Amerika Afg‘onistondagi mag‘lubiyatini katta yolg‘onlar ortiga yashirmoqda

487
0

Amerika Afg‘onistondagi mag‘lubiyatini katta yolg‘onlar ortiga yashirmoqda

Vashington Post gazetasining yozishicha, u 2000 sahifaga etadigan yashirin hujjatlarni qo‘lga kiritgan. Bu hujjatlar Amerika olib borgan 18 yillik Afg‘on urushi haqiqatlarini fosh qiladi. Ularning eng ahamiyatli jihati shuki, ularda Amerika prezidentlari, vazirlari, diplomatlari va generallari Afg‘onistondagi urushni yashirishgani va u erdagi mag‘lubiyatlarini g‘alaba sifatida ko‘rsatib, o‘z xalqini aldaganliklari fosh qilingan.

Bundan tashqari, ushbu hujjatlar Amerika muassasalari ichida ichki nizo borligini hamda Tolibon bilan tinchlik muzokaralarini o‘tkazish uchun Amerika qurolli kuchlariga tinimsiz bosim o‘tkazilayotgani fosh qiladi. Undan ham dahshatlisi, ushbu hisobot AQSh o‘zining siyosiy pozitsiyasida qo‘llayotgan aldov, yolg‘on va haqiqatni yashirish kabi ishlar kapitalistik mabdaning asosiy ishi ekanini ochib beradi. Amerika ushbu mabdaning etakchisi sifatida aldash, yolg‘on va haqiqatni yashirishdan iborat mana shu rolni boshqa rollardan ko‘ra afzal deb ijro qilayotgan ekan, yuqorida aytganlarimiz yanada yorqinlashadi. Bu haqida kapitalizmning etakchi donishmandlaridan biri shunday degan edi: «Bitta yolg‘onni yashirish uchun minglagan yolg‘onlar kerak bo‘ladi».

Kapitalizm nomi bilan tanilgan demokratiya siyosiy maydonni cho‘milish basseyni, deb ta’riflaydi. Chunki jamiyatga sho‘ng‘ishdan oldin sizdan qadriyatlaringiz, odobingiz va sadoqatingizni tashlash va faqat pragmatik bo‘lish talab qilinadi. Amerika siyosati makiavellizm asosida yurgiziladi. Shuning uchun aldov, jinoyat va jamoatchilik fikri bilan o‘ynashish etuk mahorat hisoblanadi hamda buning hech qanday ajablanarli joyi yo‘q.

Amerika Afg‘onistonga qilgan urushining boshidanoq katta yolg‘onga asoslandi. Amerika terror va narkotiklarga qarshi kurash, korruptsiyaga barham berish va millatni tiklash kabi katta yolg‘onlar orqali Afg‘onistonni bosib oldi. Holbuki, hech qancha vaqt o‘tmay ushbu munofiq, jinoyatchi va mustamlakachi vujudning haqiqiy basharasi ularning o‘zlarining e’tiroflari orqali fosh bo‘lmoqda.

Amerikaning Afg‘oniston va Pokistondagi sobiq elchisi Jeyms Dobbinsning aytgan gaplari Amerikaning Afg‘onistonni bosib olish ortidagi haqiqiy niyatlarini ochib beradi. Elchi shunday degan edi: «Biz qashshoq davlatlarni boyitish, repressiv davlatlarni demokratlashtirish uchun urush qilmaymiz. Balki zo‘ravon davlatlarni tinchliksevar davlatga aylantirish uchun urush qilamiz. Lekin Afg‘onistonda aniq mag‘lubiyatga uchradik».

Xotima, Afg‘oniston musulmonlari shuni yaxshi tushunishlari lozimki, Afg‘oniston bilan bo‘lgan aloqasida yolg‘on, aldov va jinoyatni asos qilib olgan davlatga strategik hamkor sifatida qaramaslik kerak. Balki unga nima maqsadda kelgan bo‘lsa, o‘sha tarzda qarash lozimdir. Ularning so‘nggi 18 yil ichida tuzgan ittifoqlari va bergan va’dalari yolg‘on va aldovdan boshqa narsa emas. Shuning uchun ularning o‘tmishda bergan korruptsiyaga barham berish va narkotiklarga qarshi kurashish haqidagi yolg‘on va’dalari bilan tinchlik o‘rnatish va urushni tugatish haqidagi va’dalari orasida farq yo‘q.

Shuning uchun Afg‘oniston musulmonlari demokratik deb nomlangan buzuq rejimga va uni boshqarayotgan kishilarga qarshi turishlari lozim. Shuningdek, Amerika boshlagan har qanday amaliyotlarda ishtirok etmaslik lozim. Toki, ularni o‘z yolg‘onlari tufayli Sovet Ittifoqi kabi qanday mag‘lubiyatga uchrashini ko‘raylik hamda uning ahvolini ko‘rib xursand bo‘laylik. Bu ish ro‘y berishi uchun Afg‘onistonning musulmon va mujohid xalqi o‘z ishlarini o‘zi boshqarishi hamda o‘z aqidasi va qiymatlariga asoslangan davlatini barpo qilishi lozim.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.