NATOning Afg‘onistondagi missiyasi uzaytiriladi

776
0

 NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning ma‘lum qilishicha, NATO tashqi ishlar vazirlari NATOning Afg‘onistondagi missiyasini 2016 yildan keyin yana uzaytirish haqida qaror qabul qildi.

 “NATO tashqi ishlar vazirlari bugun NATOning Afg‘onistondagi “Kuchli qo‘llab-quvvatlash” missiyasini 2016 yildan keyin ham davom ettirishmoqchi. Afg‘on milliy kuchlari mardlik, qat‘iylik va professionalizmni namoyish etishmoqda, biroq Afg‘oniston ko‘plab ziddiyatlarga uchrashda davom etmoqda. Shu bois missiya to‘xtatilmaydi”,- dedi Stoltenberg.

 NATO bosh kotibi alьyans mamlakatlari afg‘on armiyasini kamida 2020 yilgacha moliyalashtirmoqchi ekanligini tasdiqladi.

 NATO tashqi ishlar vazirlarining ikki kunlik yig‘ilishi doirasidagi oxirgi uchrashuv Afg‘onistondagi vaziyatga bag‘ishlandi, unda Yaponiya va Janubiy Koreya kabi hamkor mamlakatlar, shuningdek, BMT vakillari ishtirok etishdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.