Islomiy hamkorlik tashkiloti nihoiy deklaratsiyasini e‘lon qildi

601
0

Istanbulda bo‘lib o‘tgan Islomiy hamkorlik tashkiloti sammitining so‘nggi kunida nihoiy deklaratsiya e‘lon qilindi.  Deklaratsiyada tashkilotga a‘zo davlatlarga nisbatan “terrorchilik” tahdidiga e‘tibor qaratildi. Tashkilotga a‘zo davlatlar tashkilot doirasida xalqaro politsiya tizimini joriy etishga kelishib oldilar. Mazkur politsiya “terrorizm” va boshqa jinoyatlarga qarshi kurash olib boradi.

G‘arb davlatlarida ortib borayotgan Islomofobiya va Musulmonlarga qarshi irqchilik hujumlarining ortib borishidan xavotirlar bildirilgan deklaratsiyasida janglar tufayli o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘layotgan millionlagan Suriyalik qochqinlarning chekayotgan azoblari tashvish tug‘diruvchi ekanligi qayd etildi. Shuningdek, deklaratsiyasida Falastin xududida Isroil amalga oshirayotgan bosqinchiliklar, falastinliklarning uylarini buzib tashlab, o‘rniga noqonuniy aholi punktlarini qurish, o‘zboshimchalik bilan amalga oishirilayotgan qotilliklar va xibsga olishlar hamda G‘azoning qamal qilinishi tanqid ostiga olindi. Yahudiy bosqinchiligiga qarshi Quddus sharifni himoya qilish uchun bir qator chora-tadbirlar ko‘rish ta‘kidlandi.

Xususan deklaratsiyasida Islomiy xamkorlik tashkiloti BMT madaniyatlar ittifoqining maqsadlarini, tamoyillarini va tashabbuslarini amalga oshirishda unga bog‘liqligini tasdiqlaganligi bildirildi. Tashkilotga a‘zo bo‘lmagan davlatlarda bosim ostida qolgan va xuquqlari poymol etilgan mazlum musulmon ozchiliklarga yordam qo‘lini cho‘zishga chaqirildi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdug‘on Sammitning ochilish nutqida mazkur yig‘ilish ummat uchun foydali bo‘lishiga umid bildirdi. Dunyo faqat besh davlatdan iborat emasligiga to‘xtalgan Erdug‘on BMT islohotga muxtoj bo‘lib qolganligini ham ta‘kidlab o‘tdi.

“Bugun musulmonlar dunyoning ko‘p joylarida adolatsizlik ostida azob chekayotgani tuyg‘ularga ta‘sir qilmoqda. O‘z mamlakatlarida zulm ostida yashayotgan musulmonlar G‘arb davlatlariga ketishmoqda. G‘arb mamlakatlarida ham ular nafratga duch kelishadi. (BMTdagi) Vakillik adolatsizligi tinchsizlikning asosiy sabablaridan biridir. Masalan BMT xavfsizlik kengashida dunyo axolisining to‘rtdan bir qismini tashkil etgan musulmonlardan bir dona bo‘lsa ham doimiy vakil bormi? Vaqtinchalik a‘zo bo‘lishning biror bir ma‘nosi yo‘q. Besh a‘zodan biri salbiy ish tutsa bo‘ldi, tamom! Dunyo faqat beshta davlatdan iborat emas. BMT isloh qilinishi kerak. Biz xaqqimizni talab qilishimiz uchun kurashmog‘imiz lozim. Birinchidan xavfsizlik, adolat va rivojlanish masalalariga alohida e‘tibor qaratishimiz kerak. Adolatdan umidni uzgan odamlarni terror tashkilotlarning foydalanishiga qo‘l kelishi muqarrardir. Birodarlikni so‘zda emas, amalda ko‘rsataylik”, dedi Erdug‘on.

1969 yilda tuzilgan Islomiy hamkorlik tashkilotiga 56 davlat a‘zodir. BMTdan so‘ng dunyodagi ikkinsi o‘rindagi eng katta tashkilot hisoblangan Islomiy hamkorlik tashkiloti barcha islomiy o‘lkalarni bir joyda to‘playdigan yagona tashkilotdir. Tashkilotga a‘zo davlatlar o‘rtasida 3 yilda bir marta sammit tashkil qilinadi.  Tashqi ishlar vazirlarining anjumani har yili muntazam o‘tkaziladi. Bu gal tashkilotga rahbarlik qilish Misrdan Turkiyaga o‘tdi.

Turkiston:

Bu tashkilot va yana shu kabi islom niqobi ostidagi boshqa tashkilotlarni olamiy siyosatning ketuviga zarracha ta‘siri yo‘q. Ular ummatni uyg‘onib borish jarayonini ortga surish uchun kufr o‘ylab topgan loiha asosida ish olib borishadi. Bu kabi tashkilotlar olamda kufr olib borayotgan zulmlarga qarshi nimadir qilishayotgandek ko‘rinish orqali ummatni xotirjam qilishmoqchi bo‘lishadi.

Aslida bu tashkilotga a‘zo davlatlar yuqoridagi kabi yig‘inlari bilan, aytaylik Falastin muammosida Isroilga o‘z armiyalarini olib kira olmayotganlaridan, musulmonlarni va jamoatchilikni chalg‘itmoqchi bo‘lishadi. Ularning gapirishayotgan gaplarining esa, zig‘ircha ta‘siri yo‘q.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.