Shariat qiz bola balog’atga etgunga qadar hijoblansin degan emas. Ayrim qizlar 12-13 yoshida balog’atga etadi. Hijob masalasini ihtiyoriy turda hal etishimiz zarur. Hijobni maktab muammosiga aylantirmasligimiz kerak. Ayni vaqtda maktab reketi, o’z joniga qasd qilish kabi muammolar ham bor. Shuning uchun, bilim berishni yaxshilaylik, – dedi Qirg’iziston musulmonlari diniy idorasi muftiysi Maqsad hoji To’qtamishev 29 mart kuni Issiqko’l viloyati Cho’lponota shahridagi Avrora sanatoriysining majlislar zalida bo’lib o’tgan forumda.
Muftiy hijob masalasidagi munozara ihtiyoriy turda bo’lishini aytib, maktab yoshidagilar uchun hijob masalasini emas, o’quvchilarga bilim berishni kuchaytirish kerakligini aytib o’tdi.
Turkiston:
Qirg’iziston ulamolari xukumat va kuch xizmatchilari tomonidan qattiq siquv ostida ekanliklari sir emas. Ularning ko’p qismi shu xolatlarida xam, imkoniyatlaridan qisman foydalanib, din va musulmonlar manfaati uchun biror manfaat keltirish xaqida fikrlashadi. Ba’zilari esa kufrning xizmati uchun mukkasidan ketishdi.
Biz O’zbekiston misolida bu kabi jarayonning intixosini ko’rib kelayapmiz. Xozirga kelib O’zbekiston xududida o’zbek ulamolaridan darak xam qolgan emas. Faqat xalat kiygan va boshiga salla o’rab olgan bir nechta fosiq va be’ta’sir din niqobidagi g’alamislar qolishdi xolos. Avvalida “diniy rodikallar” deb nomlab olishgan minglagan musulmonlarni ta’ziyq qilishgan bo’lishsa, keyinroq sukut qilib turgan diniy ulamolarni jamiyatdan bartaraf etishdi. Xozir esa oxirgi bosqichga kelishib, unda diniy ko’rinishlardan birortasini qoldirmaslik uchun, ko’chalarda xijob va boshqa diniy kiyimlar uchun jazolay boshlashdi. O’zbekistonda biror korxona va do’konlarning xududida namoz o’qish mumkin emas.
Qirg’iz ulamolari xam yuqoridagi O’zbekistondagi xolatlardan o’zlari uchun saboq olishlari kerak. Kufr sistemasi asosida ish olib borayotgan kuchlar ularni aldamoqchi bo’lishayapti. “Terrorizm, ekstremizm” singari o’zlari o’ylab topishgan atamalar ostida Islom diniga va musulmonlarga qarshi kurash olib borilayotgani xammaga ma’lum. Diniy idora vakillari singari boshqa xukumat organ vakillari xam musulmonlardan xisoblanishadi. Ular xam bo’layotgan zulmlarni ko’rib turishibdi. Qo’yilayotgan ayiblar xam sun’iy va qalbaki ekanini ular xam bilishadi. Davlat xodimlari musulmon birodarlarini xatto kufr qonunlari asosida xam noxaqdan jazolanishayotganlarini bilib turishipti. Diniy ulamolar, xodimlar, imomlar esa, musulmon birodarlariga noshar’iy munosabatlar, jazolar, bo’xton va kamsitishlar bo’layotganini ko’rib turishipti. Ularning ichida xar xil insonlar bor. Ba’zilari bu zulmlarga sherik bo’lishayotib, chin dillaridan xarakat olib borishsa, ba’zilari “majburman, shuning inobati bilan Allox meni kechiradi, deb o’ylaydi. Lekin xar ikkisi xam o’z pozitsiyalarida noxaq va zolimlar safida ekanliklarini bilishadi.Allox xammamizni gunoxlarimizni kechirsin.
Bazi bir shar’an xarom bo’lgan ishlardan tashqari, xukumat ishlarida yoki diniy idoralarda ishlash mubox sanalib, musulmon odam u joylarda ishlash bilan oila boqqani uchun oxiratda malomat qilinmaydi. Lekin o’sha ish joylarida ba’zi bir xato kamchiliklari uchun gunoxkor bo’lishlari mumkin. Masalan, xiyonat qilishsa, o’g’irlik qilish bilan ya’ni o’sha erda ishlagani uchun emas, o’sha joyda xarom xarakatlar qilgani uchun yoki mansabidan suiste’mol qilib musulmonlarga zulm qilish yo Islomga qarshi fitnachilarga ko’maklashib biror ish qilish bilan qattiq gunoxkor bo’lishlari mumkin.
Shuning uchun yuqoridagi Muftiy birodarimizga va u kishi singari iymonlari qiyin axvolda qolib ish yurgizib kelishayotgan bir qator musulmon birodarlarimizga sabr so’rab, ularga faqat Allox tomonidan keladigan nusratga tavakkul qilishni va Allox tomonidan keladiga balo qazolardan panox so’rashni, faqat Allox tomonidan belgilangan taqdirotimizdagi ishlargina boshimizdan kechib o’tishiga qattiq ishonishni tavsiya qilamiz. Musulmon odamni ayniqsa shu kundagi qiyin axvolimizda faqat iymon e’tiqodimiz va unga bir birimizni vasiyat qilib turishimizgina saqlab qola oladi.
Assalamu alaykum.