Salmondan Netanyaxuga “arzimas” sovg‘a

528
0

Panama hujjatlarining ikkinchi to‘lqini dunyoni larzaga soladigan sirli munosabatlarni fosh qilishda davom etmoqda. Fosh qilingan hujjatlarda keltirilisha Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz “Isroil” bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga saylov kampaniyasini moliyalash uchun 80 million dollar bergan.

Turkiyada chiqadigan Jumhuriyat gazetasining xabariga ko‘ra, “Isroil ishchi partiya”sining rahbari Isaak Xerzog ham Saudiya qiroli Salmon ibn Abdulazizning “Isroil” bosh vaziri Benyamin Netanyaxuga saylov kampaniyalarida homiylik qilganini ma‘lum qilgan.

Manba sifatida Panama hujjatlariga tayangan Xerzog Qirol Salmonning asli Suriyalik bo‘lgan Ispaniya fuqarosi Muhammad Ayod Qayoli ismli shaxs orqali Netanyaxuga 80 million dollar yetkazib berganini bildirdi. Xabarda atilishicha, Netanyaxuga yetkazib berilishi ko‘zlangan mablag‘ isroillik yahudiy miliarder Teddi Saggining Britaniya Virjin Orollaridagi shirkatiga o‘tkazilgan.

Panamadagi “Mossack Fonseca” huquq firmasi tarafidan sizdirilgan 11 million sahifalik hujjatda mazkur holatga o‘xshagan  bir qancha g‘ayriqonuniy aloqalar fosh qilinganligi hech kimga sir emas.

O‘tgan oy fosh qilingan hujjatlarda Angliya bosh vaziri Devid Kemeron, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ukraina prezidenti Petro Poroshenko, Argentina prezidenti Mourisio Makri, Argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi, mashhur aktyor Jeki Chan va Ispaniyalik rejisyor Pedro Almodovarning maxfiy ishlari fosh qilingan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.