Arab davlatlari ligasi 22ta davlatdan tashkil topgan bo‘lishiga qaramay, Isroil qarshisida o‘zining ojizligini ko‘rsatdi. Bu liga Isroil jinoyatlarini tilga olar ekan, uni tanqid qilish bilan cheklanib, xalqaro hamjamiyatni Isroilga ko‘proq bosim o‘tkazishga chaqirdi.
Nekbe (Buyuk falokat) 68 yilligi munosabati bilan liga tarafidan chiqarilgan yozma bayonotda Isroilning Falastin aholisiga nisbatan o‘zboshimchaliklari, irqchilik va mintaqada urushni alangalatadigan harakatlari tanqid qilindi. Yahud zulmi ostidagi Falastin hududlarida insoniy jinoyatlarni sodir etayotgan Isroilga xalqaro hamjamiyat tomonidan yanada ko‘proq bosim o‘tkazilishi talab qilindi.
Arab davlatlari ligasi Isroilga qarshi samarali kurash olib bora olmasligi hamda Falastinlik musulmonlar taqdirini Isroilning qo‘liga topshirib, xalqaro kuchlardan yordam so‘rab o‘tirishi bu liganing ojizligi sifatida qabul qilinmoqda. Liga tarafidan Isroil jinoyatlari tanqid qilinayotgan bir paytda mazkur liganing asoschisi va eng muhim, e‘tiborli a‘zosi bo‘lgan Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulazizning Isroil rahbari Binyamin Netayahga saylov xarajatlari uchun 80 million dollar berganligi oshkor bo‘ldi.
Shuningdek, liga o‘zning bayonotida musulmonlarning qirg‘in qilinishiga har doim sukut saqlab kelan Birlashgan Millatlar Tashkilotiga murojaat qilib, uni ham Isroilga bosim o‘tkazishga chaqirdi.
“BMT Bosh Assambleyasida 1948 yil dekabr oyida tasdiqdan o‘tgan qochqinlar bilan bog‘liq xalqaro qarorlarning, ayniqsa 194 sonli qarorning ijrosi uchun Isroilga ko‘proq bosim o‘tkazish lozim”, deyiladi Arab davlatlari ligasi tarafidan chiqarilgan yozma bayonotda.
Falastinliklar 1948 yil 14 may kuni bosib olingan hududlarda yahud davlatining e‘lon qilinishi va Falastinliklarning majburan ko‘chirib yuborilishi sababli bu kunni Nekba (Buyuk falokat) sifatida yodga olishadi. Falastin manbalariga ko‘ra, bu kunda 750 000 kishi Falastinni tashlab ketishga majbur qilingan. Isroilliklar esa bu kunni bayram sifatida nishonlashadi.