Hizb ut-Tahrir amiri olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan (fiqhiy)
Eyad Dananing shar‘iy illat haqidagi savoliga javob
Savol:
Assalamu alaykum va rohmatulloh, ey shayx marhamat qilib shar‘iy illatga taalluqli quyidagi savolga javob bersangiz: Illat Shore‘ning bandalar fe‘llariga taalluqli xitobining qaysi joyidan o‘rin olgan? Illat iqtizo xitobi ostiga kiradimi yoki vaz‘ yoki taxyir xitobi ostigami? Illat bilan sabab o‘rtasidagi farq nima?
Javob:
Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh
Shar‘iy hukmga – Shore‘ning bandalar fe‘llariga taalluqli iqtizo yoki taxyir yoki vaz‘ bilan qilgan xitobi deb ta‘rif berilgan… Iqtizo talabdir. U fe‘l (amal)ni qilishni talab qilish va uni tark qilishni talab qilishdan iboratdir. U jozim (qat‘iy) talab qilishdan va g‘ayrijozim (noqat‘iy) talab qilishdan iborat bo‘ladi. Fe‘lni qilishni jozim talab qilish fe‘lning farzligini bildiradi. Fe‘lni g‘ayrijozim talab qilish esa uning mandubligini anglatadi. Fe‘lni tark etishni jozim talab qilish fe‘lning haromligini bildirsa, g‘ayrijozim talab qilish uning makruhligini anglatadi. Bular to‘rt hukmdir. Beshinchisi taxyir bo‘lib, u mubohlikni bildiradi. Bu besh hukm taklif hukmlaridir… Ularning muqobilida vaz‘ hukmlari turadi. Ular ham beshta: sabab, shart, mone‘, ruxsat, aziyma, sihhat, butlon va fasod.
Ko‘rib turganingizdek illat shar‘iy hukm ta‘rifi ostiga kirmaydi. U taklifiy shar‘iy hukm ostiga ham, vaz‘ hukm ostiga ham kirmaydi… Chunki illat shar‘iy hukmga dalil o‘rnidadir. Shuning uchun u tartib jihatidan shar‘iy hukmdan oldin keladi va uning ustiga shar‘iy hukm quriladi. Ya‘ni illat bir far‘iy hukm emas, bir dalildir. Shunday qilib demak illat hukmga boisdir. Sabab esa hukmning vujudga kelganini bildiruvchi alomatdir, xolos. Zero hukmni vojib qiladigan narsa jozim amrda kelgan dalildir. Sababning dalili esa hukmning vujudga kelganini bildiruvchi alomat mavjud bo‘lgan narsadir.
Yanada tiniqroq bo‘lishi uchun quyidagilarni aytamiz:
Illat – shar‘iy hukmga bois bo‘lgan ishdir. Chunki shar‘iy hukm shu illat tufayli shar‘iy hukm bo‘ladi. Shuning uchun illat hukmga bir dalil, unga alomat va uni bildiruvchidir. Lekin shu bilan bir qatorda u hukmga bois bo‘lgan ish hamdir. Chunki u shunday ishki, shar‘iy hukm u tufayli shar‘iy hukm bo‘ladi. Shuning uchun u ma‘qulun nas bo‘ldi. Shuning uchun agar nasda illat bo‘lmasa nasning ma‘quli bo‘lmaydi, bu holatda nasning mantuqi va mafhumi bo‘ladi, unga boshqasi mutlaqo qo‘shilmaydi. Lekin nasda illat mavjud bo‘lib, unda (nasda) hukm bir mufhim vasf (tushunarli sifat) bilan bog‘lanib kelsa bu holatda nasning mantuqi, mafhumi va ma‘quli bo‘ladi va unga boshqasi ham qo‘shiladi. Demak illat mavjud bo‘lsa nasda boshqa turlar va hodisalardan iborat boshqa bo‘laklar ham mavjud bo‘ladi. Nas ularni o‘z mantuqi va mafhumi bilan emas, balki qo‘shilish yo‘li bilan o‘z ichiga oladi. Chunki mantuq va mafhum nasdagi illat bilan birga ishtirok etadi. Illat hukm dalilida kelishi mumkin. Bunda hukmga xitob dalolat qiladi va xitobdagi illat dalolat qiladi. Bunga misol Alloh Taoloning ushbu qavlidir:
﴿مَّا أَفَاءَ اللَّهُ عَلَىٰ رَسُولِهِ مِنْ أَهْلِ الْقُرَىٰ فَلِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ وَلِذِي الْقُرْبَىٰ وَالْيَتَامَىٰ وَالْمَسَاكِينِ وَابْنِ السَّبِيلِ كَيْ لَا يَكُونَ دُولَةً بَيْنَ الْأَغْنِيَاءِ مِنكُمْ﴾
“Alloh qishloq-shaharlarning (kofir) aholisidan O‘z payg‘ambariga o‘lja qilib bergan narsalar – toki sizlardan boy-badavlat kishilar o‘rtasidagina aylanib yuraveradigan narsa bo‘lib qolmasin uchun – Allohniki, payg‘ambarniki va (payg‘ambarning) qarindosh-urug‘lari, yetimlar, bechora-miskinlar va yo‘lovchi-musofirlarnikidir” [Hashr 7]
Shundan so‘ng Alloh Taolo bunday dedi:
﴿لِلْفُقَرَاءِ الْمُهَاجِرِينَ…﴾
“Kambag‘al muhojirlarnikidir” [Hashr 8]
Bu oyat fay-g‘animat, o‘ljani kambag‘al muhojirlarga berish hukmiga dalolat qildi. Shuning uchun Rosul oyat nozil bo‘lgan ana shu fayni – u Banu Nazir fayi edi – faqat muhojirlargagina berdilar, ansorlardan faqat kambag‘al bo‘lgan ikki kishigagina berdilar, boshqalariga bermadilar.
Illat Alloh Taoloning ushbu qavlida ham kelgan:
﴿كَيْ لَا يَكُونَ دُولَةً بَيْنَ الْأَغْنِيَاءِ مِنْكُمْ﴾
“Toki sizlardan boy-badavlat kishilar o‘rtasidagina aylanib yuraveradigan narsa bo‘lib qolmasin uchun” [Hashr 7]
Ya‘ni faqat boylar o‘rtasidagina aylanib yuraveradigan bo‘lib qolmasligi uchun, balki boshqalarga ham o‘tishi uchun, demakdir. Demak bu illat hukmga dalolat qildi va u bu shar‘iy hukmga bois bo‘ldi.
Sabab esa – har bir zohir, munzabit (aniq) vasf bo‘lib, sam‘iy dalil uning – hukmning shar‘iy bo‘lishini emas, hukmning vujudga kelganini bildiruvchi ekaniga dalolat qiladi. Bunga misol Alloh Taoloning:
﴿أَقِمِ الصَّلَاةَ لِدُلُوكِ الشَّمْسِ﴾
“Quyosh og‘ishidan (boshlab) namozni to‘kis ado qiling” [Isro 78]
degan qavlidir va Nabiy ning:
“إِذَا زَالَتِ الشَّمْسُ فَصَلُّوا”
“Agar quyosh zavolga ketsa (og‘sa) namozni ado etinglar” degan so‘zlaridir. Bu hadisni Bayhaqiy rivoyat qildi. Bu oyat va hadis quyoshning og‘ishi namoz vujudga kelganini bildiruvchi bir alomat ekanligini bayon qilyapti. Buning ma‘nosi shuki, agar mana shu vaqt vujudga kelsa namoz vujudga keladi. Ya‘ni boshqa shartlar ham to‘liq topilsa namozni ado etish joiz bo‘ladi. Hamma sabablar shunday bo‘ladi. Masalan Alloh Taolo:
﴿فَمَنْ شَهِدَ مِنْكُمُ الشَّهْرَ فَلْيَصُمْهُ﴾
“Bas, sizlardan kim bu oyga hozir bo‘lsa, ro‘za tutsin” [Baqara 185]
dedi. Nabiy esa:
“صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ”
“Oyni ko‘rib ro‘za tutinglar” dedilar. Buxoriy rivoyat qildi. Bu oyat va hadis oyning chiqishi va uni ko‘rish ramazonda ro‘zaning vujudga kelganini bildirish alomati ekanini bayon qilyapti.
Bundan esa illat bilan sabab o‘rtasidagi farq aniq bo‘lyapti. Chunki sabab – hukmning vujudga kelganini bildiruvchi alomatdir. Masalan quyoshning og‘ishi namoz (vaqti)ning vujudga kelganini bildiruvchi alomatdir. Illat esa – shar‘iy hukmga boisdir. Chunki illat shar‘iy hukmning vujudga kelishiga sabab emas, balki uning shar‘iy hukm bo‘lishiga sababdir. Shuning uchun u hukm dalillaridan biri bo‘lib, u nasga o‘xshaydi. Bunga misol qilib Alloh Subhanahu va Taoloning:
﴿إِذَا نُودِيَ لِلصَّلَاةِ مِنْ يَوْمِ الْجُمُعَةِ فَاسْعَوْا إِلَى ذِكْرِ اللَّهِ وَذَرُوا الْبَيْعَ﴾
“Juma kunidagi namozga azon aytilsa, darhol Allohning zikriga boring va oldi-sotdini tark qiling!” [Sof 9]
degan qavlidan istinbot qilingan namozdan chalg‘itishni keltirish mumkin. Chunki chalg‘itish bir shar‘iy hukmga bois bo‘ldi. U jumaga azon aytilgan paytda savdoning harom bo‘lishidir. Bu bilan chalg‘itish sabab emas, illat bo‘ldi. Quyoshning og‘ishi esa buning xilofidir. Chunki quyoshning og‘ishi illat emas. Chunki peshin namozining shar‘iy hukm bo‘lishiga quyoshning og‘ishi bois emas. Balki quyoshning og‘ishi peshinning vujudga kelishi vojib bo‘lganiga bir alomat-belgidir, xolos.
Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta 13 rajab 1437h
20 aprel 2016m