بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم
Muborak Ramazon hayiti tabrigi
Allohga hamdu sano boʻlsin, Rosululloh ga, oilalariga, sahobalariga va ul zot bilan doʻst boʻlganlarga salotu salomlar yogʻilsin, ammo baʼd:
Biz Hizb ut-Tahrir aʼzolari butun Islom Ummatiga, xususan, mavarounnahr musulmonlariga muborak Ramazon hayiti tabrigini yoʻllayotganimizdan mamnunmiz. Karami keng, qudrati ulugʻ zot tutgan roʻzalaringizni, oʻqigan tarovihlaringizni, xatmi Qurʼon va qiyomul layllaringizni Oʻz dargohida qabul aylab, qilgan xolis duolaringizni ijobat qilsin.
Ha, biz ushbu muborak oyni kunduzi roʻzador, tunlari toat-ibodatda oʻtkazib, har yili ikki marta qadam ranjida qiluvchi hayitlarimizdan birini qarshi olayotganimizdan xursandmiz, albatta. Biroq, qalbimizning bir qismini hayit shodligi egallagan boʻlsada, qolgan qismini dard-alam tirnamoqda. Chunki yer yuzidagi barcha musulmonlar taqdirini hal qiluvchi ishga, yaʼni Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo qilish orqali islomiy hayotni qayta boshlashga hamon erisholmadik. Hanuz Allohning ahkomlari tatbiq oʻrniga qaytarilmadi. Buning oqibati oʻlaroq, butun dunyoda musulmonlar boshi azob-uqubatdan chiqmay qoldi. Hatto ularning mashaqqatlari, musibatlari kundan-kunga zoʻraygandan zoʻraymoqda. Misol uchun, muborak Falastin zaminida Aqso masjidi toʻngʻiz va maymunlardan ham battar boʻlgan yahudiylar istilosi ostida ingramoqda, Falastin ahli bosqinchilar tomonidan oʻldirilmoqda, ular har kuni turli tahqirlarga duch kelmoqdalar… Shom Suriyasi ahli qonxoʻr Asad, uning ikki homiysi AQSh va Rossiya tomonidan toʻxtovsiz qatli om qilinmoqda, qochqinlik va darbadarlik azoblaridan aziyat chekmoqda, dengiz halokati qurboniga aylanmoqda, muborak qoʻzgʻolonlari boʻgʻizlab yoʻq qilinish xavfi ostida turibdi… Yaman ahli, bir tomondan, hukumat kuchlari bilan Husiy kuchlari oʻrtasidagi fitna urushi olovida jizgʻinak boʻlayotgan boʻlsa, ikkinchi tomondan, Saudiya boshchiligidagi koalitsiya kuchlari tomonidan qirgʻin qilinmoqda… Birma, Markaziy Afrika musulmonlari ham qirgʻin va tahqirlarni boshdan kechirmoqda… Sharqiy Turkiston musulmonlari kofir Xitoy hukumatining istibdodi ostida vahshiyona qiynoqlar qurboni boʻlmoqda… Bugun yer yuzida birorta ham islomiy yurt qolmadiki, mustamlakachi davlatlarning urushiga yoki ichki fitna urushiga yoxud “terrorizmga qarshi kurash” niqobi ostidagi taʼqibu tazyiqlar, qamashlar, qiynoqlarga… yoki boshqa azob-uqubatlarga duchor boʻlmagan boʻlsa.
Bizning mavarounnahr ahli ham, Ummatning bir qismi sifatida, mazkur azob-uqubatlardan maʼlum turlarini boshdan kechirmoqdalar. Ularning yurtlari Rossiyaning tomorqasiga aylanib, Gʻarb davlatlarining ochkoʻzlik kurashlari qurboni boʻlmoqda. Oʻzlari iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy… barcha sohalarda qiyinchilikka uchramoqdalar, kundan-kunga qashshoqlashmoqdalar… Yurtimizni kapitalizm va ilmoniylik zulmatidan Islom nuriga olib chiqish uchun daʼvatni yetkazayotgan farzandlari esa, AQSh boshchiligida va “terrorizmga qarshi kurash” dastagi ostida olib borilayotgan, aslida esa Islom va musulmonlar nishonga olingan urushning nishoni boʻlmoqdalar… Ular Karimov, Rahmonov, Nazarboyev, Berdimuxammedov, Atambayevdan iborat Rossiyaga malay rahbarlarning repressiv siyosati qurboni boʻlib, baʼzilari bu yoʻlda shahid boʻlgan boʻlsa, baʼzilari shahidlikka intizordirlar. Ular islomiy hayotni qayta boshlash uchun sabot bilan faoliyat olib bormoqdalar. Ayrimlari bu yoʻlda oʻz yurtiga arang sigʻib, taʼqiblar ostida daʼvat olib borayotgan boʻlsa, boshqa birlari oʻz yurtiga ham sigʻmay qoldi…
Biz bugun muborak Hayit bayramingiz bilan qutlar ekanmiz, mazkur alamlarni ham esga oldik. Chunki Hayitimiz bor, uning shodligi toʻla emas, tatimayapti… Zero, Rosululloh bunday dedilar:
“إذَا كَانَ أُمَرَاؤُكُمْ خِيَارَكُمْ، وَأغْنِيَاؤُكُمْ سَمَحَاءَكُمْ، وَأمْرُكُمْ شُورَى بَيْنِكُمْ، فَظَهْرُ الأرْضِ خَيْرٌ لَكُمْ مِنْ بَطْنِهَا، وَإذَا كَانَ أُمَرَاؤُكُمْ شِرَارَكُمْ، وَأَغْنِيَاؤُكُمْ بُخَلاَئَكُمْ، وَأمْرُكُمْ إلَى نِسَائِكُمْ، فَبَطْنُ الأرْضِ خَيْرٌ لَكُمْ مِنْ ظَهْرِهَا”
“Agar sizlarning yaxshilaringiz amir-rahbar boʻlsa, boylaringiz qoʻli ochiq, ishlaringiz ham oʻzaro maslahat asosida boʻlsa, sizlar uchun yerni usti ostidan afzaldir. Agar yomonlaringiz amir-rahbar boʻlib, boylaringiz baxil, ishingiz (hokimiyat) ayollar rahbarligi ostida boʻlsa, siz uchun yerning ustidan osti afzaldir”. (Termiziy Abu Hurayra dan rivoyat qilgan). Yaʼni hadisda aytilgan birinchi holat shodlikdan boshi osmonga yetishni, keyingi holat esa dunyo koʻzga qorongʻu boʻlib koʻrinishini anglatadi.
Barcha dard-alamlarimizga faqat Xalifalikkina adolat va yaxshilik bilan chek qoʻyadi. Bu davlat soyasida Islom va musulmonlar aziz boʻladi, kufr va kofirlar esa xor boʻladi. Bu esa Allohga aslo qiyin emas.
Biz siz musulmonlarni yana bir bor muborak Ramazon hayiti bilan muborakbod etamiz. Alloh azza va Jalladan Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etishda bizga madadkor boʻlishini, nasrul mubin ato etishini tilab qolamiz. Toki, ushbu davlat soyasida shodligimiz mukammal boʻlsin va xursandchilikdan boshimiz osmonga yetsin.
}وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ بِنَصْرِ اللهِ يَنصُرُ مَنْ يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ{
“Oʻsha kunda moʻminlar Allohning nusrati sababli shodlanurlar. (Alloh) xohlagan kishilariga nusrat berur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir” [Rum 4-5]
Hizb ut-Tahrir Qirgʻiziston
29 ramazon 1437h
4 iyul 2016m