29 iyun kungi Istambul xalqaro aeroportida sodir etilgan portlashdan kim manfaatdor?

415
0

29 iyun kungi Istambul xalqaro aeroportida sodir etilgan portlashdan kim manfaatdor?

Abu Hafiz

Turkiya siyosiy sahnida boʻlib oʻtgan voqea-hodisalarni kuzatadigan boʻlsak, 40dan ziyod begunoh insonning oʻlimiga, 240 kishining esa yarador boʻlishiga olib kelgan ushbu manfur hodisadan sal avvalroq boʻlib oʻtgan ikki asosiy ish diqqat eʼtiborimizni tortadi. Birinchisi Turkiyaning yahudiylar davlati bilan aloqalarni normallashtirishi, ikkinchisi Rossiyaning Su-24 qiruvchi uchogʻining urib tushirilishi natijasida yuzaga kelgan Turkiya-Rossiya oʻrtasidagi taranglikni yumshatish uchun Erdoganning Putin nomiga yoʻllagan murojaati.

Maʼlumki, turk prezidenti Turkiyadek islomiy yurtda oʻzining balandparvoz bayonotlari bilan shuhrat qozonib keladi. Erdogan partiyasining 2002 yilgi parlament saylovlarida gʻalaba qozonishiga birinchi navbatda bu partiyaning “islomiy toʻn” kiyib olishi sabab boʻlgan, albatta. Vaqti-vaqti bilan Erdogan tomonidan musulmonlar qalblarini qitiqlaydigan, tuygʻularini qoʻzgʻatadigan bayonotlar berib turiladi. Ayniqsa uning 2008 yili yahudiylar tomonidan Gʻazoga hujum qilinishi ortidan Isroil prezidenti Shimon Peresga aytgan gaplari xalqni toʻlqinlantirib yuborgan edi.

Erdoganning Moviy Marmara kemasiga qilingan hujumdan soʻng Isroildan oʻz elchisini chaqirib olib, bosqinchi davlatga qarshi aytgan bir-ikki ogʻiz soʻzlari ham u va uning partiyasi yurtda boʻlib oʻtgan qator saylovlarda gʻalabani qoʻlga kiritishida katta taʼsiri boʻldi. Chunki xalq musulmonlardir. Ular Islomni sevadi. Islom va musulmonlar tarafini olib aytilgan soʻzlar ularni albatta tuygʻularini qoʻzgʻaydi. Zero, xalq anchadan buyon rahbarlari tomonidan berilgan bunday keskin bayonotlarni eshitmagan edi.

Erdogan Su-24 uchogʻi urib tushirilishi ortidan ham, goʻyo musulmon turkmanlar xaloskori, ularning himoyachisi sifatida namoyon boʻldi. Rossiya bilan aloqasining buzilishi esa unchalik ziyon keltirmasligini, pomidor cheklovi bilan turk xalqining och qolmasligini bildirdi. Erdoganning Rossiyaga qarshi gapirgan gaplari, umuman olganda uning bu masaladagi pozitsiyasi xalq tomonidan juda qizgʻin qarshi olindi. Hatto oddiy xalqdagi unga muxolif qarashdagi insonlar ham buni juda yuksak baholadilar.

Demak, hech ikkilanmay ayta olamizki, Erdogan xalq oldidagi shuncha obroʻ-eʼtiborini mana shunday balandparvoz gaplari bilan qoʻlga kiritib keldi. Uning uchun eng muhimi oʻzining shuncha ter toʻkib qoʻlga kiritgan obroʻ-eʼtibori va xalq tomonidan koʻrsatilayotgan qoʻllab-quvvatlovdir. Xususan Turkiya demokratik davlat ekan, xalq tomonidan beriladigan ovoz uning uchun yuksak ahamiyat kasb etadi. Yana bir tomondan turk prezidenti mamlakatda parlament boshqaruvidan prezidentlik boshqaruviga oʻtish uchun jiddiy harakat qilib kelmoqda. U bu masalaga goʻyo hayot-mamot masalasi sifatida yopishgan. Mana shunday bir pallada uning obroʻ-eʼtibori nafaqat oʻzi uchun balki uni qoʻllab-quvvatlayotgan, yoʻnaltirib turgan hamda oʻz manfaatlari yoʻlida ishga solayotgan Amerika uchun ham juda muhimdir.

Demak, 29 iyun kuni yuz bergan Istambul hodisadan sal avvalroq boʻlib oʻtgan ikki hodisa yaʼni yahudiylar davlati bilan aloqalarni normallashtirish hamda Rossiya bilan boʻlgan munosabatni yumshatish uchun Erdoganning Putin nomiga yoʻllagan murojaati uning musulmon xalq oldidagi obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatmay qolmaydi. Xususan ikkinchi ish bunga albatta oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Chunki u uchoq urib tushirilgan paytda juda keskin soʻzlarni aytganiga, hatto Rossiyani IShIDdan neft sotib olayotganlikda ayblaganiga qaramay, shuncha berilgan bayonotlardan qaytdi, qilgan ishiga “tavba” qilib, Putindan kechirim soʻradi. Bu esa xalq oldida qoʻlga kiritgan ochkolariga putur yetishiga olib kelishi tayin. Shuning uchun Erdoganning oʻz obroʻsiga putur yetkazmay, ushbu vaziyatdan chiqib ketishi oʻylantirayotgan edi. Shunda 29 iyun hodisalari roʻy berdi. U Putin bilan muloqot olib borayotgan bir paytda, jamoatchilik eʼtibori 180 gradiusga boshqa tomonga burildi. Yaʼni xalq Erdoganning ishi haqida oʻylanib, bunga reaktsiya bildirishi kerak boʻlgan vaqtda ularning butun eʼtibori Istambul portlashlariga qaratildi. Matbuot, televideniye va radio, qoʻyingki, barcha aloqa vositalaridagi mavzu Istambul portlashlari boʻlib qoldi.

Shundan kelib chiqib ayta olamizki, 40dan ziyod begunoh insonning oʻlimiga, 240 kishining esa yarador boʻlishiga olib kelgan 29 iyun kungi Istambul aeroportida sodir etilgan portlashlar eng birinchi navbatda Erdogan manfaatiga xizmat qildi. U xalqning hech qanday reaktsiyasisiz Rossiya bilan boʻlgan aloqalarini yaxshilashga erishdi.

Kapitalistik davlatlar oʻzlarining siyosatlarini joriy qilish uchun nafaqat boshqa xalqlar, balki oʻz xalqlarini ham qurbon qilishdan tap tortmaydi. Ular uchun inson qadri, or-nomusi va jonining bir pullik ham qadri yoʻq.

Alam qiladigani shuki, islomiy yurtlarimizda musulmonlar ustidan mustamlakachiga malay boʻlgan rejimlar hukmron boʻlib olganidir. Hukmdorlarning ham mustamlakachi kofir xoʻjayinlari siyosatiga xizmat qilish va ular bilan oʻz xalqlariga qarshi til biriktirishdan boshqa tashvishi yoʻq. Bu juda ham yomon holatdir. Islomiy yurtlar holati bundan ham yomon boʻlishi mumkinmi, axir?!!

Faqat Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatigina inson joni borasida qaygʻuradi. Bu davlat nafaqat, inson jonini himoya qiladi, balki inson navini saqlab qolib, aql-idrokni, insoniy sharafni, insonning oʻzligini, xususiy mulkni, dinni, xavfsizlikni, shu jumladan davlatni muhofaza qiladi. Zero, bu davlatning asoschisi Paygʻambarimiz Muhammad  bunday deganlar:

“مَا أَطْيَبَكِ وَأَطْيَبَ رِيحَكِ مَا أَعْظَمَكِ وَأَعْظَمَ حُرْمَتَكِ وَالَّذِي نَفْسُ مُحَمَّدٍ بِيَدِهِ لَحُرْمَةُ الْمُؤْمِنِ أَعْظَمُ عِنْدَ اللهِ حُرْمَةً مِنْكِ مَالِهِ وَدَمِهِ وَأَنْ نَظُنَّ بِهِ إِلاَّ خَيْرًا”

“(Ey Kaʼba) Naqadar yaxshisan va naqadar xushboʻysan, naqadar buyuksan va sening daxlsizliging ham naqadar buyuk. Muhammadning joni qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, moʻminning, uning molining va qonining daxlsizligi Allohning nazdida sening daxlsizligingdan buyukdir. Shuningdek, moʻmin xususida faqat yaxshilikni gumon qilishimiz ham sening daxlsizligingdan buyukdir”.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.