Rossiyada Hizb ut-Tahrirga a‘zolikda ayblanib hibsga olingan 23 nafar musulmon siyosiy sabablar bilan hibsga olinganlar sirasiga kiradi

421
0

Rossiyada Hizb ut-Tahrirga a‘zolikda ayblanib hibsga olingan 23 nafar musulmon siyosiy sabablar bilan hibsga olinganlar sirasiga kiradi

2016 yil 26 aprel kuni “Memorial” inson huquqlari markazi tomonidan chiqarilgan bayonotda aytilishicha, Boshqirdistonda Hizb ut-Tahrirga a‘zolikda ayblanib hibsga olingan 23 nafar musulmon siyosiy sabablar bilan hibsga olinganlar sirasiga kiradi. Hibsga olingan bu yigitlar quyidagilar: Rustem Latipov, Linar Vaxitov, Radik Axmetov, Fanis Axmetshin, Rustem Gallyamov, Rishat Gataullin, Ilьgiz Gimaletdinov, Azamat Kayumov, Aleksandr Kornev, Radmir Maksutov, Rinat Mamayev, Farid Mustafayev, Xalil Mustafin, Rinat Nurligayanov, Artur Salimov, Irek Tagirov, Aramis Fazilov, Danis Fayzraxmanov, Rafael Fattaxov, Ruslan Fattaxov, Rustem Xamzin, Shamil Sharipov va Ural Yakupov.

Bu yigitlarning hammasi 2015 yil fevral oyida hibsga olingan. Hozirda ular Rossiya Federatsiyasi jinoyat kodeksining 205.5 modda (terroristik deya e‘tirof etilgan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish)da hamda 278 modda (hokimiyatni kuch bilan egallashga urinish)da ayblanmoqda. Inson huquqlari milliy markazining aytishicha, “ayblanganlarning barchasi diniy e‘tiqodlari sababli hibsga olingan” hamda aslida bu musulmonlarning xatti-harakatlarida “hech qanday jinoyat” mavjud emas. Rossiya hukumati sodir etayotgan barcha repressiyalar siyosiy sababga borib taqaladi. “Memorial” markazi bayonotida bunday deyiladi: “Biz bularning sud ishi darhol to‘xtatilishi va tezda hibsdan ozod etilishlari shart, deb bilamiz”.

Biz yana takror aytamizki Hizb ut-Tahrir siyosiy hizbdir, faoliyatimizning birdan-bir asosi Islom va uning shar‘iy manbalaridir. Shuningdek, tariqatimizda mutlaqo jangovar amaliyot yo‘qligini, balki faqatgina da‘vat qilish va siyosiy faoliyat olib borishdan iboratligini hamda Hizbning Rossiyada hokimiyatni egallash rejasi yo‘qligini ta‘kidlaymiz. Biz Rossiyada Hizb a‘zolariga qarshi qo‘yilayotgan ayblovlarning barchasini yolg‘on va ochiq tuhmat, deb hisoblaymiz.

Biz Rossiyadagi musulmonlarga nisbatan qanday ishlar sodir etilayotganini diqqat bilan kuzatib boryapmiz. Hozirda butun Rossiya bo‘yicha 100dan ziyod Hizb ut-Tahrir a‘zosi ozodlikdan mahrum etilgan. Demakki, Rossiyadagi siyosiy mahbuslarning aksarini Hizb a‘zolari tashkil etmoqda. Bundan tashqari, Hizb ut-Tahrirni terroristik tashkilot, deb hisoblayotgan hamda Hizb a‘zolarini umrbod qamoq jazosiga hukm qilayotgan yagona davlat ham Rossiyadir. Shu sababdan Rossiya Federatsiyasi jinoyat kodeksiga 205.5 moddani qo‘shimcha qilingan. Agar siz Rossiya DUMAsi tomonidan ishlab chiqilgan qonunlarni, jumladan, terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirishga oid qonunlar majmuasini va terrorizmga qarshi kurash qonunlarini diqqat bilan o‘rgansangiz, ularning barchasi Hizb ut-Tahrirga qarshi urush e‘lon qilish maqsadida ishlab chiqilganiga guvohi bo‘lasiz. Shu bilan birga, Federal xavfsizlik xizmati mas‘ullari ayollar va bolalarga qarshi urush ochib, joriy yil 24 aprelda Tataristonda pokiza opa-singillarimizni qamoqqa tashlaganini va ularning farzandlarini shafqatsizlarcha tortib olishganini qo‘shimcha qilamiz.

Shunday qilib, rus rejimi musulmonlarni repressiya qilishda qanchalik haddidan oshgani sari, uning jinoyatlari ham shunchalik fosh bo‘lmoqda. Chunki Hizb ut-Tahrir a‘zolaridan iborat musulmonlarga nisbatan qilinayotgan munosabatlardagi qonunbuzarlikni kuzatib borayotgan jurnalistlar, jamoatchilik arboblari, inson huquqlarini himoya qiluvchilar soni Rossiya va uning tashqarisida kundan-kunga ortib bormoqda. Dunyoning barcha mintaqasida son-sanoqsiz insonlar Rossiyadagi Hizb a‘zolarining o‘z dinlari yo‘lida, adolatsiz-zolim mahkamalarda naqadar sabot-matonat bilan turayotganlarini hamda kofir Kremlning islomiy siyosiy mafkurani mag‘lub qilishga ojizlik qilayotganini guvohi bo‘lmoqdalar. Alloh Taolo bunday deydi:

{إِنَّ الَّذِينَ فَتَنُوا الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ ثُمَّ لَمْ يَتُوبُوا فَلَهُمْ عَذَابُ جَهَنَّمَ وَلَهُمْ عَذَابُ الْحَرِيقِ}

“Albatta mo‘min va mo‘minalarni fitnaga solib, (bu qilmishlaridan) tavba qilmagan kimsalar uchun jahannam azobi bor va ular uchun o‘t azobi bor!”           [Buruj 10]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi

Manzil: al­Mazraa – “Kolumbia Tsentr” – Blok B – ikkinchi qavat0hizb-340x264-300x233

Bayrut-Livan

Pochta qutisi 14­5010

Telefon: 00961 1 30 75 94

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.