Obama: Islom zamonaviylik bilan moslashtirilmas ekan islomiy terrorizm muammosini tubdan hal etib bo’lmaydi
The Atlantic jurnali Jeffri Goldbergning Obama bilan qurgan uzoq vaqtli suhbatini nashr qildi. Jeffriga ko’ra, Obama 2009 yil Qohira universitetida qilgan nutqidan ko’zlagan narsalarni ro’yobga chiqarishda omadi chopmaganini e’tirof etadi. U musulmonlar yuz tutgan qashshoqlikning tub sabablari borasidagi bahs-munozarada ularni ishontirishga uringan. Obama bunday deydi: «Men Isroilni O’rta Sharq muammolarining sababchisi qilib ko’rsatishni bas qilaylik deya aytmoqchi edim». «Biz falastinliklar uchun bir davlatni va qadr-qimmatni ro’yobga chiqarib berishni istaymiz. Biroq, o’sha nutqimda bahs-munozarani qo’zg’ashni umid qilgandim. Bu bahs-munozara musulmonlarga boshqaruv bilan bog’liq haqiqiy muammolarga qarshi turish imkoniyatini beradi. Shuningdek ayni bahs-munozara natijasida musulmonlarga zamonaviylik bilan moslashish uchun e’tiqodlarini shakllantirishlarida yordam bermaydigan, ya’ni isloh etishga kirishmagan ayrim islomiy oqimlarga qarshi kurashish imkoniyati paydo bo’ladi». Jurnal buni quyidagicha yoritdi: «Garchi Obama hazoratlar to’qnashuvi haqida so’zlashdan va musulmonlarga qarshi provokatsiya qilishdan ehtiyot bo’lgan bo’lsa-da, biroq ushbu suhbatda Islomni zamonaviylik bilan moslashtirilmaguncha hamda Islom masihiylikning o’zgarishiga sabab bo’lgan islohot harakatini bosib o’tmaguncha, islomiy terrorizm muammosini tubdan hal etib bo’lmasligini e’tirof etadi». (Arabiy 21).
Roya gazetasi sharhi:
Amerika, G’arb, Rossiya va Xitoy kabi davlatlar rahbarlari terrorizm, degan so’zdan islomiy fikrlarni nazarda tutishadi. Bu fikrlarda o’z hazoratlari, nufuzlari va islomiy yurtlarda nufuzlarining saqlanib turishi uchun xavf deb bilishadi. Zotan, bu fikrlarning voqesi va ularning eng birlamchisi shuki, Islom haq, undan boshqasi botil, Islomni hayot voqeida to’la tatbiq etish lozim, uni tatbiq qilish uchun albatta davlat bo’lishi, ya’ni Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati bo’lishi shart, bu davlat Islomni butun dunyoga da’vat va jihod orqali etkazadi. Mana shundan kelib chiqib, biz Obamaning «Islomni zamonaviylik bilan moslashtirilmaguncha hamda Islom masihiylikning o’zgarishiga sabab bo’lgan islohot harakatini bosib o’tmaguncha, islomiy terrorizm muammosini tubdan hal etib bo’lmaydi», degan so’zlarini tushuna olamiz. Amerika siyosati ancha yillardan buyon mo”tadil islom kabi tushunchalarni yoyish orqali Islomni, uning tushuncha va fikrlarini o’zgartirish asosida olib borilmoqda. Chunki Amerikaning rejasi Islomni o’zgartirishdan iborat. Biroq bu rejasi omadsizlikka uchradi va buni Obamaning o’zi ham tan oldi. Amerika qarshi kurashayotgan va biz yuqorida aytib o’tgan fikrlar Islom Ummati orasida keng tarqalmoqda va uning kuchli afkori ommaga aylanishiga juda yaqin qoldi.
Roya gazetasining 2016 yil 16 mart chorshanba kungi 69-sonidan