Sergey Lavrov Islom Karimov qabulida bo‘ldi

509
0

 Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovni ShHT TIV rahbarlari kengashi yig‘ilishi yuqori darajada o‘tkazilgani munosabati bilan tabrikladi.

 O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovni Toshkentda o‘tkazilgan ShHT TIV rahbarlari kengashi yig‘ilishidan keyin uchrashuv o‘tkazishga taklif qildi.

 “Avvalo siz bilan bugunning asosiy voqeasi bo‘lgan ShHT TIV rahbarlari kengashining yig‘ilishi yakunlarini muhokama qilmoqchiman. O‘ylaymanki, ba‘zi savollar tug‘ilgan va ba‘zi masalalarda fikrlar almashishimiz kerak”,- dedi O‘zbekiston prezidenti.

 “Fursatdan foydalangan holda prezidentingiz Putinga uning Moskvadagi iliq qabuli uchun yana bir bor tashakkur yo‘llayman”,- deya qo‘shimcha qildi Islom Karimov.

 Karimovning so‘zlariga ko‘ra, “Putin bilan uchrashuv muhim masalalarni muhokama qilish imkoniyatini yaratgan holda o‘ta foydali kechgan”.

 “Rasmiy protokoldan tashqari samimiy ruhda suhbat qurganimiz ajoyib bo‘ldi. U ham o‘sha vaqtda Moskvaga endi uchib kelgandi, men ham Moskvaga borishim bilan o‘zaro uchrashuv boshladi va men uning ishchanligini yana bir bor e‘tirof etdim. U bilan o‘zaro munosabatlardagi bir qator muhim masalalarni muhokama qilganimiz uchun unga minnatdorchilik bildiraman”,- dedi Islom Karimov.

 O‘z navbatida, Rossiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekiston rahbarini ShHT TIV rahbarlari kengashining Toshkentdagi yig‘ilishi ajoyib tashkillashtirilgani bilan tabrikladi.

 “Iyun oyida O‘zbekiston poytaxtida o‘tadigan sammit tarixiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Unda Hindiston va Pokistonning ShHTdagi majburiyatlari haqidagi memorandumlar imzolanishi e‘tiborga molikdir”,- deya qayd etib o‘tdi Sergey Lavrov.

Turkiston: 

So‘ngi vaqtlarda Rossiyaning Markaziy Osiyoda aynan terrorizmga qarshi harakat va yurishlari kuchayib borayapti. Lavrovning O‘zbekistonga kelishi, avvalroq Karimovni Moskvaga tashrifi, rus deligatsiyasini Tojikistonga kelishi…..

Nega aynan terrorizmga qarshi? Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarida iqtisodiy va siyosiy muammolar to‘lib toshib borayaptiku. Bundan tashqari, G‘arb sistemasi bu davlatlarda o‘zining saqofiy ta‘sirini kuchaytirib borayapti. Bu esa, Rossiyaning bu yurtlardagi, asrlar mobaynida bosib olgan saqofiy mustamlaka ta‘sirini surib chiqarib yuboradi. Rossiya negadir, G‘arbning Markaziy Osiyodagi saqofiy, iqtisodiy va hatto siyosiy sohalarda mustamlaka qilish uslublariga qarshi biror chora tadbir ko‘rish haqida hatto fikrlamay qo‘ydi. E‘tibor bersangiz, uning matbuot mexanizmi faqat Rossiyaga qarshi borayotgan G‘arb matbuot hujumlaridan himoyalanish asosiga qurilib qoldi. Rossiya o‘zining mustamlaka mamlakatlari haqida, ularni o‘z ta‘siri ostida ushlab qolish uchun ularga biror yangi umid paydo qilishi mumkin bo‘lgan loihalar taklif eta olmaydigan holatga tushib qoldi. Shuning uchun u faqat terrorizmni vahima qilib, Tojikiston, Qirg‘iziston singari ba‘zi zaif yurtlarni harbiy tahdidlar bilan qo‘rqitib kelayapti. O‘zbekistonga esa, iqtisodiy manfaatlar taklif qilib, o‘ziga rom qilishga harakat qilayapti. Chunki Karimov O‘zbek xalqini paxta manapoliyasidan ozod qilib, meva sabzavod manapoliyasiga majburlab tiqib yubordi. Rossiya bozorlarisiz, O‘zbek mavalari harob bo‘ladi.

Terrorizm esa, Amerika o‘ylab topgan, lekin hozir Rossiya ko‘tarib olgan bir bayroqdir. Bu bayroq ostida hech qanday vahima yo‘q. Buni barcha mamlakat yetakchilari va siyosatchilari yaxshi bilishadi. Faqat shu yolg‘on chaqiruv va qalbaki bayroq ostiga kirishdan bosh tortishsa, Rossiya yoki G‘arb davlatlari o‘zlari shu bayroq nomidan qo‘poruv amaliyotlari uyushtirishadi. Mana shu vahimaning asl haqiqati. Butun dunyo mamlakatlarini faqat shu iflos kuchlar, olamiy kufr sistemasi bilan qo‘rquvda ushlab kelishadi.

AQSh yoki G‘arb olami uchun Rossiya deyarli vahima tug‘dirishi mumkin bo‘lgan jiddiy raqib bo‘lmay qoldi. Ular xuddi Afg‘oniston infrastrukturasini roslash ishlarida O‘zbekistondan foydalanishgani kabi, Markaziy Osiyo mamlakatlarida Rossiyadan foydalanishmoqchi. Chunki bu mintaqa Rossiya va Xitoy bilan aloqa qilishga majbur bo‘lgan giografik hududda joylashgan. Rossiya esa, hozirgi holatida, ushbu mamlakatlarga investitsiya olib kira olmaydi. U faqat bular uchun o‘z bozorlarini ochib bera olishi mumkin xolos. Rossiya keng bozorga aylanib borayapti. Hatto O‘zbekiston unga, o‘z tovarlarini eksport qilib olishda keng iste‘molchi sifatida qarayapti.

AQSh Rossiyadan Suriyada harbiy bosqinchi sifatida foydalanib kelayotganidek, Markaziy Osiyoda ham manfaatli sohalarda o‘ziga hamkor qilmoqchi bo‘layapti. Faqat haddidan oshib ketmasa, AQSh bularning hamkorliklariga kuchli qarshilik ko‘rsatmaydi. Bu ish xuddi, Ruslar Asadni himoya qilib berishlari bilan, Amerikaning manfaatiga itdek ish qilib berganiga o‘xshaydi. O‘shanda ham “IShID” vahimasi ko‘tarilgan edi.

Rossiya esa, jarayonlarda qandaydir o‘zini ishtirok etayotgandek ko‘rsatib turishga harakat qilayapti. Aslida uning ichki siyosati juda xavfli ahvolda qoldi. Rossiya yaqin kelajakda oyoqqa turib olishi qiyin. Putin Rossiyaning tashqi siyosatini AQShni rozi qiladigan, hech bo‘lmaganda g‘azablantirmaydigan darajada olib borishga majbur.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.