Amerika-rus kelishuvining mohiyati hamda yadroviy sammitlardan ko‘zlangan maqsad

513
0

Savolga javob

Amerika-rus kelishuvining mohiyati hamda yadroviy sammitlardan ko‘zlangan maqsad

Savol:

Ma‘lumki, Rossiya havo kuchlarining Suriyaga aralashuvi (bu ikki davlat o‘rtasida kelishilgan) iflos bitimga Amerikaning rozi bo‘lishi bilan bo‘ldi. Bu bitimga muvofiq Rossiya Suriyada Amerika manfaatlariga xizmat qilmoqda. Buning evaziga Amerika Rossiyaning Qrimni bosib olganidan hamda Sharqiy Ukrainada yuz berayotgan ishlardan ko‘z yumadigan bo‘ldi… Bundan, bu yerda Rossiya bilan Amerika o‘rtasida kelishilgan siyosat borligini tushunish mumkin. Lekin yaqinda yuz bergan ishlar, ya‘ni Obama boshqargan yadroviy sammitdan Rossiyaning chetlatilishi hamda Amerika tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Ozarbayjon bilan Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Armaniston o‘rtasidagi harbiy qarama-qarshiliklar, bularning hammasi bu kelishuvni tushunarsiz qilib qo‘ymoqda. Buni qanday tushunish mumkin?

Yana bir savol: bu yadroviy sammitlar qanday paydo bo‘lgan? Bu sammitlardan maqsad nima? Bu sammitlar haqiqatdan ham yadroviy qurolsizlanishga olib boradimi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.

Javob:

Avvalo: tushunarsiz bo‘lib turgan rus-Amerika kelishuvi:

1 –          Putin sobiq Sovet Ittifoqida KGB (davlat xavfsizlik komiteti) xodimi bo‘lgan. U hozirda Sovet Ittifoqi Amerika bilan o‘ynagan o‘sha ko‘zga ko‘rinarli xalqaro rolni qumsamoqda. Shuning uchun u Suriyada Amerika manfaatlari foydasiga jinoyatkorona bosqinchilik rolini o‘ynashga rozi bo‘ldi. Bu rolni u – to Amerika eski malayi o‘rniga yangi malayni topguniga qadar – Bashar boshqaruvini mustahkamlash bilan o‘ynamoqda. Chunki Basharning qulashiga ozgina qolgan, shuning uchun Amerika o‘zining bu malayi qulaganidan keyin bo‘shliqni xolis islomiy kuchlar to‘lg‘izishidan qo‘rqib qolgan edi… Putin “Suriyada Amerikaga xizmat qilsam Rossiyaning janubiy chegaralaridagi, ya‘ni Ukrainadagi va uning atrofidagi muammolarda u meni tinch qo‘yadi” deb o‘ylagan edi. Lekin bular boshqa-boshqa ishlardir! Shuning uchun Rossiyaning xato qilib musulmonlarga qarshi urushga kirgani Rossiyaga – Alloh yordami bilan – ko‘p falokat keltiradi. Bu falokatlar oldida Ukraina muammolari va qo‘shimcha muammolar musulmonlarning Rossiyaga qarshi g‘azabi dengizida bir tomchi bo‘lib qoladi. Ertangi kun uni kutayotgan kishi uchun yaqindir. Bu masalaning bir tomoni…

Boshqa tomondan esa, Putin Amerika Rossiyaning xalqaro rolini ko‘tarish bilan va bu rolni halqaro masalalarda ko‘zga ko‘rinarli rolga aylantirish bilan mukofotlaydi, deb o‘ylagan edi! Uning bunday o‘ylashi siyosiy ahmoqlikdir. Chunki kapitalizm mabdasi asosiga qurilgan davlatlar uchun manfaatdan va boshqalarni ekspluatatsiya qilish (xizmat va kuchidan tekin foydalanish)dan boshqa qiymatlar bo‘lmaydi. Shuning uchun ham kuchliroq kapitalistik davlatlar kuchsizroq kapitalistik davlatlar ustidan hukmron bo‘lib olish uchun bor kuchini sarflaydi… Amerika ham, Yevropa va Rossiya ham kapitalizm mabdasi yo‘lini tutmoqda. Hozir vaziyat ilgarigi vaziyat kabi emas. Chunki ilgari G‘arb kapitalizm mabdasi yo‘lini tutgan bo‘lsa, Sovet Ittifoqi sotsializm-kommunizm mabdasi yo‘lini tutgan edi. Bu ikki mabdaning har biri bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan qiymatlarga ega edi. Shuning uchun bu ikki mabdaning hukmronlik va nufuz talashib bir-biri bilan kurashishini va teng bo‘lishga urinishini kutish mumkin edi… Kapitalizm mabdasini qabul qilgan yirik davlatlar orasida hukmronlik eng kuchli davlatniki bo‘ladi. Bu kuchli davlatning shu mabdani qabul qilgan boshqa davlatlar bilan kelishishi o‘zi bilan bu davlatlar teng bo‘lishi uchun emas, aksincha bu davlatlarni xizmatga solish uchun bo‘ladi. Shuning uchun Amerika o‘ziga Yevropaning teng bo‘lishini yoki o‘ziga Rossiyaning teng bo‘lishini aslo qabul qilmaydi. Bu davlatlar Amerika bilan nufuz talashib nizolasha oladigan darajada kuch-qudratga ega bo‘lsagina Amerikaga teng kela oladi. Aks holda teng kelolmaydi. Chunki kapitalizm mabdasi manfaat asosiga va eng kuchlining eng ko‘p ulushga ega bo‘lishi asosiga qurilgan.

2 –          Shunday qilib demak Putinning “Suriyada Amerika manfaatlariga xizmat qilsam Amerika Rossiyani regional va xalqaro muammolarda tinch qo‘yadi” deb o‘ylashi xato o‘ydir. Buning xatoligi savolda aytilgan ikki ishda: yadroviy sammitda va Ozarbayjon bilan Armaniston o‘rtasidagi urushda yaqqol ko‘rindi:

  1. a) Yadroviy sammit haqida aytadigan bo‘lsak, Amerika bu sammitni o‘zi tayyorladi, uning programmalarini va kun tartibini o‘zi tayyorladi, bunda olamdagi ikkinchi yadroviy davlat Rossiyani e‘tiborsiz bir chetga surib qo‘ydi… Bu sammit 2016 yil 31 martdan 2016 yil 1 aprelgacha davom etdi. Unda Qo‘shma Shtatlar o‘zining eng yirik va buyuk kuch ekanligini, olamdagi barcha davlatlarga boshchilik qilayotgan va har qanday joyda, har qanday vaqtda o‘ziga yoqqan ishni qila oladigan tarixiy lider ekanligini isbotlashga urindi. Amerika hatto Rossiyaga bir ozgina ahamiyat ham berib qo‘ymadi, Rossiyani ikkinchi eng yirik yadroviy davlat sifatida sammitni tayyorlashda sherik qilmadi: “Kreml bu sammitni tayyorlashda Rossiya bilan hamkorlik qilinishi kerak edi, yadroviy xavfsizlikka taalluqli masalalarni o‘rganib chiqish ham mushtarak harakatlarni talab qilardi va boshqa taraflarning manfaatlari va pozitsiyalarini ham e‘tiborga olish zarur edi – deb ta‘kidladi. Buni Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov bildirdi. Lekin u darhol izoh berib Moskva bu sammitni o‘tkazishga hozirlik chog‘ida masalalarni va kun tartibiga kiritilgan mavzularni o‘rganib chiqish bo‘yicha hamkorlik qilishda nuqson-kamchilikka yo‘l qo‘yilganiga hamda Qo‘shma Shtatlar tomonidan amalga oshirilgan provokatsion tusdagi axborot kampaniyasiga duch keldi – dedi”. (Rusiyal Yavm 2016 yil 31 mart).

Sammitga taklif qilish va uni o‘tkazish chog‘ida Vashingtonning harakatlarida shunday narsa ko‘zga tashlandiki, uni Rossiyani xorlash darajasida mensimaslik deb atash mumkin. Bu mensimaslik Putinni sammitda ishtirok etmaslikka majbur qildi. Bunga sabab Amerikaning sammitni tayyorlash va o‘tkazishda Rossiyani e‘tiborsiz bir chetga surib qo‘yganligi bo‘lsa-da lekin Putinning sammitga kelmaganiga Amerikaning bildirgan qarshi reaktsiyasi (javobi) sovuq urush davridagidan ham sovuqroq va yanada mensimaslik darajasida bo‘ldi. Chunki Oq uy milliy xavfsizlik maslahatchisi o‘rinbosari Ben Rodes bunday deb bildirdi: “Biz Rossiyaning Vashingtonda shu haftada o‘tkazilgan yadroviy xavfsizlik sammitida oliy darajagi delegatsiya bilan ishtirok etmaslik haqidagi qarori eng avvalo Rossiyaning o‘zi uchun imkoniyatni yo‘qqa chiqardi va ruslar sammitda ishtirok etmay qilayotgan bu ishlarning barchasi o‘zlarini o‘zlari izolyatsiya qilish (yakkalab qo‘yish)dir, deb bilamiz. O‘tmishda ham ruslar xuddi shunday yo‘l tutishgan edi”. (Badil sayti 2016 yil 31 mart). Amerika bu bilangina kifoyalanmadi, balki Obama Rossiyaning qiymatini – uni Shimoliy Koreya bilan bir qatorga qo‘yib – yanada pastga urdi. Chunki Obama yadroviy sammit yakunida quyidagilarni aytdi: “Bu yerda Rossiya va Shimoliy Koreyaning yadroviy arsenalini kamaytirish uchun talab qilinadigan ko‘pgina ishlar bor”. Obama qo‘shimcha qilib: “Ishimiz hali yakuniga yetgani yo‘q, chunki bu yerda xalqaro darajada xavfsizlikni ta‘minlash kerak bo‘ladigan ko‘pgina yadroviy moddalar bor”, dedi. (Al-Jazira net 2016 yil 2 aprel). Shunday qilib demak Amerikaning Rossiyani yadroviy sammit mavzusida qanchalik mensimaganligi shundoq ko‘rinib turibdi!

  1. b) Ozarbayjon bilan Armaniston o‘rtasidagi urushga kelsak… bu janglar 2016 yil 2 aprelda tog‘li Qorabog‘ mintaqasida Armaniston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish chizig‘i bo‘ylab deyarli to‘satdan alanga oldi… Ozarbayjon poytaxti Bokuda siyosiy va harbiy rahbarlar shoshilinch yig‘inlarga chaqirildi. Armaniston ham shunday qildi. Armaniston prezidenti Sarkisyan bunday deb bayonot berdi: “Bular 1994 yilda o‘t ochishni to‘xtatish rejimi o‘rnatilganidan beri yuz berayotgan eng xatarli qurolli janglardir”. (Al-Jazira net 2016 yil 3 aprel). Xulosa chiqarish mumkinki, rus nufuzi Armanistonda g‘oyatda barqaror bo‘lib keldi. Armanistonda ruslarning yirik harbiy bazalaridan biri bor. Bu bazada rus armiyasining 102 diviziyasi turibdi va unda 5000 rus askari joylashtirilgan. Rossiya kambag‘al Armaniston davlatiga grantlar, qarzlar va resurslar bilan yordam ko‘rsatib kelmoqda. Rossiya ilgari ham va Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin ham Armanistonga tog‘li Qorabog‘ mintaqasida Ozarbayjon bilan bo‘lgan nizo davrida yordam ko‘rsatib kelgan edi. Rossiya 1994 yilda ikki taraf o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini o‘rnatishda vositachilik ham qildi. Ana shu vositachilik Armaniston foydasiga bo‘lgan edi. Chunki Armaniston va uning to‘dalari Qorabog‘ mintaqasida ozarlar yashaydigan mintaqani butunlay bosib oldi. Ozarbayjonning bu mintaqa g‘arbi va janubidagi, balki sharqidagi boshqa yerlaridan ham 9 %i bosib olindi. Shuning uchun Rossiya bu oxirgi urushni to‘xtatishdan manfaatdor hisoblanadi. Amerikaning yana alanga olgan bu urushdagi roli esa parda ortidan bo‘ldi. Uni pardasiz deyish ham mumkin. Masalan “Misriyyul Yavm” sayti 2016 yil 31 martda quyidagi xabarni tarqatdi: “Ozarbayjon prezidenti 2016 yil 30 martda Vashingtonda Amerika tashqi ishlar vaziri Kerri huzurida Armanistondan o‘z kuchlarini Tog‘li Qorabog‘dan “darhol” olib chiqib ketishini talab qildi. Bu mintaqa tevaragida ikkala mamlakat o‘zaro nizolashib kelmoqda. Vashington bu nizoni hal qilishga ancha yillardan beri urinib kelmoqda. Kerri Ozarbayjon prezidentini AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan payshanba va juma kunlari o‘tkazilgan yadroviy xavfsizlikka oid xalqaro sammit chog‘ida alohida qabul qildi. Aliyev Kerri huzurida jurnalistlarga “Biz AQSh hukumatining Armaniston bilan Ozarbayjon o‘rtasida davom etayotgan nizoni hal qilishdagi sa‘y-harakatlaridan mamnunmiz” dedi. Aliyev qo‘shimcha qilib: “Bu nizo Xavfsizlik Kengashining arman kuchlarini yerlarimizdan darhol va hech bir shartlar qo‘ymay olib chiqib ketishga chaqiradigan qarori asosida hal qilinishi lozim” dedi. Kerri ham o‘z navbatida “Tog‘li Qorabog‘dagi hal qilinmay kelayotgan bu nizo uchun uzil-kesil yechim muzokaraviy yechim bo‘lishi zarur”ligiga chaqirdi”.

Ozarbayjon, uning nefti, Ozarbayjondan Qora dengiz va Turkiya tomonga yotqizilgan neft yetkazib berish quvurlari ochko‘z Amerika e‘tiborini 1991 yilda Ozarbayjon mustaqil bo‘lganidan boshlab o‘ziga qattiq tortib kelgan edi. Bu omil rus-Amerika kurashida katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ozar prezidentining bu janglar alanga olishidan uch kun oldin Vashingtondan turib, Amerika tashqi ishlar vaziri Kerrining yonida turib bergan bayonotlari Rossiyaning Kavkaz mintaqasida bu urushni alanga oldirayotgan Amerikaning o‘zi ekanligiga shubhaga hech qanday o‘rin qoldirmaydigan darajada ishora qilib turibdi. Bu esa Rossiyaning Armaniston va Kavkazdagi manfaatlariga tahdiddir. Chunki bu mintaqa Rossiya uchun o‘ta nozik hisoblanadi… Ya‘ni Amerika bu urushni “portlatish” bilan Rossiyaning qoq biqiniga qattiq zarbalarni aniq yo‘llamoqda…

Xulosa shuki, Putinning Suriya borasida Amerika bilan iflos, jinoyatkorona bitimni tuzishi bilan Amerika uni regional va xalqaro muammolari to‘g‘risida tinch qo‘yadi, deb o‘ylaganligi siyosiy ahmoqlik bo‘ldi. Aksincha bu iflos bitim Rossiya Amerika manfaatlariga xizmat qilayotgani sababli faqat Suriyagagina tegishli bo‘lib qolaveradi. Shuning uchun bu bitim bu doiradan albatta chiqib boshqa xalqaro masalalarga taalluqli bo‘lmaydi. Buni Suriya bo‘yicha aloqalar tinch ekanligiga qaramay rus-Amerika aloqalari yadroviy sammit borasida va Ozarbayjon bilan Armaniston o‘rtasidagi urush borasida keskinlashganidan tushunib olsa bo‘ladi.

Ikkinchi: yadroviy sammitlar va ulardan ko‘zlangan maqsad:

1 –          Sovuq urush davrida yadroviy qurollar buyuk kuchlarning o‘zaro kurashida va davlatlar xavfsizligini qaror toptirishda asosiy rolni o‘ynadi. Davlatlar o‘rtasidagi an‘anaviy (oddiy) qurollar borasidagi muvozanat buzilishi natijasida yuzaga kelgan xavfsizlik muammosi bu davlatlarni birma-bir yanada ko‘proq an‘anaviy qurol-aslahalarga va yadroviy qurollarga ega bo‘lishga undadi. Bu o‘zaro tenglikni qayta tiklashga bo‘lgan bir urinish edi. Qo‘shma Shtatlar yadroviy bombani ishlab chiqqan birinchi davlat bo‘ldi. Bu esa Amerikaga Rossiya ustidan katta ustunlik imkoniyatini berdi. Oqibatda Rossiya – to yadroviy qurollarga ega bo‘lgunga qadar – yadroviy qurollar tahdidi ostida qoldi. Rossiya yadroviy qurollarga ega bo‘lishi bilanoq Amerika bilan bo‘lgan harbiy muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Frantsiya bilan Britaniya ham xuddi shunday ish tutdi. Chunki  bu ikki mamlakat Rossiya ega bo‘lgan yadroviy arsenaldan kelayotgan tahdidni va xavfni sezib, Rossiya bilan bo‘lgan tenglikni qaysidir darajada qayta tiklashga urindi. Xitoy ham o‘zining Rossiya qarshisida zaif bo‘lib qolganini sezib yadroviy bombalarga ega bo‘lishga harakat qildi va bunga erishdi. Bu zaiflikni his qilish Hindistonni ham yadroviy bombalarni sotib olishga undadi. Hindiston Xitoy tajovuziga qarshi turish uchun yadroviy bombalarni sotib oldi. Hindistondan keyin Pokiston ham Hindiston ustidan harbiy ustunlikka erishishga urindi. O‘zining yadroviy kuchi bo‘lishini umid qilmagan davlatlar esa o‘zini yadroviy qurollardan himoya qilish uchun Amerika bilan yoki Sovet Ittifoqi bilan ittifoqchi bo‘ladigan bo‘ldi. Bu himoya yadroviy “soyabon”lar ko‘rinishida bo‘ldi. Masalan Amerika Yevropani va Tinch Okean mintaqasidagi bir necha osiyo mamlakatlarini – ularni Sovet Ittifoqidan himoya qilish uchun – yadroviy “soyabon” bilan ta‘minlab kelgan edi.

2 –          Sovuq urushdan keyingi davrda yadroviy qurolga ega bo‘lishni to‘xtatish yadroviy qurolsizlanish uchun harakatlanish oldida yo‘l hozirladi. Chunki ko‘pchilik Sovet Ittifoqi qulaganidan keyin xalqaro xavfsizlik muhiti abadul abadga o‘zgarganini his qildi. Chunki Xirosima va Nagasakidan keyin zo‘rma-zo‘raki o‘rnatilgan yadroviy tinchlik mavjud bo‘lmay qoldi. Globallashish, atrof muhitning o‘zgarganligi, nodavlat tashkilotlar va tuzilmalarning paydo bo‘lishi, Sovet Ittifoqidan keyingi bo‘shliqda irqiy keskinliklarning paydo bo‘lganligi, bularning barchasi agar sobiq Sovet Ittifoqi qo‘lida mavjud bo‘lgan yadroviy qurollardan haqiqiy tarzda xalos bo‘linmas ekan ularning “qing‘ir” qo‘llarga tushib qolishi mumkinligini, bu esa o‘ta katta zararga sabab bo‘lishini anglatar edi… Bu vaziyatga qarshi kurashishda Ukraina va Qozog‘iston kabi yadroviy qurollarga ega yosh davlatlar o‘zining yadroviy qurollaridan regional kafolatlar evaziga darhol voz kechdi.

3 –          Yuzaga kelgan bu yangi xavfsizlik muhiti ikki asosiy tushunchani: qurolsizlanish va yadroviy qurollarni tarqatmaslik, degan tushunchalarni oldinga olib chiqdi. Amerika olamdagi yagona buyuk kuch bo‘lgani uchun butun olamdagi odamlar Amerikaga u yadroviy qurolsizlanish va yadroviy qurolni tarqatmaslik sohasida tashabbus tizginini o‘z qo‘liga oladi degan umid nazari bilan qarashdi. Shunga qaramay Klinton va Bush idoralari bu xususda juda oz ish qildi. 2007 yil yanvarda Amerikaning sobiq mas‘ullari: Genri Kissinjer, Jorj Shulьts, Bill Perri va Sem Nann (bu kimsalar yadroviy qurolga ega bo‘lishni to‘xtatish “to‘rtlik to‘dasi” degan nom bilan tanilgan) Qo‘shma Shtatlarning o‘zini yadroviy qurollarni yo‘q qilishga bag‘ishlashini taklif qilishdi… Shunga qaramay yadroviy qurolsizlanish masalasi yadroviy masalalar kun tartibiga qo‘yilmadi. Bu masala faqat Obama prezidentlikka kelgan paytdagina kun tartibiga qo‘yildi… 2009 yilda esa Obama Pragada 20.000 kishilik yig‘inda turib: “Qo‘shma Shtatlar olamning yadroviy qurollardan xalos bo‘lishi to‘g‘risida axloqan javobgardir” dedi. U quyidagilarni ham aytdi: “Minglab yadroviy qurollarning mavjudligi sovuq urushdan qolgan eng xatarli merosdir. Bugun sovuq urush yo‘q. Lekin bu qurollardan minglablari haligacha yo‘q qilinmadi”. (Bi-Bi-Si sayti 2009 yil 5 aprel)… Ana shundan keyin quyidagi to‘rt sammit o‘tkazildi:

  • 2010 yil 12-13 aprelda Vashingtonda o‘tkazilgan birinchi yadroviy sammit.
  • 2012 yil 26-27 martda Janubiy Koreyaning Seul shahrida o‘tkazilgan ikkinchi yadroviy sammit.
  • 2014 yil 24-25 martda Gollandiyaning Gaaga shahrida o‘tkazilgan uchinchi yadroviy sammit.
  • 2016 yil 31 mart va 1 aprelda Vashingtonda o‘tkazilgan to‘rtinchi yadroviy sammit.

4 –          Amerikaning yadroviy qurolsizlanish degan narsa borasidagi siyosatidan maqsad – Amerika rejasi bo‘yicha – hamma davlatlarning haqiqatdan ham yadroviy qurolsizlanishi emas, aksincha undan maqsad boshqa davlatlarni yadroviy qurolsizlantirib, yadroviy qurol faqat Amerika qo‘lidagina qolishidir. Agar Amerika bunga muvaffaq bo‘lolmasa u o‘zining rejalari bo‘yicha qo‘llashi mumkin bo‘lgan eng so‘nggi chora yadroviy davlatlardagi yadroviy qurol zahiralaridan bir muayyan nisbatni kamaytirishdir. Shunda Amerika bu nisbatga o‘z hukmini o‘tkaza oladigan bo‘ladi. Chunki Amerikaning yadroviy zahirasi juda yuqori bo‘lgani uchun demak u yadroviy davlatlarga tatbiq etiladigan nisbatni belgilab berish bilan boshqa davlatlar zahiralarini shu darajada kamaytirishga erishadiki, bu davlatlardagi zahiralar Amerika zahirasiga solishtirganda kuchsiz bo‘lib qoladi. Shuning uchun ana shu to‘rt yadroviy sammitlarning yakuniy bayonotlari balandparvoz bayonotlar bo‘lib, ularda olamning haqiqatdan ham yadroviy qurolsizlanishiga dalolat qiladigan hech qanday matn yo‘q. Bu yakuniy bayonotlarda aniq ko‘rinib turibdi. Masalan ana shu sammitlarning eng ko‘zga ko‘ringani to‘rtinchi sammitning yakuniy bayonotini olsak unda yadroviy qurolsizlanish borasida majburiy bo‘lmagan va jiddiy bo‘lmagan umumiy matnlardan nariga o‘tilmaganini ko‘ramiz. Bu yakuniy bayonotda quyidagilar kelgan:

“Vashingtonda o‘tkazilgan to‘rtinchi “yadroviy xavfsizlik” sammitida ishtirok etgan davlatlar o‘zlarining yadroviy qurolsizlanishga, yadroviy qurolning tarqalishiga chek qo‘yishga va yadroviy energiyaning tinch maqsadlarda qo‘llanishiga ishonch hosil qilishga qattiq amal qilishlarini ta‘kidladi… Sammit o‘zining yakuniy bayonotida “yadroviy va radioaktiv terror tahdidi hamon xalqaro xavfsizlik uchrayotgan eng katta xavflardan biri bo‘lib qolayotganidan va bu tahdid tobora avj olayotganidan” ogohlantirdi. Olam rahbarlari o‘zlarining yadroviy qurollarning ekstremistlar qo‘liga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi majburiyatlariga qattiq amal qilishlarini ta‘kidlashdi. Lekin ular bu tahdid “tobora avj olib borayotgani”dan ogohlantirishdi… Bu rahbarlar Vashington mezbonlik qilgan yadroviy xavfsizlik sammitidagi mushtarak bayonotda “Bu yerda norasmiy faoliyat olib borayotgan tomonlarning yadroviy qurolni va iflos maqsadlarda ishlatish mumkin bo‘lgan boshqa radioaktiv materiallarni qo‘lga kiritishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qilish kerak bo‘lgan qo‘shimcha ishlar bor” deb bildirishdi. Rahbarlar o‘zlarining bayonotlarida: “Biz o‘zimizning yadroviy qurolsizlanish, yadroviy qurolni tarqatmaslik va yadroviy energiyadan tinch maqsadlarda foydalanishga oid mushtarak maqsadlarimizga qattiq amal qilishimizni yana bir bor ta‘kidlaymiz” deb ham bildirishdi. Ular so‘zlarini davom ettirishib: “Biz yadroviy terror xatariga chek qo‘yish va yadroviy xavfsizlikni kuchaytirish orqali tinch va barqaror xalqaro muhitni mustahkamlash majburiyatini olamiz” deb bildirishdi… Vashingtonda payshanba kuni boshlangan to‘rtinchi yadroviy xavfsizlik sammitida yadroviy materiallarning xavfsiz saqlanishi va bu yadroviy materiallarning terrorchilar qo‘liga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik tadbir-choralarini kuchaytirish yo‘llari muhokama qilindi. Bu sammitda 50 dan ko‘p davlat va tashkilot rahbarlari qatnashdi”. (Al-Yavm sayti “OAS Washington 2016 yil 2 aprel”).

Bu bayonotni diqqat bilan, chuqur o‘rganib chiqilsa ham unda olamning haqiqatdan ham qurolsizlanishiga dalolat qiladigan bironta amaliy matn ko‘rinmaydi. Ular hatto yadroviy quroldan xoli bo‘lib turgan mintaqada yahud davlatining yadroviy qurol-aslahalar arsenaliga ega ekanligi haqida churq etishmadi. Holbuki ular haqiqiy yadroviy xavfsizlik ommaviy qirg‘in qurollaridan xoli bo‘lgan mintaqalarni paydo qilishga jiddiy kirishishdan boshlanadi deb uzoq gap sotishdi! Shunday qilib demak bu sammitlardan maqsad olamning haqiqatdan ham yadroviy qurolsizlanishi emas. Aksincha ulardan maqsad Amerikaning davlatlar ishlari borasida yadroviy hukmronlik qilishidir… Buni Obama o‘zining shu sammit haqida bergan intervьyularida ta‘kidladi, uning so‘zlari Amerika yadroviy qurollarni mahkam ushlab turishni va ular to‘g‘risida o‘z hukmini o‘tkazishni istaydi, degan mazmunda bo‘ldi: “Amerika prezidenti Barak Obama “Bu yerda olamning hamma tomonlarida xavfsiz saqlanishi zarur bo‘lgan yadroviy va radioaktiv materiallarning katta miqdori hamon mavjud bo‘lib turibdi. Olamdagi uran zahirasi tobora o‘sib bormoqda, ba‘zi mamlakatlarda yadroviy arsenallar kengayib bormoqda. U yerlarda o‘g‘irlab ketilishi mumkin bo‘lgan kichik taktik yadroviy qurollar ham bor bo‘lishi mumkin” dedi. Obama izoh berib, boshqa davlatlar xavfsizlik va shaffoflik choralarini yaxshilashi uchun o‘zining mamlakati o‘z navbatida yadroviy materiallarni himoya qilajagini aytdi”. (euronews sayti 2016 yil 2 aprel). Obama quyidagilarni ham aytdi: “Amerika prezidenti Barak Obama bugun shanba kuni sammit tugaganidan keyin o‘tkazilgan matbuot konferentsiyasida olamda xavfsiz saqlanishi zarur bo‘lgan yadroviy materiallarning katta miqdori borligini hamda olamdagi saqlanayotgan uran zahiralarining tobora o‘sib borayotganini aytdi… Obama bu yerda Rossiya va Shimoliy Koreyaning yadroviy arsenalini kamaytirish uchun talab qilinadigan ko‘pgina ishlar borligini ham aytib, Janubiy Amerika yadroviy materiallardan xoli zona bo‘lib qoldi, 14 davlat – jumladan Tayvan, Liviya va Vьetnam – boyitilgan uran va plutoniydan xalos bo‘ldi, dedi”. (Al-Jazira 2016 yil 2 aprel).

Shunday qilib demak Amerika bu sammitlardan yadroviy qurollarni mahkam ushlab turishga o‘zi boshchilik qilishini istaydi. Chunki ana shunda Amerika bu qurol borasida o‘z hukmini o‘tkazadigan bo‘ladi. Hatto Amerika o‘zi o‘tkazayotgan sammitlarni ham o‘zining tasarrufi ostiga kiritib ularga o‘zi xohlagan kimsalarni taklif qilib, xohlagan kimsasini man qilmoqda. Amerika kimga g‘alamislik qilishni yoki kimni xorlashni xohlasa o‘shanga shunday munosabatda bo‘lmoqda. Amerika o‘zini olamning xo‘jayini deb hisoblab shunday ish tutmoqda. Bunga sabab Amerikaning o‘ziga dadil qarshi chiqadigan bir obro‘li, nufuzli buyuk davlatni o‘z qarshisida topmayotganidir, xolos!

Amerikaning o‘ziga xorlarcha bo‘yin egayotgan davlatlarga nisbatan bunday ahvolda munosabatda bo‘lishi to Xalifalik tongi otgunga qadar davom etaveradi. O‘shanda bu mustamlakachilar qarshisiga Islom kuch-qudrati ular hisobga olmagan tomondan keladi va bu jinoyatchi kimsalar hech bir yaxshilikka erishmay ortga chekinadilar:

سَيُصِيبُ الَّذِينَ أَجْرَمُوا صَغَارٌ عِنْدَ اللَّهِ وَعَذَابٌ شَدِيدٌ بِمَا كَانُوا يَمْكُرُونَ

“Yaqinda bunday jinoyatkorlarga qilib o‘tgan hiyla-nayranglari sababli Alloh huzurida xorlik va qattiq azob yetajakdir”  [An‘om 124]

2 rajab 1437h

9 aprel 2016m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.