Nьyu-York sudi Gulnora Karimova ishini to‘xtatib qo‘ydi

1023
0

Nьyu-York sudi AQSh va O‘zbekiston rasmiylarining iltimosiga binoan Gulnora Karimova ishini to‘xtatib qo‘ydi

Nьyu-York Janubiy okrugi federal sudi Vashington va Toshketning iltimosiga ko‘ra O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova bilan bog‘liq ishni ko‘rib chiqishni to‘xtatib qo‘ydi. Ikki mamlakat rasmiylari korruptsiyaviy sxemalar tekshiruvi doirasida muzlatib qo‘yilgan yuzlab million dollar pullarning taqdiri borasida suddan tashqari sharoitlarda kelishib olishni rejalashtirganlar, deya xabar beradi Eurasianet nashri.

Shu bilan birga, Eurasianet xabar berishicha, sud qarorida “Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘zbekiston Respublikasi … [ishlar bo‘yicha] suddan tashqari tartibda kelishib olish imkoniyatlarini muhokama qilib olishni istayaptilar va shuning uchun ham sud harakatlarining to‘xtatib qo‘yilishi ushbu muhokamalarga qo‘l keladi hamda tomonlar va sudning pullarini tejalishiga olib keladi”, deb aytilmoqda. Gap amerika prokuraturasi tomonidan Shveytsariyadagi 300 mln dollar va AQSh, Irlandiya, Lyuksemburg va Belgiyadagi hisob raqamlaridagi 550 mln dollar, jami Gulnora Karimovaga va uning xos odamlariga qarashli 850 mln dollar muzlatib qo‘yilgan pullarni musodara qilish haqida ketmoqda, deya izoh beradi Eurasianet. Agar tomonlar kelisha olmasalar, unda AQShdagi sud 2016 yil 31 iyulь kuni ish tekshiruvini qaytadan boshlab yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, Shveytsariya, AQSh, Gollandiya, Shvetsiya prokuraturalari 2012 yil kuzidan beri telekommunikatsiya bozorlaridagi Gulnora Karimova bilan bog‘liq shubhali bitimlarni tekshiruvdan o‘tkazmoqdalar. Korruptsiya va uyushgan jinoyatchilik ustidan tadqiqot o‘tkazish markazi (Organized Crime and Corruption Reporting Project, OCCRP) ma‘lumotiga ko‘ra, Karimova kam deganda oltita telekommunikatsiya kompaniyalari bilan muomalalarda korruptsiyaga oid sxemalardan foydalanib kelgan. Uning shartlariga ko‘ngan shirkatlarga u O‘zbekistonda faoliyat yuritish uchun litsenziya olishiga yordam ko‘rsatgan, kim uning takliflarini rad etgan bo‘lsa, ularni yo‘q qilgan. Bunaqangilar orasida uchta Amerika kompaniyalari ham bor edi.
2015 yil avgustida AQSh hukumati Irlandiya, Belьgiya, Lyuksemburg, Shvetsiya va Shveytsariya rasmiylariga murojaat qilib, O‘zbekiston telekommunikatsiya bozorida Vimpelcom, MTS va TeliaSonera kompaniyalari ishtirokidagi shubhali bitimlarning tekshiruvi doirasida umumiy qiymati 1 mlrd dollarga teng aktivlarni hibsga olishni so‘ragani haqida xabarlar berilgandi. O‘zbekiston Adliya vaziri Muzraf Ikromov 2016 yil yanvarida Gulnora Karimova bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha muzlatib qo‘yilgan pullarni O‘zbekistonga topshirishlarini so‘ragandi. AQSh Adliya vazirligi joriy yilning aprelida Gulnora Karimovani pora olish va pul mablag‘larini yuvishda gumonlanuvchi deya ochiq-oydin bildirgan edi.
Manba: “Farg‘ona” axborot agentligi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.