Erdug‘on AQShdan yana xafa bo‘ldi

508
0
Turkish President Tayyip Erdogan attends the opening session of the World Climate Change Conference 2015 (COP21) at Le Bourget, near Paris, France, November 30, 2015. REUTERS/Christian Hartmann - RTX1WHR9

Barak Obamaning prezidentlik muddati tugab borayotgan bir paytda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an AQSh va Turkiya o‘rtasidagi aloqalar haqida o‘zining munosabatini bildirdi. Obama prezidentlik qilgan 8 yil mobaynidagi Turkiya-AQSh munosabatlari haqida gapirgan Erdog‘an bu davrdan xushlanmaganligini yashirmadi.

“Janob Obama AQSh prezidentligi mansabini egallar ekan, birinchi bo‘lib safar qilgan mamlakatlar safida Turkiyaning ham borligi bizda juda katta umid uyg‘otgan edi. Nafaqat strategik hamkorlik, balki boshqalar uchun namuna bo‘ladigan hamkorlik qidamiz, deb umid qilgan edik va bu hamkorlik orqali Turkiya-AQSh munosabatlari yuksak mavqelarga ko‘tariladi, deb o‘ylagan edik. Afsuski, kutganlarimizning hech biri amalga oshmadi. Iqtisodiy sohada ilgarilash o‘rniga orqaga ketdik. Tashqi siyosatda ham kutilgan natijalar ro‘yobga chiqmadi.

Suriya va Iroq sohasida Afsuski, kuchli bir vujudni o‘rnata olmadik. Ularga “IShID terrorchi guruhiga qarshi kurashda biz ham ishtirok etamiz. Siz PYD (Suriya xalq demokratik partiyasi) va YPG (Kurd ishchilar partiyasining Suriyadagi qanoti) bilan hamkorlik qilmasangiz bo‘lgani”, desak, “ana o‘shalar IShIDga qarshi kurashyapti-da”, deyishmoqda. Aslida ular o‘zlariga berilayotgan qurol yaroq yordamining yarmini IShIDga oldirib qo‘yishyapti. Bir qarasak, AQSh askarlari YPG kiyimida ular bilan suratlarga tushishmoqda. Shuncha ogohlantirishimizga qaramay, yuqorida aytib o‘tganlarim hali ham davom etyabdi. Bu holatlar albatta bizni xafa qilmoqda”, “Sizning NATOdagi hamkoringiz bo‘lgan Turkiya ayni paytda Suriya chegarasida tahdidlarga duch kelmoqda. Agar bu tahdidni yuzaga kelishida rol o‘ynayotgan taraf sizdan quvvat olayotgan bo‘lsa, bu albatta bizni xafa qiladi-da”, dedi Turkiya prezidenti.

Bu haqida fikr bildirgan siyosatchi va ayni paytda Hizb ut-Tahrirning faol a‘zolaridan biri Muhammad Hanafiy agar Turkiya PYDdan va uning har yerda amalga oshirayotgan bomba hujumlaridan qutilishni istasa, AQShdan xafa bo‘lib o‘tirishi kerak emas, balki u bilan barcha aloqalarini uzishi lozimligini ta‘kidlaydi.

“Turkiya AQSh bilan hamkorlikni davom ettirar ekan, PYDga bog‘liq muammolardan qutila olmaydi. Shuni tushunish kerakki, bu yerda AQSh Turkiyaga “Mening manfaatlarim muhimdir. Men PYDni do‘st deb bilsam, u mening do‘stimdir. Sening men bilan strotegik hamkorliging mening manfaatlarimdan aslo ustun turmaydi. Bu yerda asosiy narsa mening manfaatimdir”, demoqda. Shuday ekan, Turkiya davlati haqiqatan bu borada AQShga qarshi bo‘lsa va haqiqatan PYDni yo‘q qilishni istasa, qilishi kerak bo‘lgan birinchi ish AQSh bilan strotegik aloqalarini uzishdir. Agar shunday qilmaydigan bo‘lsa, hozirda Turkiyaning har yerida portlayotgan bomba hujumlaridan aslo qutila olmaydi. Afsuski butun Islom olamida bo‘lgani kabi Turkiyadagi xoh harbiylar bo‘lsin, xoh siyosatchilar bo‘lsin, xoh akademiklar bo‘lsin, xoh deputatlar bo‘lsin, biz ular bilan bu haqida gaplashganimizda “bizning AQShga qarshi, Rossiyaga qarshi kuchimiz yo‘q” deb turib olishadi. Aslida bu psixologik tushunchadan boshqa narsa emas. Turkiya armiyasi, Pokiston Armiyasi, Misr armiyasini o‘z ichiga olgan Islom armiyasini qo‘ya turing, agar biz Turkiyani e‘tiborga olib aytadigan bo‘lsak, Amerikaga ham, Rossiyaga ham, Yevropaga ham qarshi turadigan kuchimiz bor. Buni bir qancha misollar bilan isbotlashim mumkin. O‘zingizga ma‘lum to‘qsoninchi yillarda chechenlar bir davlat bo‘lmasalar ham, katta kuchga ega bo‘lgan Rossiyani butun dunyoning ko‘z o‘ngida tiz cho‘ktirdi. O‘zoqqa bormaylik, hozirgi kunda Suriyaga bir nazar tashlasak, butun kufr olamining armiyasi, hatto ba‘zi Islom o‘lkalarini o‘zlariga sherik qilib, Suriyadagi bir biridan mustaqil ravishda harakat olib borayotgan Islomiy guruhlarga qarshi bor kuchi bilan kurashyapti, ammo mag‘lub eta olmayapti. Kuchli Amerika qayerda qoldi?! Agar Turkiya Injirlik havo bazasini ochib bermaganda AQSh Suriyada katta kuchga ega bo‘larmidi?! Saudiya harbiy bazalarini AQShga ochib bermasa, muxolif guruhlarni to‘plab ularni AQShning rejalariga bo‘ysindirishga harakat qilmasa, Turkiya ba‘zi guruhlarga qurol yaroqdan yordam bergan kishi bo‘lib, ularni AQShning loyihalarini bajarishga majburmalamasa, “kuchli” AQShnin ahvoli nima bo‘lardi”, deydi Muhammad Hanafiy.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.