel frantsuz prezidenti Ollandni, Italiya bosh vaziri Rentsi va Yevrokengash raisi Tuskni 2016 yil 27 iyunda Berlinda yigʻin oʻtkazishga chaqirib bunday dedi: “Javobgarlik bizning zimmamizga, Yevropa Ittifoqining 27 aʼzosi zimmasiga tushyapti. Biz bu referendumdan tez va oddiy xulosalar olishni istashimizni va bunga qodir ekanimizni isbotlashimiz kerak. Xulosa esa shuki bu referendum Yevropaning kattaroq shaklda boʻlinishiga olib keladi… Bugun u Yevropa uchun, Yevropa Ittifoqi uchun va Yevropada hamkorlik tashkiloti uchun bir burilish nuqtasidir. Ittifoq davlatlari bu vaziyatni – birgalikda toʻgʻri qarorlarni qabul qilishimizdan oldin – bosiqlik va hushyorlik bilan tahlil qilib unga baho berishlari lozim”. (AFP 2016 yil 24 iyun). Uning tashqi ishlar vaziri Shtaynmayyer esa referendum natijasi eʼlon qilinganidan keyin Germaniyaning ZDF kanaliga intervьyu berib: “Britan hukumati Yevropa taqdiri bilan oʻynashib zarar koʻrdi” dedi. Demak nemislar inglizlarning iflosligini va bu ifloslikning yomon natijalarini tushunadigan boʻlib qolishdi. Chunki nemis tashqi ishlar vaziri Britaniyaning haqiqiy basharasini fosh qilib, uning Yevropa Ittifoqi taqdiri bilan oʻynashganini, bu ittifoqning kuchli, salomat holda qolishini istamasligini ochiq aytdi. Chunki Shtaynmayyer Britaniyaning qanday tulkiligini koʻproq anglaydigan nemis siyosatchilaridan biridir. Shuning uchun u Britaniyaning ittifoqda qolishini istamaydi. Chunki u Britaniyaning haqiqiy basharasini, uning yemiruvchi “ketmon” ekanini yaxshi biladi.

Germaniya, Frantsiya va Italiya liderlari 2016 yil 27 iyunda Berlinda toʻplanib, oʻzlarining Yevropa Ittifoqini jips holda saqlab qolishga qatʼiy ahd qilishganini taʼkidlashdi. Ular Britaniya bilan uning Yevropa Ittifoqidan chiqib ketishi bosqichidan keyingi davr xususida – to London chiqib ketish haqida rasmiy talabnoma topshirmaguncha – har qanday muzokara olib borishga qarshi chiqishdi. Ular shu orqali Britaniyaga bosim oʻtkazishmoqchi va bu masala muallaq qolib ketmasligi uchun Britaniyani talabnomani topshirishga majbur qilishmoqchi. Chunki bu masalaning muallaq qolib ketishining ittifoqqa zararlari bor. Shuning uchun Merkel quyidagilarni aytdi: “Biz Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi xususida – to Yevropa Ittifoqidan chiqish talabnomasi Yevropa kengashi darajasida topshirilmaguncha – rasmiy yoki norasmiy muzokaralar aslo boʻlmasligi haqida bir fikrdamiz”. (DPA 2016 y7il 27 iyun).

Lekin ular shu bilan birga Britaniya oʻyinlari va manyovrlari sabab ekanligini yaxshi tushunishadi. Shuning uchun ulardagi muammo oʻz ittifoqlarini saqlab qolishga va Britaniya manyovrlarini bartaraf qilishga qodir boʻla olishlaridir. Zero Britaniya ulardan koʻra siyosiy oʻyinlarga qodirroqdir… Qanday boʻlmasin, yevropaliklar agar Britaniyadan tezroq qutulib, ittifoqni kuchaytirish uchun yangi choralarni qabul qilishga harakat qilishga muvaffaq boʻla olishsa bu ular uchun yaxshiroq boʻladi. Lekin Britaniya agar Yevropa Ittifoqi bilan biron aloqani vujudga keltira olmasa tashqaridan turib ittifoqqa putur yetkazishga harakat qilishi mumkin. Lekin Britaniya oʻzida yomon alomatlari koʻrinib qolgan qorongʻu iqtisodiy vaziyat sababli bir taqdirni hal qiluvchi ahvolga duch kela boshladi. Uning ichki vaziyatiga ham putur yeta boshladi. Chunki Shotlandiya Britan ittifoqidan chiqish uchun yangi referendum oʻtkazilishini talab qildi. Irlandiya ham Britan ittifoqidan chiqib Janubiy Irlandiyaga qoʻshilish talabi bilan chiqdi. Agar bunday talab amalga oshadigan boʻlsa Britaniya tugaydi. Chunki uning tarkibida faqat Angliya va Uelьs qoladi, xolos. Shunday qilib referendum oʻtkazish Britaniya uchun bir yutqazish boʻldi. Uning makru hiylasi uning oʻzini oʻz domiga tortib kelmoqda. Bu hozirgacha koʻrinib keldi va yuqorida kelgan maʼlumotlarga binoan kelgusida ham koʻrinadi. Shuning uchun agar Yevropa Ittifoqi Britaniya oʻyinlaridan ongli ravishda ogoh boʻlishda davom etsa Britaniya haqida “U oʻzining eski mustamlakalaridan biri Gonkong orolchasidek boʻlib qoladi, lekin Xitoyning janubiy sohilida emas, Yevropaning gʻarbiy sohilida boʻladi!” deb aytgan kishining soʻzi toʻgʻri boʻlib chiqadi.

Bir soʻz bilan aytganda Britaniya katta sarosima holatiga va oʻzi rejalashtirmagan vaziyatga tushib qoldi. Shuning uchun qaror qabul qilish unga oson emas. Chunki referendum natijasidan voz kechib ortga qaytay desa qonuniy toʻsiqlar bor va bu oʻzi xirgoyi qilib kelayotgan demokratiyani tahqirlash boʻlib qoladi. Ittifoqdan chiqish harakatini oxiriga yetkazsa oʻzining manfaatlariga zarar yetadi. Chunki Britaniyani istisno qilishlar asri allaqachon oʻtib ketgan. Shuning uchun ham yevrokomissiya boshligʻi Jan-Klod Yunker bunday dedi: “Birlashgan Yevropa bozorining bir qismi boʻlishni istaydigan kimsa bu bozorning qattiqqoʻl qoidalariga amal qilishi lozim, bundan hech kim istisno qilinmaydi”. (Bi-Bi-Si 2016 yil 29 iyun). Bularning barchasi qarshisida Britaniyaning ortga choʻzish yoʻliga oʻtishi va chiqish talabnomasini topshirishni rad etishi tabiiydir. Britaniya oʻziga kelgusi oylar oʻz manfaatlaridan imkon qadar kattarogʻini saqlab qoladigan bir vaziyatdan chiqish yoʻli bilan yordam berar degan ilinjda shunday yoʻlga oʻtishi tabiiy.

Ammo, agar Britaniya oʻzini ittifoqdan muqarrar chiqishga majbur boʻlayotganini va ittifoq bilan hech qanday siyosiy yoki iqtisodiy aloqa oʻrnata olmaganini koʻrsa va shundan keyin oʻzini iqtisodiy qisilish va siyosiy parchalanish yoʻlida koʻrsa u holda kuchliroq ehtimol shuki Britaniya Yevropa Ittifoqini parchalab tashlashga oʻzining iflos vositalari bilan harakat qiladi. U bilan anʼanaviy “doʻstlik” aloqalariga ega baʼzi Yevropa davlatlari uning tomoniga oʻtishi mumkin. Shuning uchun ham 2016 yil 28 iyunda Bryusselda yevroparlamentdagi dahanaki jang chogʻida Britaniya Mustaqilligi partiyasi lideri Nayjel Faraj “Britaniya ittifoqdan chiqayotganlarning oxirgisi boʻlmaydi” dedi. U bu bilan Britaniya chiqib ketayotgan paytda oʻziga boshqalarni ham ergashtirib ketishiga ishora qildi… Britaniya ittifoqni parchalashda Amerikadan ham yordam olishi mumkin. Chunki Britaniyaning manfaatlari bu toʻgʻrida AQSh manfaatlari bilan tamoman mos keladi.

Shunday qilib aytish mumkinki, “Brexit” referendumi Britaniya rejasiga tamoman teskari boʻlgan natijalarni olib keldi va bir qorongʻu muhitni, barcha ehtimollarga yoʻl ochilish muhitini paydo qildi. Britaniya referendum tevaragida toʻplanib, oʻz demokratiyasini yalab-yulqashi mumkin. Lekin bunda oddiy boʻlmagan ancha xatar bor. Bu xatar rivojlanib Yevropadan oldin Britaniyaning oʻzini yemiradigan “ketmon”ga aylanishi mumkin. Aziz, Hakim Alloh:

“Yomon makr-hiyla esa faqat oʻz egalarini oʻrab halok qilur”   [Fotir 43]

deb haqqi-rost aytdi.

30 ramazon 1437h

 5 iyul 2016m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.